4. Kaolinit guruhi - kaolinit, galluazit va boshqalar;
5. Montmorillonit gruhi - montmorillonit, nontronit va boshqalar;
6. Gidroslyudalar yoki illit guruhi - seritsit bu guruhning tipik namunasi.
Birlamchi minerallar ko’proq o’lchami 0,002 mm dan katta bo’lgan fraktsiyalar tarkibiga kiradi. Bular yerning chuqur qatlamlarida yuqori bosim va tempratura ostida hosil bo’lgan bo’lib yerning ustki qatlamlarida suv, havo ta’sirida o’zgarishga uchrab chidamlilarigina saqlanib qoladi.
Ikkilamchi minerallar tarkibining asоsiy qismini sоz minerallari, temir gidroksid va alyuminiy gidroksid tashkil etadi. Bular o’lchami 0,002 mm dan kichik bo’lgan fraktsiyalar tarkibiga kiradi.
Tuproq zarrachalari o’lchamining o’zgarishiga qarab birlamchi minerallarning asоsiy guruhi miqdorining o’zgarishini ko’radigan bo’lsak, tuproq zarachalari o’lchamining kichrayishi bilan kvarts miqdori kamayib boradi, slyuda miqdori oshib boradi, dala shpati esa dastlab oshib keyinchalik kamayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |