Nazorat uchun savollar:
1. Ruda konlari necha turga bo‘linadi?
2. Moddiy tarkibiga ko‘ra rudalar qanday turlarga bo‘linadi?
3. Fizik xususiyatlariga ko‘ra rudalar qanday turlarga bo‘linadi?
4. Boyitishning xalq xo‘jaligidagi ro‘li nimadan iborat?
5. Foydali qazilmalarni boyitish deganda nima tushuniladi?
MA’RUZA №2.
Mavzu: Boyitish jarayonlarining klassifikatsiyasi
Reja: Boyitish jarayonlari xakida ma’lumot
Boyitish usullari xakida ma’lumot va ularni sanoatga tatbik etish.
Yоrdamchi jarayonlar xakida tushuncha va ularni axamiyati
Tayanch iboralar: tayyorlash jarayonlari, maydalash, yanchish, tasniflash, g‘alvirlash, boyitish jarayonlari, gravitatsiya, flotatsiya, magnitli boyitish, yordamchi jarayonlar.
Foydali kazilmalar albatta kazilib olinib boyitish fabrikalari yoki gidrometallurgiya zavodlariga boyitish, ya’ni tarkibidagi bizga kerak buladigan maxsulotni kimmatbaxo komponentni ajratib olish uchun tranportirovka kilinadi. Demak, foydali kazilmalar boyitish jarayonlari ketma-ketlikda kuyidagi 3 ta asosiy katta kismga bulinadi:
Tayyorlash jarayonlari
Asosiy jarayonlar
Yоrdamchi jarayonlar
Bu uchta birlikdagi jarayonlarni boyitishning texnologiyasi deb ayta olishimiz mumkin.
Tayyorlash jarayonlarini urganishdan maksad minerall zarrachalarining yuza kismini koplab turuvchi bush tog jinslaridan ochib berish va dastlabki xom ashyoni boyitishga tayyorlashni tushunamiz. Bu jarayonlar xar-xil prnitsipda ishlaydigan g‘alvirlarda, maydalagichlar va tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Boyitishning asosiy jarayonlarda esa boyitishga tayyor bo‘lgan xom – ashyo zarrachalarni xar xil usullar yordamida ularning tarkibi, fizik – kimyoviy xossalariga karab boyitib ajratib olish tushuniladi.
Yоrdamchi jarayonlardan asosiy maksad asosiy boyitish jarayonlarining samaradorligini oshiradigan va kayta ishlash natijasida maxsulotning samaradorligini oshiruvchi jarayonlar tushuniladi. Bunda changsizlantirish, sexlarni shamollatish (vntilyasiya), loykasizlantirish, suvsizlantirish, kuyiltirish filtrlash kuritish boskichlari tushuniladi.
Tayyorlov jarayonlar xam uz navbatida kuyidagilarga bulinadi:
Maydalash.
Elash.
YAnchish
Klassifikatsiya, sinflarga ajratish – tasniflash.
Asosiy (boyitish) jarayonlari xam uz navbatida kuyidagilarga bulinadi va boyitish usullarini tashkil etadi.
Gravitatsiya usulida boyitish.
Flotatsiya usulida boyitish.
Magnit usulida boyitish.
Elektr usulida boyitish.
Maxsus kimyoviy usulda boyitish va x.k.
Foydali kazilmalarni turlari, ularni fizik kimyoviy tarkibi va xarakteristikasiga karab yukorida keltirib utilgan ma’lum bir texnologiyadagi boyitish usuli tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |