Talabalar bilimini sinash uchun
Savol va topshiriqlar
Qadimda odam paydo bo‘lishi haqida qanday qarashlar mavjud edi?
Qadimgi yunon faylasuflarining odam paydo bo‘lishi haqidagi qarashlarini tushuntiring.
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining odam paydo bo‘lishi haqidagi qarashlarini tushuntiring.
K.Linney va J.B. Lamarkning odam paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi qarashlari haqida ma’lumot bering.
Odamning sistematikada tutgan o‘rnini tushuntiring.
19-Mavzu: Qazilma holda topilgan maymunlar suyaklari va ularning tavsifi
Tayanch tushunchalar va bilimlar: mezozoy erasi, lemurlar, keng tovonlilar, kaynazoy erasi, paleogen epoxasi, driopitek, shimpanze, gorilla, propilopitek, avstrolopitek, tik yurishga bog‘liq xoldagi o‘zgarishlar, avstrolopitek tarmoqlari.
Yo‘ldoshli sutemizuvchi hayvonlar mezozoy erasining oxirlarida paydo bo‘lgan bo‘lib, tuban hasharotxo‘rlardan primatlar turkumining vakillari kelib chiqqan. Uchlamchi davr pliotsen, miotsen, oligotsen, euotsen, poleotsen, to‘rtlamchi davr pleystotsen va hozirgi davrdan iborat.
Poleogen epoxasida lemurlar, keng tovonlilar o‘rmonlarda yashaganlar. 30 mln yil muqaddam unchalik katta bo`lmagan o`simliklar, hasharotlar bilan oziqlanuvchi hayvonlar kelib chiqqan. Ularning jag‘lari va tishlari xuddi odamsimon maymunlarga o‘xshash bo‘lgan, ulardan parapiteklar so‘ng propliopiteklar, gibbonlar va orangutanlar, daraxtda yashab so‘ng o‘lib ketgan driopiteklar kelib chiqqan. Driopiteklardan shimpanze, gorilla va odam ajdodlari tarmoqlangan. Qo‘l orqali daraxtdan - daraxtga harakat qilish dumining yo‘qolishiga olib kelgan. Qo‘llar yordamida harakat qilish, gavdani to‘g‘ri ushlashga, ichki organlar joylashishining o‘zgarishiga olib kelgan.
Yirik odamsimon maymunlarning gavdasi katta og‘ir bo‘lishi qo‘l orqali harakat qilishini qiyinlashtiradi. Shuning uchun ular keyingi oyoqlari yordamida harakatlanishga o‘tadilar va gavdani bir muncha tik ushlay boshlaydilar. Bu ularning yerda ikki oyoqlab yurishi uchun layoqatli bo‘lishida muhim rol o‘ynagan.
Driopitek maymunlar 14 mln. yil oldin yashaganlar. Ularning tishlaridagi emalning tuzilishi odam tishlarining emal tuzilishiga o‘xshash bo‘lgan. Tishlari orangutan tishlariga yaqin bo‘lgan. Ularning bosh miyyasi 600 - 800 sm3 bo‘lib, bo‘yi 150 sm, massasi 50kg atrofida bo‘lgan.
Driopiteklardan keyin avstralopiteklar kelib chiqqan. Bular Avstraliya maymunlari ma’nosi - lotinchada ausralis – janubiy, pitheus – maymun demakdir. Bu atamani 1924 - yil bu maymunni topgan R. Dart fanga joriy etgan. Dart uni birinchi marta Janubiy Arab Respublikasidan topgan bo‘lib, keyinchalik avstralopiteklar Janubiy va Markaziy Afrikadan ham ko‘plab topilgan. Avstralopiteklarni 9 - 5 mln. yil mu-qaddam yashagan deb hisoblashadi.
Bu maymunlar yashagan epoxada Afrikaning tropik o‘rmonlari shimol tomonga surilib, ular o‘rtasini cho‘l va savannalar egallaydi. Avstralopiteklar natijada ochiq yerda yashashga majbur bo‘lganlar. Ochiq yerlarda darranda tishli yo‘lbarslar haddan tashqari ko‘p bo‘lgan. Avstralopiteklar bo‘yi unchalik baland emas, jussasi ham katta bo‘lmagan. Shuning uchun yaqinlashgan dushmanlarni ko‘rish ular uchun nihoyatda kerak edi. Buning uchun gavdani tik ushlash zarur edi. Bundan tashqari tik turish ov qilish uchun ham zarur edi. Tik turib xavf - xatarni ko‘rish boshqa dashtning cho‘l hayvonlari: yumronqoziqlar, sug‘ur (surka)lar uchun ham xosdir. Tik turish orqali avstralopiteklar yirtqich hayvonlarga tosh otib yoki kaltak bilan haydash va ozuqa tashishi mumkin edi. Avstralopiteklar yashagan g‘orlarda tuyoqli hayvonlar (antilopalar) suyak qoldiqlarining topilishi ularning ov bilan shug‘ullanganligini ko‘rsatadi. Go‘sht bilan ovqatlanush primatlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, u organizm uchun zarur aminokislotalarni, lizinni o‘zlashtirish imkonini tug‘dirdi. Bu aminokislota faqat go‘shtda bo‘lib, boshqa mahsulotlarda uchramaydi. Avstralopiteklarda yungning asta-sekin reduksiyaga uchrashi ro‘y bergan. Chunki issiq hududda yung tanani isitib yuborishga olib kelgan. Avstralopiteklar bosh miyyasi 600 sm3 atrofida bo‘lib, ular yaxshi chopa olmaganlar. Avstralopiteklar 5 mln yil shu holatda yashaganlar.
Ularning og‘irligi 50kg bo‘lib, gala bo‘lib yashaganlar. Dart ma’lumotiga ko‘ra Avstralopiteklar yirtqich bo‘lib, pavian va boshqa maymunlarni tutib iste’mol qilgan, degan fikrni ilgari surgan.
Yalang‘och holda tanadagi ter orqali Na+ ioni ko‘p ajralib ketgan. Bu yirtqichlikka va vegetarian ovqatlanuvchilarni osh tuzini izlashga majbur etgan. Avstralopiteklar tik yurishi bilan bog‘liq holda bolani oson tug‘ishga qarama - qarshilik yuzaga keladi. Ularning tos suyagi odamlarnikiga o‘xshagan bo‘ladi va ikki oyoqlab yurishga yordam beradi. Urg‘ochi maymunlar kichik boshli bolalar tug‘ishda davom etgan. Bu davrda yirik boshli bolalar tug‘ish bo‘yicha Avstrlopiteklar o‘rtasida tabiiy tanlanish ketadi. Chunki bosh miyasi nisbatan kattaroq tug‘ilgan bolalar keyinchalik ov qurollaridan foydalanishda va jamoa bo‘lib ov qilishda, yirtqich hayvonlardan himoyalanishga ko‘proq layoqatli bo‘la boshlagan. Yirik boshli bolalarni tug‘ish ayollarga qiyinchilik tug‘diradi. Chunki tug‘ilgan bolasining miyyasi 360 - 370gr va 8 - 9 oyda esa ikki hissa ortadi va gorilla maymuni miyyasidan ham og‘ir bo‘ladi.
Hozirgi davrda Habashistondan topilgan avstralopiteklarning suyak qoldiqlari yaxshi o`rganilgan. Ularning bo`yi 110 -120 sm bo`lib, ikki oyoqlab yurgan, tishlari odam tishlariga o`xshash bo`lgan. Ular 3,5 - 4 mln. yil oldin yashagan.
Keyinchalik avstralopiteklar ikki tarmoqqa ajralgan. Afrika avstralopiteklari va bahaybat gavdali avstralopiteklar.
1) Afrika avstralopiteklari va ular unchalik yirik bo‘lmagan, ular har xil ovqatlar bilan ovqatlanganlar. Ular Afrikaning hamma qismida tarqalgan, va bundan 1 mln. yil oldin o‘lib ketgan. Ularning ba’zilari Janubiy Afrikaning tog‘li o‘rmonlarida va cho‘llarida, dashtlarida hozirgi odamlar paydo bo‘lguncha yashaganlar.
1) Ikkinchi tarmoq bahaybat gavdali avstralopiteklar bo‘lib, ular o‘simliklar bilan oziqlanadi, jag‘ tishlari yirik bo‘lgan va dag‘al o‘simliklarni chaynashga muvofiqlashgan. Ular butun Afrika qit’asi bo‘ylab tarqalgan, 1mln.yil oldin uchragan. Undan avval Afrika avstralopiteklaridan yoki uning dastlabki formalaridan odam avlodi ajralgan.
XX asrning 60-yillarida ko‘p poleontologlar avstralopiteklarni 1 mln.yil ilgari yashagan degan tahminni ilgari surishgan. Shunday yosh pitekantrop va sinantroplarga ham xos bo‘lib, ular eng qadimgi odamlar sanaladi. Binobarin avstralopiteklar eng qadimgi odamlar bilan yashaganligii sababli ularning ajdodi bo‘lishi mumkin emas degan fikr keng tarqalgan edi. Ular evolyutsiyaning boshi berk ko‘chasi degan fikr tarqalgan edi. Keyin Sharqiy Afrikada 30 – 40- yillarda ekspeditsiya tashkil etgan poleontolog Lusis Likining tadqiqoti bu fikrning asossiz ekanligini ko‘rsatdi. 1959 - yil L. Liki Oldovay darasi, ya’ni tog‘ oralig‘ida avstralopiteklarga o‘xshash maymunlarning suyak qoldiqlarini topdi va uni zinjantrop, ya’ni sharqiy Afrikaning arabcha nomi bilan atagan. U 1,75 mln. yoshli yer qatlamlaridan topilgan. 1960 - yil L. Liki undan ham pastki qatlamdan (2 mln.yoshli) maymunlarning suyak qoldiqlarini topib, unga prezinjantrop, ya’ni zinjantropdan oldingi deb nom berdi. U zinjantropga nisbatan ancha taraqqiy etmagan maymun edi. Prezinjantrop suyaklari atrofidan uning tosh qurollari ham topilgan. Shuning uchun unga uquvli odam Xomo habilis deb nom berdi.
Oila — Hominidae
kenja oila Australopithecinae
— Avstralopiteklar
Avlod Australopithecus —Avstralopitek
A. afarensis —
A. robustus —
A. boisei —
Avlod Homo — odam
N. erectus — tik yuruvchi odam
N. sapiens neanderthalensis — aqlli odam neandertal
N. sapiens sapiens — aqlli aqlli odam
Habashistonda Omo daryosining vodiysida L. Kiki va uning o‘g‘li Richard Liki 1967 – 1971- yillarda 4 mln. yil qadimgi, 1976 - yil Keniyada Amerika ekspeditsiyachilar tomonidan avstralopitekning pastki jag‘ini 5,5 mln.yer qatlamidan topishdi. 1973-1976- yillar Habashistonda 3,1 mln. yil oldin yashagan qadimgi yer qatlamidan avstralopitek oilasining to‘liq skeleti topildi.
Bu va shunga o‘xshash avstralopiteklarning qadimgi vakillari uchlamchi davrining oxirida, ya’ni bundan 5 mln. yil ilgari yashaganligidan guvohlik beradi. Ular uquvli odam ajdodi bo‘lishi mumkin.
Dastlabki tosh qurollar uquvli odamga tegishli bo‘lib, u bundan taxminan 3 mln. yil muqaddam yashagan prezinjantropga tegishli. U tabiatdagi tayyor tosh, shoxlardan qurol sifatida foydalanishni bilganlar. Zinjantrop Homo habilisning o‘ljasi sanalgan. Uquvli odam avstralopiteklardan kam farqlangan. Miyya hajmi 650-680 sm3 ,ya’ni Avstralopiteklar miyyasidan 150 sm3 ortiqcha. Uning bo‘yi biroz balandroq bo‘lgan 135 - 150 sm. Salgina egilib yurgan. Binobarin odamning dastlabki ajdodi ikki oyoqlab yurgan yuksak rivojlangan primatlar bo‘lib, ular sun’iy qurollar yasaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |