Urug’chilik jamoasi. Keyingi paleozoy (40 - 14mln yillar ilgari) tabiiy sharoitlari, odamlarning mehnat qurollari, turar- joylarga o’rnashishlari kuzatilgan.
Keyingi paleolitda qurollar shakl jihatdan xilma- xil, ishlatish bo’yicha ancha takomillashgan va xizmat vazifasi jihatdan xilma- xil bo’lgan. Masalan, tarash-lagichlar, pichoqlar, teshgichlar, tig’lar, nayza uchlari, sanchiqi nayzalar, nayza irqit-lar, garpun kabilar.
Toshga ishlov berish texnikasi takomillashib borgan. Qurol ishlatishning yangi usuli qurolni simmetriyalash (mutanosib qilish) uni ish bajaradigan chetini o’tkirlashtirish uchun toshga ikkilamchi ishlov berishda qo’llaniladigan siqma (otjim) keng yoyiladi. Siqish texnikasi toshni ingichka suyak tayoqcha bilan sekin bosib undan yupqa tangachalar (parchalar) ajratib olishdan iboratdir.
Keyingi paleolitda qurollar yasash uchun hayvon suyaklari va shoxlardan keng foydalana boshlaganlar. Keyingi paleolitda ovchilik terib- termachalab ovqat topish tirikchilik manbalari bo’lib qola bergan. Baliq ovlash yuzaga kelgan. Keyingi paleolitda aholi zichligi kamroq bo’lgan, shuningdek, ovchilar mamontlarni G’arbiy Yevropadagi kabi ma’lum darajada qirib yubora olishmagan. Ovchilik muvaffaqiyatli bo’lgan.
Odamlar g’orlardan turar- joy sifatida foydalanishgan va tabiiy sharoitga qarab o’zlari turar- joylar, bostirmalar, chayla, kapalar, ishlatiladigan yerto’lalar (o’rtasida o’chogi bo’lgan) odamlar hayvonlarni qirib biturgunicha bir joyda yashab keyin esa turar- joylarini yangi yerlarga olib borganlar. Mehnat unumdorligining orta borishi va turmush jarayonlarini ancha yaxshilanishi tufayli aholining zichligi orta borgan va shu bilan hayvonlarni ko’plab haydab kelib ovlash kuchaygan. Keyingi neolit davrida hozirgi jismoniy tipdagi odamlar shakllanadilar. Endazimiya cheklansh ekzogamiya nikoh bir guruh odamlar jamoasining erkaklari bilan boshqa odamlar jamoasining ayollari nikohlagan. Irqiy farqlar ming yillar davomida tashqi qiyofasiga muhitning ta’siri ostida shakllana borgan. Geografik muhitga moslanuvchanlik odamning biologik xususiyatlari (miyasining tuzilishi, oyoq qo’l tanalari) qabilalarga daxl qilmagan. Odamlarning tashqi jismoniy xususiyatlari nasldan- naslga meros bo’lib qolish va alohidalashgan irq genining ikkinchi omili sifatida mustahkamlana borgan. Frantsu va Bernvo 1675 -yilda irq tushunchalarini odamga nisbatan birinchi marta qo’lladi. 1735- yilda Klinni odamning tashqi jismoniy farqlari asosida inson irqlarini klassifikatsiya qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |