Irqlarning aralashuvi
Irqlarning yangi tiplarining shakllanishida metisariya, ya’ni har xil irqlar orasidagi nikoh ularning aralashuvida nihoyatda katta rol o’ynaydi. Yevropa ekspansiyasiga qadar irqlar orasidagi nikoh Sudan, oldingi Hindiston, Hindi - xitoy, Indoneziya, Mikroneziya, O’rta Osiyo, G’arbiy Sibir Oltoy - Sayan tog’lik o’lkalarida kuchli bo’lgan.
Yevropa ekspansiyadan keyingi irqlar orasidagi nikoh AQSH va Markaziy, Janubiy Amerikada kuchli bo’lgan. Turli irqlarning nikohidan rivojlangan metislarda belgilarning oraliq holda irsiylanishi ro’y beradi. Masalan, G’arbiy Sibir xalqlari buryat, yakutlarga qaraganda mongoloid tipining belgilarini kamroq ifoda qiladilar. Ular mangoloid va yevropid irqlari nikohidan paydo bo’ganlar. Agar u yoki bu hududdagi qazilma holdagi odamlar ikki katta irqga tegishli bo’lsa, bundan hozirgi mavjud odamlar tipi ularning o’zaro nikohlanishidan hosil bo’lgan, degan xulosaga kelish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |