O z b e k is t o n r es p u b L i k a s I o liy


XXII  bob.  JISM ONIY  TARBIYA



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/158
Sana18.08.2021
Hajmi4,55 Mb.
#151001
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158
Bog'liq
'pedagogika

XXII  bob.  JISM ONIY  TARBIYA
Jismoniy  tarbiyaning  asosiy  maqsadi  -   o ‘quvchilar  tanasidagi 
barcha  a ’zolarni  tabiiy  sog ‘lom  o ‘sishini  ta ’minlash,  ularni  aqliy  va 
jism oniy  mehnatga,  shuningdek,  vatan  mudofaasiga  tayyorlashdir.
Bizning  ota-bobolarimiz  kishilar  bilan  uchrashganda  yoki 
xayrlashganda,  a w a l o ,  chin  yurakdan  mustahkam  sog‘lik-salomatlik 
tilashgan.  Sihat-salomat  boMishning  qadrini  oila  qadri  bilan  sharafli 
bir  o ‘ringa  q o ‘yib  kelishgan.
Sharq  Aristoteli  nomini  olgan  Abu  Ali  ibn  Sino  ham  inson 
fazilatlaridan  quyidagilarni  sanab  k o ‘rsatgan,  chunonchi,  jasur- 
l i k - b i r o r   ishni  bajarishda  kishining  jasurligi,  chidamliligi,  inson 
boshiga tushgan yomonlikni to ‘xtatib turuvchi  quvvat. Aqllilik—biror 
ishni  bajarishda  shoshma-shosharlik  qilishdan  saqlovchi  quvvat.
Ziyraklik  -   sezgi  bergan  narsalarning  haqiqiy  m a ’nosini  tezlik 
bilan  tushunishga  yordam  beruvchi  quvvat.
S h e ’riyat  mulkining  sultoni  Alisher  Navoiy  o ‘zining  «Farhod  va 
Shirin»  dostonida  Farhodning  ijobiy  xislatlari  ichida,  uning jism oniy 
chiniqqanligiga  alohida  e ’tibor  beradi.
Dostonda  yozilishicha  Farhod  aqliy  tarbiya  bilangina  cheklanib 
qolmasdan  jism oniy  va  harbiy  mashqlar  bilan  ham  shug‘ullanib, 
chiniqa  boshlaydi.  Suvda  suzish,  chavandozlik,  qilichbozlik  va 
boshqalar  uning  kundalik  m ashg‘uloti  b o ‘lib  qoladi.  10  yoshida  20 
yashar  yigitning  k u c h -q u w a ti  boMadi,  u  o ‘zining  aql  va  jism oniy 
kuch-quvvati,  mahorati  bilan  kishilami  hayratda  qoldiradi.
Abdulla  Avloniyning  fikricha,  sogMom  fikr,  yaxshi  axloq,  ilm- 
m a ’rifatga ega boMish  uchun  badanni tarbiya qilish zarur. «Badanning


salomat va  q u w a tli  boMmogM  insonga  eng  kerakli  narsadur.  Chunki 
o ‘qimoq.  o ‘qitmoq,  o ‘rganmoq  va  o ‘rgatmoq  uchun  insonga  kuch  va 
so g ‘lik  Iozimdir.  Sog ‘  badanga  ega  boMmagan  insonlar  amallarida, 
ishlarida  kamchilikka  y o ‘l  q o ‘yurlar...  Bunday  tarbiyaning  fikr 
tarbiyasiga  ham  yordami  bordir.  Jism  ila  ruh  ikkisi  bir  choponning 
o ‘ng  ila  terisi  kabidur.  Agar jism   tozalik  ila  ziynatlanmasa,  yom on 
xulqlardan  saqlanmasa,  choponni  ustini  qo'yib,  astarini  yuvib  ovora 
boMmak  kabidurki,  har vaqt  ustidagi  kiri  ichiga  uradur.  Fikr tarbiyasi 
uchun  mehnat  va  sogMom  vujud  kerakdur».
Sport  tufayli  o ‘z  kuchi  va  mahoratini  quvonch  bilan  his  etish, 
tabiat  bilan  muloqotda  boMish  azaldan  kishilar  dilini  xushnud  etgan. 
Demak,  yuqoridagi  misollardan  k o ‘rinib  turibdiki,  insonning  aqliy, 
axloqiy  va  jism oniy  kamoloti  kishilik  tarixi  taraqqiyotining  barcha 
jabhalarida  ulugMangan,  qadrlangan.
Jismoniy  tarbiya  kishilarga  qulay  ta ’sir  k o ‘rsatib,  ularning 
salomatligini  mustahkamlaydi,  ishlash  qobiliyatini  oshiradi,  uzoq 
umr k o ‘rishga yordam beradi.  S p o r t - h a r  qanday yoshda ham badanni 
tarbiya  qilish,  kuch-quvvatni  saqlab  turishning  ajoyib  vositasidir.  U 
dam  olish  bilan  mehnatni  almashtirib  turishga  yordam  beradi.  ijodiy 
his-tuyg'u  manbayi  boMib  xizm at  qiladi.
Qisqasi,  jism oniy  madaniyat  va  sport  sogMom,  kuchli,chaqqon, 
topqir,  to ‘siqlami  yenga  oladigan,  ona  Vatanni  k o ‘z  qorachigMday 
e ’zozlovchi  vatanparvar, 
kelajakka 
ishonch 
bilan  qaraydigan 
yoshlarni  tarbiyalovchi  ijtimoiy  omillardan  biri  hisoblanadi.
Shu 
sababli 
kishilik  jam iyatining  eng 
ibtidoiy  holatidan 
hozirgi  kunimizga  qadar  har  qanday  jism oniy  kamolot  va  to'qlikni 
avlodlam ing  kamolotini  t a ’minlovchi  zanjir  deb  hisoblab  kelishgan.
Demak,  o ‘sib kelayotgan yosh avlodning jism oniy  barkamolligini 
t a ’minlash  faqat  ota-ona,  maktabning  ishigina  boMib  qolmasdan, 
balki  u  davlat  ahamiyatiga  molik  ish  hamdir.
218


Jismoniy  tarbiyaga  boMgan  e ’tibor,  g ‘a m x o ‘rlikning  kun  sayin 
oshib  borishi  bu  fikrimizning  yorqin  dalilidir.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  mustaqil  davlat  boMgan  kundan 
boshlab.  yoshlar  tarbiyasini,  ularni  haqiqiy  Vatan  himoyachisi 
boMishiga  va  sportning  barcha  turlarini jadallashtirish  maqsadida  bir 
qator  maqtovga  sazovor  ishlarni  amalga  oshirdi.  Bularga  «Jismoniy 
tarbiya  va  sportni  yanada  rivojlantirish  b o ‘yicha  qonun»  (1992-y), 
«SogMom  avlod  dasturi»,  «Futbolni  yanada  rivojlantirish  bo'yicha 
qaror»  (1996-y),  «Kurash  assotsiatsiyasini  tuzish»  (1998-y)  va 
boshqa  y o ‘l-yo‘riqlami  k o ‘rsatish  o ‘rinlidir.  Shuningdek,  davlatimiz 
va  hukumatimiz  rahbarligida tennis  b o ‘yicha  0 ‘zbekiston  Prezidenti 
kubogi,  milliy  kurash,  ushu.  taekvando,  boks  va  boshqa  sport  turlari 
b o ‘yicha  xalqaro  musobaqalar  o ‘tkazilmoqda.
Jismoniy  tarbiya  mazmuni  besh  xil  tushunchalarda  o ‘z  ifodasini 
topadi. Y a ’ni jism oniy kamolot,jism oniy holatdiagnostikasi. jism oniy 
madaniyat,  jism oniy-sport  ishlari,  jism oniy  m a ’lumot.  Jismoniy 
k a m o l o t - o ‘sib  kelayotgan  yosh  avlodning  ichki  organlarining 
o ‘zgarishi,  o ‘sishidir.  Birinchi  navbatda yurak va o ‘pka,  shuningdek, 
nerv  va  harakat  tizimi,  tana  shaklining  o ‘zgarishi,  teri-muskul 
tizimi,  o g ‘irligi,  tananing  m ukammal  rivojlanishidir.  Pedagogik 
tushunchada  jism oniy  kamolot  insondagi  jism oniy  m a ’lumotning 
o ‘sishi  borasidagi  o ‘zgarishlar,  y a ’ni  oddiydan  murakkabga,  pastdan 
yuqoriga, 
nomukammallikdan 
mukam mallikka  tomon 
boMgan 
o ‘zgarishlar  tushuniladi.
0 ‘quvchilarning jism oniy  kamolotlari  uchun  sharoit  yaratish  va 
pedagogik  boshqarish  jism oniy  tarbiyaning  vazifasidir.  Jismoniy 
tarbiya  tizimida  kamolot  diagnostikasi  muhim  o ‘rin  tutadi.  U 
jism oniy  tarbiya  saviyasi,  fan  tili  bilan  aytilganda, jism oniy  tarbiya 
samaradorligi  k o ‘rsatkichidir.  Maxsus  usul  va  jism oniy  texnika 
asosida  o ‘quvchilarning  sogMiqlarini,  har  bir  alohida  shaxs  kamoloti
219


saviyasini  tadqiq  etish,  belgilangan  m e ’yor  va  undan  uzoqlashish 
k o ‘rsatkichlarini  oldindan  belgilash  asosida  tarbiya  uchun  doimiy 
k o ‘rsatkich  aniqlanadi.  Jismoniy  yetuklik  bu  badanning  tashqi 
k o ‘rinishidagi  garmoniya,  g o ‘zallik  shakli:  jism oniy  sifatlarning 
yuqori  darajadagi  k a m o lo ti-k u c h i,  tezligi,  chidamliligi  va  abjirligi 
barcha  tizimlarning  mutanosibligi  va  ularning  salomatligidir.  Agar 
diagnostika  o ‘quvchilarning  yoki  biron-bir  o ‘quvchining  jism oniy 
va  tibbiy  k o ‘rsatkichlari  pasayib  ketayotganligini  k o ‘rsatsa,  demak, 
zudlik  bilan jism oniy  tarbiyadagi  mavjud  tiz im n i'o ‘zgartirish  lozim.
Jismoniy  madaniyat  tarbiyaning  tarkibiy  qismidir.  Jismoniy 
m adaniyat  m azm uniga  quyidagilar  kiradi:
1.  Inson  a ’zolarining  tuzilishi  va  ularning  funksional  k a m o lo ti-  
ichki  a ’zolar,  nerv  va  harakat,  suyak-muskul  tizimi,  badanning 
u y g ‘unligi  va  ularning  funksional  faoliyatini  boshqarish.
2.  0 ‘quvchilarning  s o g ‘lig‘ini  mustahkamlash.
3.  Gigiyena  qoidalariga  k o ‘nikish.
4.  0 ‘quvchilarning  har  tom onlam a  mohirligini  o ‘stirish.
5.  B o ‘lajak  ishchi-mehnatkashlarning  jism oniy  va  fiziologik 
sifatlarini 
kasb  ahamiyati  jihatidan  shakllantirish,  uning 
ish 
qobiliyatini  oshirish.
6.  0 ‘quvchilarning jism oniy  va  yosh  xususiyatlari  uchun  sharoit 
yaratish.
7.  Iroda,  chidamlilik,  q a t’iy  intizom,  d o ‘stlik  va  o ‘rtoqlik  hissi, 
kamol  topish  va  o ‘z -o ‘zini  rivojlantirish  uchun  harakat  qilishni 
tarbiyalash.
8.  Shaxsiy jism oniy  qobiliyatlarini  kamol  toptirish.
K o ‘rinib  turibdiki,  jism oniy  tarbiya  mazmuni  yetarli  darajada 
kengdir.  Ularni  amalga  oshirish  yoshlarimizning  turmush  tarzini, 
jism o n iy  madaniyat  va  sport  asosida  mazmunli  shakllanishini 
ta ’minlaydi.  Yuqoridagi  sifatlar,  doimiy  mashqlar  asosida  har  bir
220


shaxsda  o 'z   badaniga  va  uning  g o ‘zal  boMishiga  intilish,shaxsiy 
sog ‘lig‘ini jam iy at  taraqqiyoti  bilan,  xalq  madaniyati  bilan  b o g ‘lash 
sifatlari  shakllanadi.  Jismoniy  tarbiya  ta ’lim  mazm unida  ham  qaror 
topadi.  Uning  vazifasiga  o ‘quvchilarda  tanlangan  sohaga  aloqador 
k o ‘nikma va malakalarni shakllantirish, rivojlantirish kiradi. Jismoniy 
tarbiyaga  harbiy  tayyorgarlik  elementlari  ham  kiradi.  Jismoniy 
tarbiyani  boshqa  fanlar  orqali  ham,  xususan,  ishlab  chiqarish  t a ’limi 
orqali  ham  amalga  oshiriladi:  jism oniy  sog‘lik,  badan  g o ‘zalligi  va 
boshqalar  qaror  topadi.
llg ‘or  pedagogik  tajribalarning  k o ‘rsatishicha,  jism oniy  tarbiya 
o ‘quvchi  va  o ‘qituvchilar  jam oalarining  turmush  tarzi  va  dasturiga 
aylangandir.  Ayniqsa, jism oniy  tarbiya  daqiqalari,  sport  va jism oniy 
tarbiya  targMboti,  ishlab  chiqarish  ta ’limi  texnologiyasi  va  ishlab 
chiqarish 
amaliyoti 
borasidagi 
yutuqlarni 
rag‘batlantirishda, 
o ‘quvchilarning  uzoq  vaqtgacha  ish  qobiliyatlarini  saqlab  turishda, 
yoshlarimizning jism oniy  hamda  fiziologik  sifatlarini  kasb  mazmu- 
niga  bogMash  borasidagi  dars jarayonlarida  ahamiyati  beqiyosdir.
Jismoniy  tarbiya  sinfdan  tashqaridagi  tarbiyaviy  ishlarda  ham 
amalga  oshiriladi.
Jismoniy  m a d a n iy a t- s p o r t  ishlari  yoki  oddiy  sport  sho‘balari, 
klublari,  guruhli  yoki  om maviy  musobaqalar  va  hokazolarda 
namoyon  boMadi. Ayrim  qobiliyatli  bolalar,  maktab va  boshqa o ‘quv 
yurtlarida  o ‘qish  bilan  birga  om maviy  sport  ishlarida  ishtirok  etib, 
yuksak  natijalarni  qoMga  kiritishlari,  xatto,  o ‘rta  m axsus  yoki  oliy 
m a ’lumot  ham  olishlari  mumkin.
Maktab  va  kasb-hunar  kollejlarida,  litseylarda  jism oniy  tar­
biya  darslari  o ‘quvchilaming  jinsiy  farqlariga  asoslangan  holda, 
shuningdek,  kasb  turlariga  qarab  turli  vazifalarni  hal  etishi  mum- 
kinligini  inkor  etmaslik  kerak.  Masalan,  o ‘quvchi  o ‘gMl  boMsa 
unda  erkaklik  fazilatlari,  kuchlilik,  aniqlik  harakatlarini  maromiga
221


sola  bilish,  dangasalikni 
bartaraf  eta  olish,  jinsiy  yetuklik, 
shakllantiriladi.
Qizlarda  esa  harakatlarida  muloyimlik,  aniqlik,  qizlik  latofati, 
qo'rqoqlikni  bartaraf eta  olish  kabi  sifatlar  qaror  toptiriladi.
Jismoniy  tarbiya  m azm unida  «jismoniy  mehnat»,  «jismoniy 
t a ’sir»,  «jismoniy  jazo »  va  boshqa  iboralar  ham  uchrab  turadi. 
Jismoniy  m e h n a t-a q liy   mehnatdan  farqli  o ‘laroq  insonning jism oniy 
kuchi,  muskul  harakatlari  qismlari  va  boshqalar bilan  b o g ‘langandir. 
Jismoniy  mehnat  t o ‘g ‘ri  yoki  no to ‘g ‘ri  tashkil  etilishiga  qarab 
yoshlarga  ijobiy  yoki  salbiy  ta ’sir  k o ‘rsatishini  unutmaslik  lozim. 
Har  qanday  sharoitda  ham  jism oniy  m ehnat  turlarini  jism oniy 
tarbiya  m azm uniga  kiritilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Jismoniy 
t a ' s i r - b u   inson  badaniga  biron-bir  buyum  bilan,  yoki  insonlar 
tom onidan(qo‘l,  oyoq,  badan  orqali)  t a ’sir  k o ‘rsatishdir.  Yaqin 
vaqtlargacha  bu  haqida  ju d a  oz  fikr  bildirilgan  va  uni  nopedagogik 
t a ’sir.  deb  kelingan  edi.  Pedagogik  tajribada  o ‘quvchilarning  aqliy 
faoliyatlarini rag ‘batlantirish  maqsadida jism oniy ta ’sir k o ‘rsatishdan 
tez-tez  foydalanish  mumkinligi  isbotlangan.  Masalan,  bolalarning 
boshini  silash,  q o ‘lini  bolalar  yelkasiga  yum shoq  q o ‘yish  orqali 
ruhlantirish,  partadagi  bolalar  yoniga  o ‘tirib  hamkorlik  bildirish  va 
boshqa  shunga  o ‘xshash  holatlar.  Bunday  badan  tarbiya  orqali  t a ’sir 
k o ‘rsatish  o ‘quvchilarning  tarbiyalash  darajalari  samaradorligini 
oshiradi,  o ‘qituvchi  o ‘rtasidagi  to ‘siq  bartaraf etiladi  va  osoyishtalik, 
bir-biriga  ishonch  qaror  topadi.
Jismoniy  j a z o - o ‘quvchidagi  xulqiy  kamchilik  yoki  biron-bir 
noaxloqiy  xatti-harakatlarni  bartaraf  etish  maqsadida  q o ‘Haniladi. 
Jismoniy  jazog a 
ochlik 
e ’lon 
qilish 
ham 
kiradi. 
Bizning 
maktablarimizda jism oniy jaz o   bekor  qilingan.
M amlakatimizda  jism oniy  tarbiya  mazmuni  yuzasidan  yagona 
«m udofaa  va  mehnatga  tayyorlash»  kompleksi  tashkil  etilgan.
222


Mazkur  kom pleks  6  darajadan  iborat.
1)  Birinchi  daraja  «Startga  b o ‘l  tayyor»  ( 6 -9   yosh).
2)  Ikkinchi  daraja  «Jasurlar  va  chaqqonlar»  (10-1 3  yosh).
3)  Uchinchi  daraja  «Sport  o ‘rinbosarlari»  (1 4-15  yosh).
4)  To'rtinchi  daraja  «Kuchlilik  va  mardlik»  (1 6 -1 8   yosh).
Qolgan  2  darajasi  18  yoshdan  katta  bo'lgan  bolalar  uchun
mo'ljallangan.  Agar  maktab  va  bilim  yurtining  sport  bazasi  yomon, 
pedagogik kadrlarbi lan yaxshi t a ’m in lan m ag an bo1 Isa, yuqoridagilarni 
amalga  oshirish  mushkuldir.  K o ‘rinib  turibdiki, jism oniy  tarbiya  o ‘z 
mazmuni  va  q o ‘yilishiga  k o ‘ra  vazifasi  kengdir.  U  boshqa tarmoqlar 
mazmuniga  kirib,  turli  vazifalarni  ham  bajaradi.  Biroq,  u  maqsadga 
muvofiq  va  maxsus  sh u g ‘ullanishni  taqozo  etadi.  Maktab  kasb-hunar 
kolleji.  akademik  litseylarda  jism oniy  tarbiyalash  uchun  quyidagi 
shartlarni  bajarilishi  shart:
1.  Shaxsning jism oniy  kamolotini  nazarda  tutgan  holda,  tarbiya- 
lanuvchining  jism oniy  madaniyati  b o ‘yicha  turmush  tarzini  qaror 
toptirish.
2.  Jismoniy  tarbiyani  pedagogik jarayonni  tashkil  etishda  tabiiy, 
madaniy  u y g ‘unlashish  va  insoniylikka  asoslanib  shakllantirish.
3.  Jismoniy tarbiyani  aqliy,  axloqiy tarbiya  bilan,o‘quvchilaming 
m a ’naviy  hayoti  bilan  b o g ‘liqligini  ta ’minlash.
4.  Moddiy  texnika,  kadrlar  bilan  va  uslubiy  jihatdan  ta ’minlash 
va  hokazo.
Jismoniy tarbiyani ta ’bir jo iz b o ‘lsa, o ‘sib kelayotgan yosh avlodni 
tarbiyalash jarayonlarining  tarkibiy  qismi,  deb  qarash  lozim.
Hozirgi  kunimiz  uchun  y a ’ni  oila  va  maktabda  yoshlarning 
tabiiy  o ‘sish!arini  ta ’minlash  zarur b o ‘lgan  quyidagi  qoidalarga rioya 
qilinishi  yutu g'im iz  garovidir.
1. 
Oila  va  maktabda  ham m a  yoshdagi  o ‘quvchilar  uchun  bir 
kecha  kunduzlik  rejim  o ’matish  va  ularga  rioya  qilinishini  nazorat


qilib  borish  lozim.  Mehnat  dam  olishning,  o g ‘ir  m a s h g ‘ulot  bilan 
yengil  m ash g ‘ulotning to ‘g ‘ri  almashib turishi, doimo m a ’lum vaqtda 
ovqatlanish,  m a ’lum  vaqtda ochiq  havoda boMish,  o ‘z vaqtida uxlash 
va  hokazolar  sogMom  o'sishning  muhim  shartidir.
2.  Tashqi  sezgi  a ’zolarining  sogMom  boMishi  uchun  g ‘a m x o ‘rlik 
qilish  kerak.
Yoshlarimizning  aqlan  barkamolligi,  mehnat  va  m udofaaga  toMa 
yaroqli  boMishlari  uchun  tashqi  sezgi  a ’zolarining  sogMom  boMishi 
ju d a   katta  ahamiyatga  egadir.
0 ‘quvchilarning  k o ‘zini  chang,  tutun  va  havodagi  iflosliklaridan 
saqlash:  yuvinib  turishini  maslahat  berish  lozim.  Kitobni  haddan 
tashqari  yaqindan  o ‘qish,  ularni  uzoqni  k o ‘ra  olmaydigan  boMib 
qolishlariga olib kelishini tushuntirish, yaxshi  yoritilmagan xonalarda 
kitob  o ‘qimaslikni  maslahat  berish  darkor.
Quloqlami kirlanishdan, shamollashdan saqlashni o ‘rgatish kerak. 
Eng  muhim  gigiyenik  qoidalarga  rioya  etish,  badanimizni  toza tutish 
lozimligini  erinmay  tushuntirish  shart.
3.  0 ‘quvchilarning  umurtqa  p o g ‘onasi,  tos  va  yelka  suyaklari 
qiyshayib,  k o ‘krak  qafasi  o ‘sishdan  to'x tab  qolmasligi  uchun 
o ‘qituvchi  ularni  dars  vaqtida  partada  t o ‘g ‘ri  o ‘tirishlariga  e ’tibor 
berishi  kerak.
4.  0 ‘quvchilarimizning  sogMom  o ‘sishlarida  t o ‘g ‘ri  ovqatlanish 
(hayvon, o ‘sim likoqsillari, hoM meva, s u y a k n in g o ‘sishi uchun yetarli 
tuzlar) tartibiga  amal  qilishlariga,  ochiq  havoda k o ‘proq  boMishlariga 
ahamiyat  berish  darkor.  Buning  uchun  oilada  va  m aktabda  yengil 
ishlar  bilan  shug‘ullanish,  gimnastika  m ash g ‘ulotlarini  bajarish 
kabilarni joriy  etilishi  maqsadga  muvofiqdir.
Yuqoridagi  omillarning  samaradorligi  ota-ona  va  o ‘qituvchi- 
larning  tarbiyaviy  ishlarni  mohirlik  bilan  t o ‘g ‘ri  tashkil  etishlariga 
bogMiq.
224



Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish