O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
KimYO-metallurgiYA FAkuLTETI
«metallurgiya» KAFEDRASI
“NOYOB VA RADIOAKTIV METALL RUDALARINI BOYITISH
VA QAYTA ISHLASH”
fanidan
MA’RUZALAR TO‘PLAMI
NAVOIY 2020 y
MA’RUZA №1
Mavzu: Kirish. Boyitish haqida tushuncha.
Reja:
Foydali kazilmalar xakida tushuncha.
Foydali kazilmalar va ularning elementlari xakida izox.
Foydali kazilmalarni boyitish yullari
Tayanch iboralar: ruda, boyitma, chiqindi, kimmatbaho komponent, zararli qo‘shimcha, yo‘ldosh komponent, monometal rudalar, polimetal rudalar, klark
Foydali kazilmalar asosan 3 turga bo‘linadi va ular kuyidagicha buladi: rudali, rudasiz foydali kazilmalar va yokilgilarga.
Ruda deb shunday foydali kazilmalarga aytiladiki, xozirgi zamon texnika va boyitishning texnologiya jarayonlarida ulardan olinadigan kimmatbaxo komponentlar miqdori iktisodiy tomondan foyda keltirish uchun etarli darajada bo‘lishi kerak. Mineral resurslar ishlab chiqarish va qo‘llanilish oblastiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:
a) energetik yoqilg‘ilar (neft, tabiiy gaz, ko‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, uran rudalari);
b) qora va rangli metallurgiya uchunxomashyo bazasi bo‘lgan rudali foydali qazilmalar (temir, marganets, xromli rudalar, boksitlar, polimetall rudalar, mis–nikel, volfram–molibden, qalay, nodir metallar va b.);
v) tog‘-kimyo xomashyolari (fosforitlar, Osh tuzlari, kaliy va magniy tuzlari, oltingugurt va uning birikmalari, bor rudalari, brom va yodtarkibli eritmalar);
g) tabiiy qurilish materiallari va noruda foydali qazilmalar, shuningdek texnik va qimmatbaxo toshlar (kvarsli qumlar, gil, oxaktosh marmar, granit, yashma, agat, tog‘ xrustali, granat, korund, almaz va boshqalar);
d) gidrominerallar (minerallashgan er osti suvlari);
Foydali qazilma konidagi foydali elementlarning er kurrasidagi miqdori buyicha olim A.E Fersman «klark» degan tushuncha olib kirdi. Klark – elementlarning er kurrasidagi o‘rtacha miqdori, birligi foizda (masalan, kislorod klarki 46,60; kremniy 27,72). Qazilma konlardagi elementlar konsentratsiyasini baxolash uchun V.I. Vernadskiy «Klark konsentratsiyasi» degan terminni olib kirdi bu aloxida konlarda geoximik konsentratsiyani tenglashtirish bo‘yicha konsentratlashtirish bo‘yicha ko‘rsatkich darajasi. Bu tushunchaga bog‘liq xolda rudani qanchalik darajada rentabel ajralishini aniqlash mumkin. Konsentratsiyani baxolash uchun quyidagi tablitsada bir necha metallar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |