Qishloq xo’jaligi. AQSH qishloq xo’jaligi yuqori darajada intensivlashgan. Bu tarmoqda 22,8 mln. kishi (18 % ipshovchilar) band. Yirik fermerlar ko’paymoqda. 500 mingdan doll. daromad oluvchi 2 % fermer xo’jaliklar 13 % ipshanadigan yerga egalik qilganlari holda, 40 % mahsulot ishlab chiqarmoqda.
AQSH jahon bozoriga 50 % makkajo’xori, 20 % mol va qo’y go’shti, 1/3 bug’doy yoki jami qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 15 % ini chiqaradi. Ko’rinib turibdiki, qipshoq xo’jaligi yirik ko’lami va xilma-xil mahsulotlar ishlab chiqarishi, mehnat unumdorligining yuqoriligi va texnika bilan qurollanganlik darajasi, yuqori tovar xo’jaliklarining ixtisos-lashuvi va kooperatsiyasi bilan boshqa mamlakatlardan ajralib turadi.
Haydaladigan yerlar barcha yerlarning 20 %, o’rmonlar va to’qayzorlar-ning 29 % ini, o’tloq va yaylovlarning esa 26 % ini tashqil etadi. Yer fondining katta qismi (hududining 2/3 qismi) xususiy yer egaligiga, qolgani davlatga qarashlidir. Xususiy yerlarning 62 % i fermer xo’jshshk-larga qarashli bo’lib, 60 % fermerlar yeri to’la xususiy mulk bo’lsa, qolganlari qisman egalik qiladi yoki ijarachidir. Fermerlar yerlarining 1/ 3 qismigina to’la shaxsiy yer egalariga qarapshidir.
Qishloq xo’jaligi tarkibida chorvachilik (qishloq xo’jaligi mahsuloti qiymatining 52 %) ustun rivojlangan. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarning 52 % i yaylovlardan iborat (239 mln. ga) va dunyoda Avstraliya va Xitoydan so’ng 3-o’rinda turadi.
Ziroatchilikda yirik don xo’jaliklari katta o’rin tutadi (yalpi hosil bo’yicha Xitoydan so’ng 2-o’rinda turadi). Ayova, Illinoys shtatlarida makkajo’xori, Buyuk tekisliklarning g’arbiy rayonlarida bug’doy yetish-tirish yetakchi o’rin tutadi. Ekish va hosilni yig’ishda ixtisoslashgan max-sus qipshoq xo’jaligi firmalari ishtiroki tobora oshib bormoqda.
Transporti. AQSHda barcha transport turlari rivojlangan (Alyaska-dan tashqari). Dunyo transport tarkibida transporti umum transport ko’rsatkichlari bo’yicha yetakchi o’rinni egallaydi. Dunyo aloqa yo’lla-rining 1/3 qismi, yuk va yo’lovchi aylanmasining 30 % i hamda transport tizimiga iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar yuk tortuvchi, 30 % yuk ko’taruvchi (30 %) transport vositalari to’g’ri keladi. Ayni vaqtda
AQSH avtomobil transporti zamonaviy transport vositalari va yo’llariga, yuqori darajada xizmat ko’rsatuvchi servis tizimiga ega. Avtomobil parki 200 mln. avtomashinadan iborat bo’lib, buning 3/4 qismi yengil va 1/4 qismi yuk avtomobillaridir.
AQSH xalqaro yuk aylanmasining 75 % i dengiz transportiga to’g’ri . Mamlakatda100 ga yaqin dengiz portlari(portlarningko’pchiligi emas va yirik ixtisoslashgan tankerlar uchun noqulay bo’lsada, dunyodagi yirik konteyner tashish flotiga va markazlariga ega) bo’lib, shundan 18 tasining yuk aylanmasi 20 mln. t dan ortadi. Bu portlarda barcha yuklarning 80 % i tushiriladi. Dengizda yuk tashishbo’yicha dunyoda Yaponiyadan so’ng 2-o’rinda turadi[6].
Havo transporti ichki va xalqaro yo’lovchi tashishda katta o’rin tutadi.
Dunyodagi eng yirik fuqaro aviatsiyasi parkiga ega. Havo liniyalari Shimoli-Sharq, Florida, O’rta G’arb - Tinch okeani qirg’oq bo’ylari yo’nalishlarida to’plangan. Yirik aeroportlar: Nyu-York, Chikago (Oxayr), Ips-Anjelos, Atlanta, Dallas, Mayami va boshqalar.
Ichki tafovutlar va iqtisodiy rayonlari. Hududlarning tarixiy o’zlashtirilishi, xo’jalikning shakllanishi va rivojlanish jarayonlari, ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari milliy iqtisodiyotning mintaqaviy tarkibi va makroiqtisodiy tafovutlari jihatidan to’rtta makroiqtisodiy rayon: Shimoli-Shark, O’rta-G’arb, Janub va G’arbga bo’linadi[7].
Shimoliy-Sharq rayonida mamlakataing industrial yadrosi, yirik xududiy shlab chiqarish majmualari, qora metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika va elektronika, kompyuter texnikasi va ofis jixozlari, kimyo, atom va harbiy sanoat, xilma-xil yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Savdo,moliya-bank, sug’urta,reklama va boshqa xilma-xil xizmatlar tizimi uzluksiz rivojlanib bormozda.
• O’rta G’arb makroiqtisodiy rayoni. AQSHning industrial-agrar (yirik agrosanoat majmuasi rivojlangan) mintaqasi bo’lib, hududining 20 % ini egallagan holda 50 % ini qishloq xo’jaligi mahsulotlari-ni yetkazib beradi. Qulay agroiqlimiy xususiyatlar bug’doy, makkajo’xo-ri, sut-go’sht yetishtirishga ixtisoslashgan mintaqalarning, yirik tovar xo’jaliklari - fermerlarning shakllanishiga olib kelgan. Rayonda Buyuk Ko’llar va unumdor Preriyani uzviy bog’lab turuvchi boshka qishoq xo’jaligi bozori, sanoat, moliya-bank, savdo-sotiq, ilmiy va madaniyat, trans-port markazi, o’ndan ortik aglomeratsiyalar qurshovidagi CHikago msgalo-polisi (10 mln. dan ortiq aholi) Amerika iqtisodiy rivojlanishining timsoli sifatida shakllangan. Detroyt (2,0 mln. dan ortiq axoli) shaxri yirik avtomobilsozlik (Ford birinchi avtomobil zavodini 1903 yili qurgan), kimyo, yengil va oziq-ovqat, keyingi yillarda elektrotexnika va elektronika, boshqa zamonaviy va o’ta zamonaviy sanoat korxonalari rivojlangan savdo, moliya, sug’urta, ilmiy va madaniy markazdir.
•Janub makroiqtisodiy rayoniga hududining 29 % va aholisining 31 % i to’g’ri keladi. Yirik neft, tabiiy gaz, ko’mir, fosforit, oltingugurt va boshqa zaxiralarga boy. Qishloq xo’jaligi, ayniqsa, plan-tatsiya xo’jaligi, paxta, tamaki, shakarqamish, sholi, yong’oq, tsitrus mevalar, tropik va subtrsshik sabzavotchilik, bog’dorchilik rivojlangan.
• G’arb makroiqtisodiy rayoni iqtisodiy o’zlashtirilishi jihatda Shimoliy-Sharq, O’rta-G’arb va Janubga nisbatan yosh. ning 40 % hududi va 18 % aholisi to’g’ri keladi. Tog’li va Tinch okean bo’yi shtatlari kiradi. Makroiqtisodiy rayonga 20%tog’-kon sanoati, 12,8% sof ishlov beruvchi sanoat mahsulotlari qiymati, 20%hosil kilinayotganelektr energiya va 20 % qipshoq xo’jaligi mahsulotlari to’g’ri keladi. Foydali kazilmalarga juda boy. Tashqi iqtisodiy aloqalari. AQSH xalqaro savdoda ko’zga ko’rinarli o’rin tutadi. AQSH tashqi savdo aylanmasi barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo aylanmasidan ko’pdir. AQSH dunyodagi eng yirik eksport (13 % dunyo eksporti) va import (18 % dunyo importi) mamlakat.
Do'stlaringiz bilan baham: |