Po‘kakIi eman (Quercus suber L.)
bo‘yi
20—22
m, diametri
1—1,5 m li daraxt, tanasi yoshligidan boshlab po‘kak qavat bilan
285
qoplanadi. Yosh novdalari, kurtaklari va barglarining orqa tomoni
sarg‘ish-kul rang qalin tuk bilan qoplangan. Barglari doim yashil
saqlanadi oddiy tuzilgan, navbat bilan joylashadi, oval yoki cho'ziq-
tuxumsimon, cheti o‘tkir tishchali, yuz tomoni to‘q-yashil, yaltiroq,
orqa tomoni qalin tukli. Yong‘oqlari 1—3 tadan bo‘lib, kalta bandli,
birinchi yili yetiladi. May oyidan boshlab yozning o ‘rtalarigacha
gullaydi. Kuzda ikkinchi marta gullaydi. Shuning uchun bir tup
daraxtda har xil muddatda yetiladigan yong‘oqlami ko‘rish mumkin.
Po'kakli emanning yong‘og‘i tez koekarib chiqadi. Niholi original
tuzilishi bilan boshqalardan farq qiladi.Yong‘og‘i unib chiqayotgan
paytda urug'palla tubida chetlari bir-biri bilan qo‘shilib o'sadi va
naycha hosil qiladi, uning ichida embrionning kurtakchasi yotadi.Bu
naycha yer tagida 20—30 sm gacha o‘sadi, so‘ng undagi kurtak una
boshlaydi va yer ustiga boshlang‘ich poya chiqadi, ildiz otadi.Po!kakli
eman 0 ‘rtayer dengizining g'arbiy sohillarida va Janubiy Yevropa
— Fransiyada, Ispaniyada, Portugaliyada, Italiyada, Shimoliy Afrika-
ning janubiy hududlarida tarqalgan. MDH da Kavkaz va Qrimning
subtropik hududlarida ekiladi.
Po‘kakli eman issiqsevar, yorug‘sevar o'simlik, sovuqqa chidam-
siz, -15—17 °C sovuqdan zararlanadi. Nam va ohakli yerlarda yaxshi
o‘sadi. Quruq tuproqda ham o‘sa oladi. Uning po‘stlog‘idan po'kak
olinadi. Bu emanni shimoliy hududlarga introduksiya qilish katta
ahamiyatga ega.
Yirik mevali eman (Quercus macrocarpa Michx.)
katta daraxt
bo‘Iib, bo‘yi 40 m ga, diametri 2 m ga yaqin, shox-shabasi yumaloq
yokiyoyiq. Po‘stlog‘i yorilgan, to‘q qo‘ng‘ir rangda. Shoxida qanotsi-
mon po'kakli o'siqlari bor. Novdasi awal kul rang tuk bilan qalin
qoplangan bo‘ladi, so‘ngra bu tuklari to‘kilib ketadi. Barglari yirik,
teskari tuxumsimon, tubi ponasimon, bo‘lakli, bo'laklari chuqur
kesikli, barg plastinkasinmg o‘rtasi yirik tomirigacha chuqur kesilgan
bo'ladi. Yong‘og‘i bittadan bo‘Jib, yuqorigi barglar qo‘ltig‘ida
joylashadi. Ular yumaloq, oval shaklda.
Bu eman Shimoliy Amerikaning sharqiy hududlarida tarqalgan.
Bu yerdagi o‘rmonzorlarda boshqa turdagi eman bilan birga o'sadi.
M DH da u xushmanzara o‘rmon daraxti sifatida ekiladi.
Moskva, Riga va Tallin shaharlarida ko'plab o‘sadi. Sovuqqa
hamda qurg‘oqchilikka chidamli. Emanning shox-shabbasi pirami-
286
dasimon turi ham bo'lib, u nihoyatda chiroyli daraxi. Emanning
Do'stlaringiz bilan baham: |