Nurmuhammedov shahbozbek



Download 233,38 Kb.
bet61/63
Sana04.08.2021
Hajmi233,38 Kb.
#137718
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
NURMUHAMMEDOV JAHON IQTISODIY IJTIMOIY GEOGRAFIYA

24-Ma’ruzaLotin Amerika davlatlari.

Reja:

25.1. Janubiy Amerika  makromintaksining umum-geografik holati

25,2. Siyosiy kartasi. Davlatlari, ularning tiplari

25.3. Tabiiy sharoiti va resurslari

25.4. Janubiy Amerika makromintaksining  aholisi va urbanizatsiyasi.

25.5. Janubiy Amerika makromintakasining xo’jaligi va umumiy xususiyatlari

25.6. Janubiy Amerika makromintakasining mintakalari.

 

Tayanch so’z va iboralar:Janubiy Amerika, suvlikdagi chegara, foydali qazilmalari, tabiiy o’sishi, o’lim ko’rsatkichi,  shaharlar, sanoat tarmoqlari, urbanizatsiya areallari, import, eksport, tashqi iqtisodiy aloqalar, iqtisodiy tafovutlar, davlat tuzumi, provintsiya, temir yo’llar, avtomobil yo’llari, gidroresurs, o’rmon resursi, ko’llar o’lkasi.

        

Janubiy Amerika makromintakasining umumiy geografik holati: Janubiy Amerikaning hududi shimoldan-janubga tomon 13 ming km.ga, g’arbdan esa eng ko’pi bilan 5 ming km ga cho’zilgan. Janubiy Amerikaga Shimoliy Amerikaning janubiy qismini Markaziy va Janubiy Amerikani o’z ichiga oladi. Janubiy Amerikaning iqtisodiy geografik o’rnining o’ziga xosligi shundan iboratki, u nisbatan ga yaqin bo’lib, boshqa yirik mintakalardan ancha uzoqda joylashgan. Biroq bu noqulaylik ko’pdan-ko’p muhim dengiz yo’llari Panama kanali orqali davlatlarni o’zaro bog’lab turishi tufayli ancha kamaydi. Yana shunisi ham borki, mintakaning Boliviya va Paragvaydan boshqa barcha mamlakatlari yoni okean va dengizlarga keng ochiq yoki orollarda joylashgan davlatlardir.

         Janubiy Amerika makromintaqasida 29 ta respublika va 16 ta hamdo’stlikka a’zo davlatlar bor. Umumiy maydoni 21 mln.km2. Aholisi 513457918 kishi. Maydoniga ko’ra eng katta davlat Braziliya. Uning maydoni- 8511965 km2. Maydoni eng kichik davlat. Grenada bo’ylab uning maydoni-344 km2 ni tashkil etadi.

         Janubiy Amerika mamlakatlari boshqa  mamlakatlaridan shu bilan farq qiladiki, ular mustaqillik uchun XIX asrning birinchi choragidan kurash boshlaganlar. Ingliz tilida gaplashadigan Amerika davlatining janubidagi davlatlarni  birlashtirib birgina Janubiy Amerika nomi bilan ataydilar. Aholisining ko’pchilik qismi Roman (Janubiy) tili guruhiga mansub. Ya’ni ispanlar, portugallar, frantsuz til oilasida gapiradilar. Shu yerlarni birlashtirib Janubiy Amerika deb atashadi. Bu mamlakatlarga ingliz kapitali tez kirib boradi. XX asrda esa  monopoliyasi muhim o’rin tutgan. Ispaniya Amerika urushida 1898- yilda Amerika indeytslari Kuba va Puerto-Rikoni okkulyatsiya qiladilar. 1902- yili Kubaning, 1903- yilda esa  Panamadan Panama-Kanali zonasini tortib oladi. Mintakaning barcha mamlakatlarning maydoniga ko’ra juda katta. (Braziliya) yirik va o’rtacha (Meksika, Janubiy Amerikaning ko’pchilik mamlakatlari), kichikroq (Markaziy Amerika mamlakatlari va Kuba) va juda kichik (Vest-Indiya orollari) mamlakatlariga bo’lish mumkin. Materikdagi mamlakatlari o’rtasidagi chegara ko’pincha tog’ tizmalari va yirik daryo vodiylardan o’tadi.

         Kuba mintakada orollarda joylashgan eng katta davlat bo’lib, u 1250 km.ga cho’zilgan. U Amerika o’rta dengiz bo’yini hosil qiluvchi Karib dengizi bilan Meksika qo’ltig’ining tutushgan yerida joylashgan.  

         Tabiiy sharoiti va resurslari: Janubiy Amerika foydali qazilmalarining boyligi va xilma-xilligi uning juda katta hududining geologik hamda tektonik xususiyatlari bilan bog’liqdir. qora va rangli metall rudalarining havzalari va konlari ya’ni istilochilar diqqatini o’ziga jalb qilgan oltin va kumush konlari Janubiy Amerika platformasining kristali zaminini va And hamda Kordilera tog’larining burmali mintaqasi bilan bog’liqdir. Bu mintaqaning cheka va tog’ orasidagi burmalarida esa yirik neft va gaz konlari paydo bo’lgan. Janubiy Amerika maydoni turli xil tabiat va tabiiy sharoitga ega. Bu yerda hamma tabiat zonalari dasht, mo’’tadil poyasdan tortib, ekvatorial o’rmonlar zonasigacha bo’lgan poyaslar bordir. Ekvatorial va tropik o’rmonlar eng katta territoriyani egallagan.. Ayniqsa, Amazonka pasttekisliklari va g’arbiy Braziliya tog’larida. Bu hududlarda qizil-sariq, qizilloterit tuproqlar, qishloq xo’jaligida mineral o’g’itlar talab qiluvchi tuproqlar tarqalgan. Janubiy Amerika boksitlarga boy bo’lib, ularning paydo bo’lishi laterit nurash po’sti bilan bog’liqdir. Tiklanadigan tabiiy resurslarning boyligi va xilma-xilligi birinchi navbatda mintakaning asosan ekvatorial, tropik va subtropik iqlim mintaqalarida joylashganligi bilan bog’liqdir. Janubiy Amerika dunyoning yirik mintakalari orasida suv resurslari bilan ta’minlanganligi jihatidan birinchi o’rinda turadi.Daryo va ko’llar ko’p  iqtisodiy va rekratsion resurs sifatida ham     katta ahamiyatga ega.



Titikaka ko’li Markaziy And tog’larida – Peru va Boliviya chegarasida joylashgan, bu Altiplano deyiladi. Altiplano ispan tilida “vodiy” degan ma’noni anglatadi. Janubiy Amerikada bunday vodiylar ko’p.

Titikaka uzunisiga 120 mil va kengligi 50 mil bo’lgan chuchuk suvli tog’ ko’lidir[1].    

      Braziliya, Meksika, Venesuela, Peru, Chili foydali qazilmalarga ayniqsa boy. Janubiy Amerika qazib chiqariladigan mineral xom ashyoning 3/4 qismi ana shu mamlakatlarga to’g’ri keladi. Mintakaning yana bir ulkan boyligi- uning o’rmonlari bo’lib, ular mintaka jami hududning yarmini egallaydi.

         Janubiy Amerika   aholisi va urbanizatsiyasi: III asr davom etgan qul savdosi shunga olib keldiki, hozirgi Janubiy Amerika davlatlaridagi negirlar, barcha aholining 1/10 qismini tashkil etadi. Mintaka aholisining yarmidan ortig’i aralash nikoh natijasida tug’ilganlarning avlodlari, ya’ni metislar va mulatlardir. SHu sababli Janubiy Amerikadagi deyarli barcha millatlar murakkab etnik negizga ega. Meksikada va Markaziy Amerika mamlakatlarida asosan metislar, Gaiti, Yamayka kichik Arteili orollarida esa-negirlar ko’pchilikni tashkil etadi. And tog’larida joylashgan ko’pchilik mamlakatlarda indetslar yoki metislar, Argentina, Urugvay va Kostorikodadir. Ispancha so’zlovchi Kreollar ustun turadi. Braziliya esa mulatlar va negirlar «oq tanlilar»ga nisbatan salgina kam xolos. Janubiy Amerikada aholining joylashuvi  uch eng asosiy xususiyatga ega. Birinchidan u jahonning aholi eng siyrak joylashgan mintakalaridan biri bo’lib, aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 20 kishi to’g’ri keladi. Ikkinchidan, aholining joylashuvidagi notekislik  boshqa ko’pgina yirik mintakalardagiga qaraganda ancha yaqqol namoyon bo’lgan. Uchinchidan, dunyoning hech biri boshqa mintakaida aholi bunchalik katta  yassitog’liklarni o’zlashtirmagan va toqqa bunchalik baland chiqib bormagan.

         Janubiy Amerikada shahar aglomeratsiyasining faol shakllanish jarayoni ro’y bermoqda. Ularning to’rttasi dunyodagi eng katta shahar aglomeratsiyalari sirasiga kiradi. Bular orasida birinchi o’rinda Katta Mexiko aglomeratsiyasi turadi. Mamlakat ahududining 0,5%ni egallagan bu shahar  aglomeratsiyasida Meksika aholisining 1/4 qismi to’plangan. Bu ulkan aglomeratsiyaning tezlik bilan o’sishiga asosiy sabab migrantlar oqimidir: bu yerga yiliga 400-500 ming kishi keladi.

         Janubiy Amerikaning janubiy qismidagi eng yirik aglomeratsiya-Katta Buenos-Ayres aglomeratsiyasidir. Unda mamlakat aholisining 1/3 qismi to’plangan. Ayrim olimlarning fikrriga ko’ra Meksika, Braziliya va Argentinada dastlabki megapolistlar shakllana boshladi.

 


Download 233,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish