Oltinni sianirlash
Bu usul oltinni sianidli eritmalardan ajratib olishdan iborat.
Erish jarayoni ishqoriy muxitda oxak qo‘shib (rN 11-12) olib boriladi. Sianirlash oltin ajratib olishda keng qo‘llanilib, bunda natriysianid, kalsiysianid va ba’zida kalsiy sianid ishlatiladi. Sianirlash natijalari oltin rudasini tarkibi va xarakteriga bog‘liq. Sirti toza bo‘lgan oltin minerallari sianid tuzlarida yaxshi eriydi. Rudani mineral tarkibi asosiy faktorlardan biri bo‘lib, sianirlanish effekti uning tarkibidagi mis, temir, surma va mishyak minerallari, grafit va ko‘mirli slanetslarni ishtirokiga bog‘liq. Sianirlanish jarayoni uzoq davom etadigan jarayon xisoblanib (24-30 soat) undagi oltinni xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |