MAVZUGA OID MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARI
1. Adabiyotlardan tuproqni analizga tayyorlash tartibi bo’yicha ma’lumotlar to’plang.
2. Lalmikor va sug’oriladigan keltirilgan tuproq namunalaridan fizik, kimyoviy analizlar uchun namunalar tayyorlashni o’rganing.
2-laboratoriya mashg`uloti
TUPROQDAGI GIGROSKOPIK NAMLIGINI ANIQLASH
Darsning maqsadi: talabalarda tuproqning gigroskoplik xususiyati va tuproqdagi gigroskopik namlik qanday usulda aniqlanishi to`g`risida tushuncha xosil qilish
Idеntiv o`quv maqsadlari:
1.1. Gigroskopik namlik to`g`risida tushunchaga ega bo’ladi.
1.2. Tuproqning gigroskopiklik darajasi nimalarga bog`liqligini bilib oladi.
1.3. Laboratoriya sharoitida tuproqdagi gigroskopik namlikni aniqlay oladi.
Kеrakli jixozlar: Quritish shkafi, tuproq namunasi, alyuminiy stakancha, eksikator, analitik tarozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |