pishadi. U kishi qalbini shubhalardan tozalaydi, ko'ngliga ham,
ko‘ziga ham ravshanlik yetkazadi. Qattiq non yeb turgan qanoatli
darvish, yuz turli noz-ne’matlar bilan ovqatlanadigan ta’magir
shohdan ming marta ustundir.
Alisher Navoiyning fikriga muvofiq, fuqarolar odob-u axlo-
qini shakllantirishda yurt kezar savdogarlarning xizmatlari katta
b o ‘lm og‘i
lozim.
U lar
nafaqat
tijorat
ishlari
bilan
shug'ullanishlari, balki dunyo donishmandlarini ham izlab topish-
lari, ularning oqilona suhbatlaridan bahramand bo‘lishlari, eng
yaxshi insoniy fazilatlarini, xislatlarini, urf-odatlarini ham o‘z
yurtlariga olib kelmoqlari darkor. Shoir turmushning turli qiy-
inchiliklariga mardona bardosh berib, o‘z umrini uzoq va omonsiz
xavf-xatar, iztirob, ranj, uqubatlarga tashlab, halol rizq topgan
savdogarni olqishlaydi. Lekin musofirlik, safar iztiroblari va
tashvishlarini tortmasdan, muayyan manzilda turg'un va osoy-
ishta yashab, tayyor molni arzon olib, qimmat sotuvchilarni
Navoiy tijorat ahli deb atashdan saqlanadi.
Shunday qilib, Alisher Navoiy asarlarida insonning ruhiy-
ma’naviy kamolotga yetish jarayoni har tomonlama tahlil etildi.
Bunday murakkab jarayon tahlilida sharqona fikrlash madaniya-
tida keng tarqalgan zohiriylik va botiniylikning o‘zaro aloqador-
ligidan ustalik bilan foydalandi. Shuning uchun Navoiy asarlari
zohiriy va botiniy mazmunga egaligi bilan ajralib turadi. Chu-
nonchi, «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun» idostonlari
o‘zining ichki botiniy mazmuniga ko‘ra, insonning barkamollik
darajasiga ko‘tarilishining badiiy ifodasidir. Farhod va Majnun —
Olloh husniga oshiq bo‘lgan darvish suratidir, insonning ha-
qiqatga erishish jarayonining badiiy shakldagi ifodasidir.
Alisher Navoiy asarlarida foydalanilgan turli rivoyatlar, naqllar
— zohiriy bir libos edi. Aslida insonning ruhiy-ma’naviy kamolotga
yetish jarayonini kuylash — shoiming asosiy maqsadi edi. Navoiy
tarannum etgan ishq-muhabbat tasawufiy mazmunga ega bo'lib,
insonning ongi va faoliyatida bo‘ladigan sifatiy o‘zgarishlami
Olloh nuri chig‘irig‘ida ko'rish, ushbu jarayonni qalb ko‘zi
bilan mushohada qilishning ifodasidir. Farhod, Shirin, Layli,
Majnunlar murakkab yo‘lni bosib o‘tib, haqiqatga yetib kelgan
orif kishilar timsolidir.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, musul-
269
mon ijodkorlari asarlarining o'ziga xos eng muhim xususiyati —
uning ko‘p ma’noliligidir. Aniqroq qilib aytganimizda, Sharq
tafakkurida ko‘p ma’nolilik — matnning zohiriy va botiniy ma’noga
ega ekanligidir. Sharq mutafakkirlari ko‘p ma’nolilik yordamida
o‘zlarining olam va odam to ‘g‘risidagi, ayniqsa, barkamol inson
to‘g‘risidagi qarashlarini johil, nodon kimsalar, hokim-u amal-
dorlardan pinhon saqlaganlar. 0 ‘z fikr-mulohazalarini turli hay-
vonlar va qushlar tilida rivoyatlar, naqllar yordamida bayon
etganlar. Tashqi tom ondan (zohiran) sayoz, yuzaki bo‘lib
ko‘ringan bunday asarlar, ichki tomondan (botinan) katta
mazmun va ma’noga ega bo'ladi.
Naqshbandiya ta’limotida nafaqat sharqona musulmon axloqi-
ga xos, balki umuminsoniy axloq talablari asosida faoliyat
ko'rsatayotgan barkamol insonning tashqi va ichki qiyofasining
go'zalligini turli bo‘yoqlar yordamida tasvirlashga alohida e’tibor
berildi. Ma’lumki, insonning o‘ziga xos eng muhim xususiyat
laridan biri — u hamisha go'zallik tomon talpinib yashaydi.
Go'zallikdan lazzat olishga shoshiladi. Shuning uchun ham in
son bisotidagi go'zallik tomon intilish his-tuyg‘usini ta’riflash
o‘rta asr musulmon falsafasining, adabiyotining asosiy mavzu-
laridan biri edi. Shoirlar, yozuvchilar bunday his-tuyg‘uni
ta’riflashda o'zlarining jozibali so‘zlari bilan fidoyilik ko'rsatgan
bo‘lsalar, m usaw irlar bunday his-tuyg‘uni tavsiflashda turli
ranglardan foydalandilar.
Musulmon falsafasida mo'yqalam sehri bilan go'zallik, na-
fosat olamida mo‘jiza yaratganlardan biri Kamoliddin Behzoddir1.
Sharqning mashhur musawiri ijodining bosh mavzusi — inson
ning quvonchlari va tashvishlarini, uning ijtimoiy qiyofasini
tasvirlashga qaratilgan. Ayniqsa, portret janrida yaratilgan asarlari
hajm jihatidan Yevropa musawirlarinikidan kichikroq va uslub
Do'stlaringiz bilan baham: