salla, egnidagi turli naqshlar bilan to'ldirilgan libos, bir-biriga
mos tushgan. O'sha shohona libosning yelka va ko‘krak oldi
naqshlarida, o‘sha zamonning naqqoshlik san’ati o‘z aksini top-
ganligini darhol payqash mumkin.
Husayn Boyqaro ruhiy-ma’naviy olamining o‘ziga xos xu
susiyatlari, xususan, uning didining balandligi, nozik tabiatli
inson ekanligi uning qo‘l harakatlarida o‘z ifodasini topgan.
Boyqaroning kipriklari, qoshlari, barmoqlarining holatidan tabiiy-
ijtimoiy muhitda sodir bo'layotgan o‘zgarishlarni ilg‘ab olish
mumkin. Ana shu aloqadorlik asarda o‘ta ustakorlik bilan tasvir-
langan. Xuddi shuning uchun ham Husayn Boyqaroning port-
retdagi chehrasidan uning go‘zallikka intilishi, odamlarga yaxshi
lik istashi sezilib turibdi. Bir ibora bilan aytganda, «Sulton
Husayn Boyqaro» portreti yordamida Kamoliddin Behzod o‘z
zamonasi hukmdorining quvonchlari va tashvishlari haqida aniq
m a’lumot berishga harakat qiladi.
Kamoliddin Behzod asarlarida kishilarni tabiat manzaralaridan
zavq olishi, ovdagi holatlari, jang voqealarini ham tasvirlashga
alohida e’tibor berilgan. Xuddi shuning uchun ham Amir Temur
saroyida bir necha bor qabul marosimlariga ishtirok etgan ispan
elchisi Klavixo de Gonsales o‘z kundaligida qayd etganidek,
«Jang voqealari», «Ov m anzaralari», «O shiq-m a’shuqlar
uchrashuvlari» qabulxona devorlarida ham o‘z aksini topgan edi.
Kamoliddin Behzod o‘zi yashab ijod qilgan ijtimoiy muhit-
ni, zamonasida yuz berayotgan voqealar tafsilotini, odamlar
ijtimoiy qiyofasida sodir bo'layotgan o'zgarishlami yuksak ma-
horat bilan tasvirlagan. Uning asarlarida o‘z mehnati bilan za-
mon tashvishlarini yelkasida ko‘tarib turgan sodda, beg‘ubor
oddiy odamlar qiyofasi tasvirlangan. Bunday holatni uning
«Zanjirband sher», «Samarqanddagi masjid qurilishida», «Doro
va cho'ponlar» kompozitsiyalaridan, Sa’diy, Navoiy, Nizomiy,
Jomiy, Dehlaviy va boshqa adiblaming asarlariga ishlangan il-
lyustratsiyalardan darrov ilg‘ab olish mumkin.
Behzod qalbida tug‘yon urib turgan his-tuyg‘ulami, ayniqsa,
jamiyat hayotida, odamlar xulq-atvori, xatti-harakatida mavjud
bo'lgan salbiy holatlar, g'ayriinsoniy qiliqlardan nafratlanish
tuyg'usini uning asarlarida tasvirlangan qiyofalar, basharalardan
ilg'ab olish uncha ham qiyin emas.
Shunday qilib, Kamoliddin Behzod Sharq san’at maktablari
faoliyatini, o'sha maktablarda yaratilgan san’at uslublarini ma’lum
272
bir sistemaga solib, yaxlit bir butun Sharq miniatyura makta-
bini yaratdi.
Zamonasidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, insonning ruhiy-ma’naviy
qiyofasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning real holatini o‘z
asarlarida tasvirlab, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga munosib
hissa qo‘shdi. Shuning uchun ham Sharqning mashhur tarixchisi
Xondamir o‘zining «Habib us-siyar» solnomasida Behzodni afso-
naviy musawir Moniyga tenglashtirib, uni «Moniyi Soniy» («Ik-
kinchi Moniy») deb ta’riflagan.
Shunday qilib, tasavvuf o‘rta asr musulmon falsafasining
eng yirik yutug'i bo‘lib, insonning ruhiy-ma’naviy kamoloti
to ‘g‘risidagi ta’limotdir. Bu ta ’limot musulmon falsafasi va ax-
loqi zaminida vujudga keldi. Lekin musulmon falsafasi va axloqi
yutuqlari bilan chegaralanib qolgani yo‘q, balki jahon ilm-fani
yutuqlariga tayandi. Xususan, Hind, Xitoy, Eron, Turon va
Yunon madaniyati xazinasidan bahramand bo‘ldi. 0 ‘z navba
tida, musulmon madaniyati, xususan, falsafasiga yangi ma’no,
yangi mazmun ato etdi. Uni demokratlashtirdi. Nafs, mol-u
dunyo, ta’ma va shahvoniy hirs qurbonlariga, shon-shuhrat,
mansab va amal shaydolariga, ikkiyuzlamachi, riyokor taqvo-
dorlarga shafqatsiz zarba bo‘ldi.
Tasavvuf har qanday aqidaparastlikdan ustun turadigan
ta ’limotdir. Aqidaparastlik, mazhabparastlik insonning ruhiy-
ma’naviy olamini toraytiradi, zaiflashtiradi. Tasavvuf ta’limotining
bilimdoni, professor Najmiddin Kornilov ta ’kidlaganidek, in
sonni muayyan bir sxolastik tushunchalar kishaniga solib qo'yadi1.
Xuddi shuning uchun ham tasavvuf mazhablari orasida sodir
bo'lgan turli bahs, munozaralarni ma’nosiz, behuda qilingan
sa’y-harakatlardir, deb qaraydi. Musulmonlarni ushbu haqiqatni
anglab olishga va yagona sunniylik g'oyalari atrofida birlashishga
da’vat etadi. Tasavvuf gumanizmining umumjahon ma’naviy
madaniyatining tarkibiy qismiga aylanib ketishining asosida ham
xuddi shu haqiqat yotadi.
Tasawufning jahon ma’naviy madaniyati xazinasiga qo‘shgan
eng muhim hissalaridan biri — uning taqlidchilik, zohirbinlik-
ning jaholat ekanligini isbotlab berganidir.
Do'stlaringiz bilan baham: