O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


  Бруно  Ж.  Диалоги.  М .,  1949,  204-bet



Download 10,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/412
Sana12.09.2021
Hajmi10,33 Mb.
#172143
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   412
Bog'liq
Inson falsafasi. Choriyev A

1  Бруно  Ж.  Диалоги.  М .,  1949,  204-bet.


Naturfilosofiya  va  kosmologiya  sohasida  Bruno  bir  qator 

g‘oyalarni  ilgari  surdiki,  ular  to'laligicha  o‘rta  asr  teologiyasi 

va  sxolastikasi  prinsiplariga  zid  edi.  Xuddi  o‘sha  g‘oyalar  uni 

yeretik  (bid’at)likda  ayblash  uchun  inkvizitsiyaga  yirik  dastak 

bo‘ldi.  Bruno  koinot  va  tabiat  cheksiz-chegarasiz,  uning  na 

boshi,  na  oxiri  bor,  degan  fikr-mulohazalarini  isbotlash  uchun 

Xudoning  cheksiz  qudratga  ega  ekanligi,  shuning  uchun  ham 

u  hech  qachon  chegarasi,  oxiri  bor  narsalarni  yaratmaydi, 

degan  argumentdan  o'rinli  foydalandi.  Lekin  koinot  va  tabi­

atning  cheksizligini  isbotlash  uchun  keltirilgan  eng  muhim 

argument,  Brunoning  tushuntirishicha,  ilohiy  qudrat  emas, 

balki  o‘sha  zamon  astronomiya  va  fizikasida  qilingan  eng  yangi 

kashfiyotlardir,  birinchi  navbatda,  Nikolay  Kuzanskiy  va  Nikolay 

Kopernik  ta ’limotlaridir.

Bruno  koinotda  mavjud  bo'lgan  turli  sayyoralar,  hatto  os­

mon  yoritgichlari  orasida  ham  o‘zaro  aloqadorlik  va  o‘zaro  ta’sir 

borligini  isbotlab  berishga  urindi.  Kopernik  qarashlarini  davom 

ettirib,  har  qanday  osmon  yoritgichini  o'zicha  alohida  bir  mutlaq 

markaz  deyish  mumkin.  Bu  markaz  hamma  joyda  bo‘lishi  ham, 

o‘z  navbatida,  hech  qayerda  bo'lmasligi  ham  mumkin.  Koinot 

cheksiz-chegarasiz  bo‘lganidek,  uning  turli  olamlari  ham  chek- 

siz-chegarasizdir,  deb  ta’kidlaydi  mutafakkir.  O'zi  yaratgan  mod- 

diy  va  ma’naviy  substansiyaning  birligi  to ‘g‘risidagi  ta’limotga 

suyanib,  Bruno  shunday  xulosaga  keladiki,  son-sanoqsiz  dunyolar- 

ga  ichki  harakat  berib  turgan  manba  vazifasini  ilohiy  qudrat 

emas,  balki  universal  «Dunyoviy  jon»  bajaradi.

J.Bruno  o‘rta  asr  sxolastikasi  va  dualizmi  g'oyalariga  qarshi 

borib,  olamning  borlig'i  g'oyalarini  yanada  rivojlantirdi.  Yerdagi 

va  osmondagi  jismlarda  fizik  o'xshashliklar  mavjud  ekanligini 

tushuntirishga  harakat  qildi.  Sxolastik  falsafaga  muvofiq,  yer  to‘rtta 

stixiyani:  tuproq,  suv,  havo,  olovni  vujudga  keltirsa,  osmon  esa 

efir  stixiyasini  vujudga  keltiradi.  Brunoning  fikricha,  efir  yer, 

suv,  havo,  olov  bilan  birlashib,  koinotdagi  boshqa  sayyoralardek 

Yer  kurrasini  hosil  qiladi.  Yerdagi  va  osmondagi  o'xshashlik, 

fizik  bir  xillilik  g'oyasi  olam  birligi  muammosining  yanada  kes- 

kinlashishiga  sabab  bo'ldi.  Bruno  ushbu  muammoni  o'zgacha 

yondashuv  bilan,  ya’ni  qadimgi  zamon  atomizmi  kayfiyatini 

mutlaq  maksimum  to ‘g‘risidagi  ta’limot  bilan  to‘ldirib  bartaraf 

etishga  harakat  qiladi.  Uning  tushuntirishicha,  borliqning  asosida

92



monada  deb  nomlanuvchi  eng  kichik  zarracha  yotadi.  Ushbu 

zarracha  borliqning  so‘nggi  minimal  tayanchi  bo‘lib,  Bruno 

ta ’limotida  uch  xil  ma’noda  o ‘z  aksini  topadi.  Chunonchi, 

ontologik  ma’noda  monada  deganda  borliqning  eng  kichik,  mini­

mal  darajadagi  substansiyasi,  ham  jismoniy,  ham  ruhiy  ibtidosi 

tushuniladi.  Fizika  nuqtayi  nazaridan  monada  atomni  ifodalasa, 

matematika  borasida  u  nuqtani  anglatadi.  Nuqtalaming  yig'indisi, 

o ‘z  navbatida,  to ‘g‘ri  chiziqni,  to ‘g‘ri  chiziq  tekislikni,  tekislik 

esa  har  qanday  geometrik  shaklni  (jismni)  hosil  qiladi.  Eng 

yuqori  substansiya  deganda  «monadalar  monadasi»,  ya’ni  Xudo 

tushuniladi.

Nikolay  Kuzanskiy  dialektikani  faqat  teologiyaga  tatbiq  et- 

gan  bo'lsa,  Jordano  Bruno  undan  farqli  o'laroq  dialektikani 

inson  faoliyatiga  ham  tatbiq  etdi.  Asosiy  e’tiborni  nafaqat  Xudo 

bilan  tabiat  orasidagi  qarama-qarshiliklar  birligini,  balki  ular 

orasidagi  kurashni  aniqlashga  qaratdi.

Jordano  Bruno  Renessans  davri  an’analarini  davom  ettirib, 

bilish  jarayonida  har  qanday  obro‘-e’tiborga  sajda  qilishga,  uni 

mutlaqlashtirishga  qarshi  chiqdi.  Uning  fikriga  ko‘ra,  bilish  jara­

yonida  birovlarning  aqliga  tayanib  fikr  yuritish  o‘ta  pastkashlik, 

bu  borada  turli  an ’analarga  suyanish  ham  o‘ta  gumrohlik, 

shuningdek,  allaqanday  allomaning  fikrini  qo‘llab  quwatlash 

ham  be’manilikdir.  Brunoning  e’tirof  etishicha,  bilishning  maqsadi 

m a’lum  darajadagi  bilim lar  birligini  ta ’m inlashdan  iborat 

bo‘lmog‘i  lozim.  Bilimlar  birligini  ta’minlash  universumning  che- 

garasizligini  bilishga  olib  keladi.  Bunday  yumushni  qarama-qarshi- 

liklarning  bir-biriga  mos  tushishi  jarayoni  dialektikasini  bilmas- 

dan  turib  aniqlab  bo'lmaydi.

Bruno  faylasuflarning  turli  bahs-munozaralariga  sabab  bo‘lgan 

haqiqat  muammosi  haqida  ham  ko‘p  bosh  qotiradi.  Uning 

tushuntirishicha,  haqiqatni  aniqlash  jarayoni  sekinlik  bilan  amalga 

oshadi.  Ushbu  jarayonga  insonning  his-tuyg‘ulari,  idroki,  fahm- 

farosati,  fikr-mulohazalari  ishtirok  etadi.  Brunoning  ta’kidlashicha, 

bilish  jarayonida  hissiy  bosqichning  ahamiyati  uncha  katta  emas. 

Chunki  his-tuyg‘u  insonga  aqlni  qo‘zg‘atish,  unga  ichki  stimul 

berish  uchun  kerak.  «Hissiyot  naqadar  takomillashgan  bo‘lishidan 

qat’iy  nazar,  u  ayrim  noaniqliklardan  xoli  bolmaydi».1  Boshqacha


Download 10,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   412




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish