Oila huquqi tushunchasi predmeti. Oila huquqi maqsadi, vazifasi. Oila huquqi tarihi


Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish



Download 132,23 Kb.
bet43/104
Sana18.02.2022
Hajmi132,23 Kb.
#450594
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
Bog'liq
oila huquqidan yangi majmua (1)

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish
Oila kodeksining 150-moddasiga muvofiq, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi, bunday imkoniyat bo‘lmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun tayinlangan muassasalar (tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalar)ga tarbiyaga berilishi lozim. Bolalarni joylashtirish bolaning yoshi va sog‘lig‘iga ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, bolaning sog‘lig‘i yomonlashgan, u bilan bog‘liq muayyan xavf-xatarlar mavjud bo‘lganda, u tibbiy muassasaga davolanish uchun joylashtirilishi zarur.
Bunda, avvalo, bolalarni oilada yashashlari uchun joylashtirish, keyingi navbatlarda esa buning uchun belgilangan maxsus muassasalarda tarbiyaga berilishi nazarda tutiladi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, bola odatda, tug‘ilganidan boshlab oila muhitida, ota-ona g‘amxo‘rligida kamol topib voyaga yetadi. Bolaning oilada bo‘lishi va ta’lim tarbiya olishi uning moddiy-maishiy yashash sharoitlari hamda boshqa keng doiradagi manfaatlariga ham to‘la mos keladi. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolaga g‘amxo‘rlik qilishda, imtiyozli huquq bu vazifani bajarishga qodir bo‘lgan qarindoshlariga beriladi. Davlat bolaning oilada bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi sharoitlarni bartaraf qilish, bola oilasidan ajratilgan hollarda esa, uni oilasiga tezroq qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi (“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasiOta-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ko‘plab davlatlar qonunchiligida ham belgilangan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi, Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari (Bolgariya, Polsha, Sloveniya, Xorvatiya) qonunchiligida yaqinlari (ota-onalari) g‘amxo‘rligidan mahrum bo‘lgan bolalar davlat muhofazasida bo‘lishi mustahkamlangan1.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tegishli ta’lim-tarbiya yoki shunga o‘xshash boshqa muassasalarga joylashtirilishi ham mumkin. Bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish oxirgi choradir. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiya muassasalariga joylashtirilgan hollarda ham oilada yashash va tarbiyalanish huquqini saqlab qoladi.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashaydigan muassasalar faoliyati xavfsizlik, sog‘liqni saqlash, yaroqlilik va boshqa zaruriy nazoratni amalga oshirish shartlarga mos bo‘lishi zarur2. Mazkur muassasalar xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida tashkil qilinishi mumkin.
Masalan, bu kabi muassasalar turkumiga barcha turdagi bolalar uylari, mehribonlik uylari, reabilitatsiya markazlari, maktab-internatlar va boshqalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida Mehribonlik uylari 27 tani tashkil qilib, ularda 2602 nafar voyaga yetmagan shaxs tarbiyalanadi3.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ayrim toifadagi voyaga yetmagan shaxslarga qo‘shimcha kafolatlar ham beriladi. Voyaga yetmagan bolalar agarda qo‘shimcha ijtimoiy himoyaga muhtoj hisoblansa, u holda davlat maxsus pedagogik yondashuvga ehtiyoji bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning belgilangan ta’lim standartlari va talablari darajasida bilim olishlarini kafolatlovchi zarur mablag‘lar ajratadi hamda boshqa choralar ko‘radi. Jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalar ular uchun maxsus ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha ta’lim muassasalarida o‘qish va tarbiyalanish hamda o‘z jismoniy, aqliy qobiliyatlari va xohishlariga mos bo‘lgan ta’lim olish huquqiga ega. Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning tavsiyasi bo‘lgan taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar va nogiron bolalarning ota-onalari o‘z xohish-istagiga ko‘ra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, ta’lim (umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan) muassasasi turini tanlash huquqiga ega bo‘ladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda qonun hujjatlari bilan imtiyozlar belgilanishi mumkin (“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi” Qonunning 29-moddasi)1.
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shaklini tanlash vasiylik va homiylik organining vakolatiga kiradi va har bir alohida holatda bolaning taqdiri bilan bog‘liq masalani (vasiy tayinlash, ixtisoslashtirilgan tarbiya, davolash muassasalariga, maktab-internatga joylashtirish va h. k. ) alohida hal qiladi.
Masalan, sud ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib hal qiladi, ammo bolani vasiylik va homiylikka topshirar ekan, bolani joylashtirish shaklini belgilab bermaydi.
Joylashtirishning muayyan shakli tanlanguniga qadar bola vaqtinchalik voyaga yetmaganlar uchun tashkil qilingan maxsus muassasalarga joylashtirilishi mumkin. Jumladan, ma’naviy barkamol va jismoniy sog‘lom avlodni tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish, jismoniy imkoniyatlari cheklangan bolalar, notinch oilalar bolalari yoki ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarning to‘liq ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan toifadagi bolalar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarurligini jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslari va negizini mustahkamlashning majburiy sharti sifatida jamoatchilik ongiga singdirish maqsadida Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi tashkil qilingan. Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun davlat muassasalaridan tashqari nodavlat ta’lim muassasalari ham tashkil etilishi mumkin. Ushbu muassasalarda ham qonunda belgilangan shartlarga rioya qilinishi ta’minlanadi. Mazkur muassasalar turli tashkiliy huquqiy shaklga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “SOS-O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushma shaklida tashkil qilingan (Fuqarolik kodeksining 77-moddasi)2.
Bundan tashqari, ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalashning shakl va metodlarini takomillashtirish, oila sharoitlarida tarbiyalash uchun ularga shart-sharoitlar yaratish, bolalar tarbiya muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “Bolalar shaharchasi” tarbiya muassasalari tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lib, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali ota-onasining qarovisiz qolgan va to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarni oilada tarbiyalashning zamonaviy shakllari joriy etilgan. Bundan tashqari g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli, huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga ham joylashtirilishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslar joylashtirilishi mumkin bo‘lgan ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalariga ixtisoslashtirilgan maktablar va ixtisoslashtirilgan kasb-hunar kollejlari kiradi1.

Download 132,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish