Murakkablik. Hamma boshqaruv maktablaridek boshqaruv ilmi ham real olamning tashkilot muammolarini hal etishda foydali bo‘lishga intiladi. Insonning model yordamida reallik bilan o‘zaro munosabatda bo‘lganida qobiliyatlarining oshishi g‘alati ko‘rinishi mumkin. Ammo bu shunday, chunki tashkilotnipg real hayoti nihoyatda murakkabdir va muayyan muammoga taalluqli o‘zgaruvchan miqdorlarning faktik soni har bir kishining qobiliyatidan ancha ortiq bo‘lishidir, va real hayotni modellash — tirish yordamida soddalashtirib uni anglash mumkindir.
Ilmiy tajriba o‘tkazish. Muammolarni hal etish alternativ variantlarini sinab ko‘rishi va tajribada tekshirishi ma’qul bo‘lgan boshqaruv vaziyatlar ko‘p uchraydi. Albatta, rahbarlar yangi mahsulotga avvaldan uning ko‘zlaganday ishlashi va iste’molchilar tomonidan qabul qilinishini tajribada aniqlamasdan turib million dollarlarini tikishi noto‘g‘ri bular edi. Real hayot sharoitida muayyan tajribalar o‘tkazilishi mumkin va shartdir. «Boing» firmasi yangi samolyotni, «Nissan» yangi avtomobilni, «Ay Bi Em» yangi kompyuterni loyihalashtirayotganda ular har doim namunani ishlab chiqib, uni real sharoitda tekshirishadi va undan keyinggina bugun keng ko‘lamli ishlab chiqarishni boshlaydilar. Lekin, bunday ko‘rinishdagi to‘g‘ridan — to‘g‘ri tajriba o‘tkazish qimmat bo‘lib vaqt talab qiladi. Tasavvur qilingki, agarda «Djeneral Elektrik» firmasi aslini olganda firma muhandislari tomonidan faqat potensial takomillashtirishlar deb o‘ylab topgan mingta qismlarni ishlab chiqarib sinab ko‘rganda avtomobil qanday qiymatga ega bo‘lar va undagi yangiliklar qancha kam bo‘lar edi. Va bunday holatda modellar yordam beradi.
Qaror qabul qilish kerak bo‘lgan, lekin real hayotda tajriba o‘gkazish mumkin bo‘lmagan behisob tang vaziyatlar mavjud. Masalan, «Folksvagen» firmasi AQSHda ishlab chiqaruvchi korxona qurishga qapop qilganda, unga etarli ish kuchi, ma’qul bo‘ladigan soliq solish shartlari mavjud va zarur materiallar qilishda va tayyor avtomobillarni yuklab junatishda iqtisodiy jihatdan qulay joyni tanlashga to‘g‘ri keldi. Unga keyin, «Rebbit» modelining ko‘p minglab qismlarini yig‘ish navbatini aniqlash, zavodning o‘zi qay bir qismlarni ishlab chiqarishi, qay birini esa sotib olishi mumkinligini bilib olish, har bir qismning zarur zahira darajasini belgilash to‘g‘ri keldi. Ma’lumki, firma bu muammolarni tajriba sifatida har bir imkoni bor joyda bir necha loyihalar bo‘yicha zavod qurib hal qila olmasdi.
To‘g‘ridan - to‘g‘ri tajriba o‘tkazish mumkin bo‘lmaganday, mavjud bo‘lmagan va hech qachon bo‘lmaydigan hodisani kuzatish mumkin emas. Ammo, ko‘p rahbarlar faqat real va xis qiladigan narsani ko‘rishga, va bu, natijada, ularning qandaydir ko‘rib bo‘ladigan narsaga qayrilishida ifodalanishi shart. Modellashtirish - bugungi vaqtga kelib kelajakni variantlarini ko‘rishning va alternativ qarorlarning potensial oqibatlarini ob’ektiv solishtirishga imkon beradigan aniqlashning yagona tizimlashtirilgan usul. Devid B. Xers ta’kidlashicha:
«Rahbar mavjud eng yaxshi alternativani o‘z resurslarini taqsimlash, o‘zi va boshqalar uchun harakatlar navbatini belgilashga, yangi odamlar va material resurslarni jalb etish uchun tanlab olishi kerak. Buning uchun u qisqa va uzoq muddatli kelajakda qarorlarning oqibatlari paydo bo‘ladigan muhit xususiyatlari va barqarorligi ta’rifiga ishonishi kerak. U bunday bir paytning o‘zida muqarrar va oldindan aytib bo‘lmaydigan muhitning butun noaniqligini tasavvur qilishi kerak».
Bopshqaruv ilmining modellari yuqori darajada bu maqsadlarga moslashgan va kuchli tahliliy vosita sifatida murakkab vaziyatlarda qapop qabul qilish bilan bog‘liq ko‘p muammolarni hal etishga imkon beradi.
Modellar turi. Zamonaviy tashkilotlar tomonidan keng qo‘llanilayotgan modellar va ular yordamida hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalarni ko‘rib chiqishdan oldin modellarning uch xilini qisqacha ta’riflab berish zarur. Gap fizik, analog va matematik modellar haqida ketayapti.
Fizik modeli. Fizik model ob’ekt yoki tizimning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan tavsifi yordamida o‘rganib chiqiladigan narsani ifoda etadi. SHennonning ta’kidlashicha: «Fizik (ba’zan «portretli» deb ataladigan) modelning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ma’lum ma’noda modellashtirilayotgan butunlik kabi ko‘rinadi».
Fizik modellar misollari — zavodning chizmasidan nusxasi, uning faktik kichiklashtirilgan modeli, loyihachining ma’lum bir masshtabda kichiklashtirilgan chizmasi. Bunday fizik model vizual qabul qilishni soddalashtiradi va muayyan bir uskuna uning uchun ajratilgan joyda fizik jihatdan joylasha olishini aniqlashga va bog‘liq muammolarni, masalan, odamlar va materiallar harakatini tezlashtiradigan eshiklar joylashishi, hal etishga yordam beradi. Avtomobil va aviatsion korxonalar har doim aerodinamik qarshilik kabi ma’lum bir xususiyatlarni tekshirish uchun yangi trasport vositalarining kichiklashtirilgan fizik nushalarini tayyorlashadi. Model, aniq nusha bo‘la turib, o‘zini ishlab chiqilayotgan avtomobil yoki samoletga analogik holda tutishi kerak, lekin bunda u ancha kam qiymatga ega bo‘ladi. SHunday tarzda quruvchi kompaniya har doim ishlab chiqarish eki ma’muriy binoni yoki omborxonani qurilishini boshlashdan avval miniatyura modelini quradi.
Boshqaruv kursining mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, iqtisodiy mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va uslubiy asoslarini o‘rganish tashkil etadi. Boshqaruv, boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta’sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi harakatlari va o‘zini tutish hollarini umumlashtiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o‘rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‘rinishida, nazariy tahlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o‘rganadi.
Boshqaruvning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga, kishilar ma’naviy darajalarini o‘stirish va boshqalarga qaratilgandir.
Uning nazariy tomonlarining asosiy vazifalari quyidagilar:
boshqaruvning nazariy asoslarini o‘rganish;
bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning asosiy usullarini o‘rganish va amaliyotga tadbiq qilish;
boshqaruv faoliyati sohasida kasbiy mahorat bilimlarini egallash;
boshqaruv tamoyillarini, funksiyalari haqida tushuncha berish;
boshqaruv jarayonida kommunikatsiyalar va ulardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish;
rahbarlik faoliyati bo‘yicha kasbiy mahorat uslub va madaniyati haqida bilim berish;
O‘zbekiston respublikasi iqtisodiyotida boshqaruv tizimini o‘rganish va taxlil qilish;
xorijiy tajribalarni o‘rganish, ularni taqqoslash asosida o‘qitish, o‘rgatish va b.
Boshqarish nazariyasi fani o‘zining maqsad, vazifa, funksiyalaridan kelib chiqib, boshqa umumiqtisodiy, gumanitar, tabiiy, matematik fanlar bilan uzviy bog‘liqlikda rivojlanadi. Fanni uslubiy asosini iqtisodiy nazariya, menejment, bozor nazariyasi fanlari belgilaydi. Bundan tashqari, sotsiologiya, psixologiya, personalni boshqarish, ekonometrika, tarmoq iqtisodiyoti kabi fanlar bilan aloqadordir. CHunki boshqaruv asosan kishilarni, jamiyatni boshqarish bo‘lganligi uchun, mehnatni tashkil etish, ishchi o‘rinlarini, shart-sharoitlarini yaratish, belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan nazorat qilish, faoliyat natijalarini baholashda samaradorlik ko‘rsatkichlarini qo‘llash, qolaversa, boshqaruvda rahbar psixologiyasi, madaniyati o‘ziga xos uslubiga ega bo‘lishligini taqozo etish va ularni o‘rganish boshqarish nazariyasi fanini yuqoridagi ko‘rsatilgan fanlar bilan bog‘liqlikda, birgalikda rivojlanishiga asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |