Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


  Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ta‟lim jarayonini tashkil etishning



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana27.10.2019
Hajmi1,2 Mb.
#24372
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
maktabgacha talim muassasalarida mashgulotlar jarayonida kompyuter slaydlaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari


1.  Maktabgacha ta‟lim muassasalarida ta‟lim jarayonini tashkil etishning 
nazariy aspektlari 
Algoritmlar  nazariyasiga  asoslanib,  turli  soxalardagi  (fan,  ta‘lim,  texnika, 
kishlok  xujaligi  va  x.k.)  jarayonlarning  algoritmini  yaratish  mumkin  [105]. 
Jumladan,  ta‘limda  ham  ma‘lum  bir  jarayonning  algoritmini  ishlab  chikish  va 
amaliyotga tatbik etish dolzarb muammolardan biridir [59]. 
B.Skinner  ta‘lim  modelini  savollar  zanjirini  quyidagi  kо‗rinishda  bergan  (1.3-
rasm). 
Ushbu ta‘lim modelida Ai (i=l,2,3 ...................... ) 
tо‗g‗ri  javoblar,  Au  -
о‗quvchining  javobi,  Qj  -  tanlangan  savollar,  J;  -  о‗rganiladigan  nazariy  material 
bulagidir. Bundan tashkari, [59] da ta‘lim jarayonini algoritmlashga doyr bir nechta 
modellar taklif etilgan. 
Xozirgi  davrda  о‗quv  jarayonini  algoritmlash  uzluksiz  ta‘limning  yukori 
bosqichlariga tatbik etilmokda. Izlanishlar shuni kо‗rsatdiki, bilim olishning birinchi 
bosqichi  -  maktabgacha  ta‘lim  jarayoniga  moye  kompyuterli  ta‘lim  jarayonining 
algoritmlashgan modellari yaratilmagan. Maktabgacha ta‘lim muassasalariga tegishli 
multimediaga 
asoslangan 
kompyuterli 
ta‘limning  algoritmini  keltiramiz. 
Multimediaga  asoslangan  kompyuterli  ta‘lim  jarayoniga  tegishli  mashgulotning 
tuzilmaviy sxemasi quyidagi kо‗rinishda bulishi mumkin (1.4-rasm). 
 

39 
 
 
1. 
4-rasm. Multimediaviy kompyuterli ta‘lim jarayonining tuzilmaviy sxemasi. 
Multimediali  kompyuterli  mashgulot  jarayonining  ketma-ketligi  quyidagi 
tartibda amalga oshiriladi: multimediali material (vosita) 
kompyuter  xotirasiga  kiritiladi;  material  monitor  ekraniga  chikariladi; 
tarbiyalanuvchilar  tarbiyachi  hamkorligida  monitorga  karab  savol-javoblar  orqali 
materialni  о‗rganadilar;  tarbiyalanuvchilarning  olgan  bilimi  test  savollari  orqali 
baxolanadi va mustaxkamlanadi. 
Ushbu algoritmni simvolik formula shaklida ham ifodalash mumkin, ya‘ni: 
MM=(T
r
TM, MMT,Tv, Ts, R) 
Bunda,  MM-mashgulot  modeli,  T
r
-tarbiyachi,  TM-ta‘lim  materiali,  MMT-
multimedianing  tashkil  etuvchilari,  Tv-tarbiyalanuvchi,  Ts-test  savollari,  R-mazkur 
uzgaruvchilarning о‗zaro optimal boglanish munosabatini ifoda etuvchi uzgaruvchi. 
MM-mashtulot  modeli,  (MM|)-  mashgulot,  (MM
2
)-kompyuterli  ta‘lim  о‗yinlari, 
(MM
3
)-kompyuterli "sayoxat‖ va boshka shakllarda о‗tkaziladi, ya‘ni: 
MM (MM, ,MM
2
,MM
3
 .................................................. ) 
mashgulot turlaridan tashkil topadi. 
Multimedianing  tashkil  etuvchilari  (MMT)  ta‘lim  materialiga  kiritilgan  bulib 
[28], tarbiyalanuvchilarga ijobiy ta‘sir etuvchi omillardan iborat. MMT ga 
F(A)-ta‘lim materialining animatsion samarasi; 
F(V)-tasvir rangining uzgarib turishi; 
F(S)-multimedianing tovush effekta; 
F(D)~ multimedianing video effekti; 
F(YE)- ta‘lim materialining matni; 
F(J)- multimedianing jadval va grafikasi kiradi. 
 

40 
 
E
n
=S YE(F(A), F(V), F(S), F(V), F(YE),  F(J) lar esa, umumiy jozibali samara 
berib, mashgulot samaradorligini oshirishga olib keladi. 
Multimediali  effekt  (samara)ning  (Yep)  sxemasini  quyidagi  kо‗rinishda  berish 
mumkin (1,5-rasm), ya‘ni:  
 
1.5-rasm. Multimediali samaraning sxemasi 
Demak,  kompyuter  xotirasidagi  materialda  multimedia  vositala-  rining  tashkil 
etuvchilari  kanchalik  kup  bulsa,  umumiy  effekt  (samara)  shuncha  yukori  bо‗ladi. 
Bitta  tashkil  etuvchining  uzi  multimediali  samara  berolmaydi.  Umumiy  sxemaning 
yana  bir  tashkil  etuvchisi  -  sinov  savollari  oldindan  tayyorlanib,  kompyuter 
xotirasiga  kiritilgan  bо‗ladi  va  ulardan  foydalanib  mos  baxolash  mezoni  asosida 
tarbiyalanuvchilarning bilimi baxolanadi. 
Multimediali  kompyuterli  ta‘limda  baxo  mezoni  uch  balli  tizimga  asoslanadi 
[27]. Ilmiy tadkikot ishimizda tarbiyalanuvchilarning yakuniy baxosini aniqlashning 
sxemasini quyidagicha tasvirlash mumkin (1.6-rasm). 
Maktabgacha  ta‘lim  uzluksiz  ta‘lim  tizimiga  kirganligi  sababli  [116]  da  taklif 
etilgan modeldan MTMlarining ta‘lim jarayonida xdm foydalanish mumkin. 
 
1,6-rasm. Yillik yakuniy baxoning sxemasi. 

41 
 
 
I bob bо„yicha xulosa 
Multimedia  texnologiyasi  tadkikot  obyekti  sifatida  о‗rganilib,  informatika  va 
axborot  texnologiyasi  nazariyasi  asosida  uning  atamasi,  mazmuni,  multimedia 
texnologiyasining  tashkil  etuvchilari,  uning  shakllanish  bosqichlari  tadkik  etildi  va 
MTMlarining  ta‘lim  jarayoniga  tatbiki  natijasida  sezilarli  samara  berishi  bо‗yicha 
ijobiy xulosaga kelindi. 
Multimedia  texnologiyasining  turli  soxalarda,  jumladan,  ta‘lim  tizimida 
kullanilishi  yoritib  berildi.  Multimediali  ta‘lim  manbalari  -  elektron  darsliklar, 
metodik qо‗llanmalar, ishlanmalar, taqdimotlar, slaydlar, Internet va masofali ta‘lim 
ashyolari va ulardan foydalanish bо‗yicha ma‘lumotlar bayon etildi. 
Multimedia texnologiyasini ta‘lim soxdsiga tatbik etish uchun uning pedagogik 
asoslarini  ishlab  chikish  zarurligini  e‘tiborga  olinib,  dissertatsiya  ishida  multimedia 
texnologiyasining  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  varianta  ishlab  chikildi,  uning 
texnologik jarayoni yoritib berildi, komponentlari asoslandi. 
Multimedia  texnologiyasidan  MTMlarining  ta‘lim  jarayonida  foydalanish 
uchun,  uning  pedagogik-psixologik  jixdtlari,  tamoyillari  va  о‗ziga  xos 
xususiyatlarini  ishlab  chikish  zarurligi  asoslab  berildi,  jumladan,  MTMlarida  ta‘lim 
jarayoni  bilish  nazariyasi  asosida  talkin  etildi,  shuningdek,  MTMlarda  multimediali 
ta‘lim  jarayonini  tashkil  etish  algoritmi  berildi.  Kompyuterli  ta‘limiy  va  an‘anaviy 
о‗yinlarning  nazariy  masalalari  hamda  kompyuterli  о‗yinlar  tо‗g‗risida 
respondentlarning fikrlari keltirildi. 
 
 

42 
 
II bob. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashg„ulotlar jarayonida  
kompyuter slaydlaridan foydalanishning metodik asoslari 
1. Maktabgacha ta‟lim muassasalarida mashgulot shakllari, mashgulot 
mazmuni, metodlari,  va metodikasi 
 Maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  multimedia  texnologiyasiga  asoslangan 
kompyuterli ta‘limning asosiy maqsadlaridan birinchisi bolalarni maktab ta‘limiga 
tayyorlashdan  iborat.  Shuning  uchun  mashg‗ulot  shakli,  mazmuni,  о‗tkazish 
metodikasi va baho mezonini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Ikkinchidan, 
ba‘zi  MTMlar  kompyuterlar  bilan  ta‘minlangan  bо‗lsa-da,  ulardan    ta‘lim 
jarayonida  foydalanish  metodikasi  ishlab  chiqilmaganligi  sababli  qimmatbaho 
―о‗yinchoq‖  sifatida  turibdi.  Shuning  uchun,  MTMlari  sharoitida  kompyuterdan 
ta‘lim-tarbiya  jarayonida  foydalanish  metodikasini  ishlab  chiqish  dolzarb 
masalalardan  hisoblanadi.  Yuqorida  ta‘kidlanganidek,  mashg‗ulot  mobaynida 
multimedia  texnologiyasidan  foydalanilganda  u  yoki  bu  materialni  о‗rganishda 
vaqtni tejash hisobiga ta‘lim mazmuni chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. 
 Maktabgacha  ta‘lim  muassasalarida  an‘anaviy  usulda  ta‘lim-tarbiya 
berishning  shakli,  mazmuni,  metodi  va  metodikasi  kо‗pgina  adabiyotlarda  va 
jurnal  sahifalarida  bayon  etilgan.  Jumladan,  ushbu  masala  P.Yusupovaning 
―Maktabgacha  tarbiya  pedagogikasi‖  [21]  va  boshqa  manbalarda  keng  yoritib 
berilgan. P.Yusupova ta‘lim shakli tо‗g‗risida quyidagilarni yozadi: ―Ta‘lim shakli 
deganda,  ta‘lim  beruvchi  pedagog  va  bolalarning  maxsus  tashkil  etilgan  faoliyati 
tushuniladi va kun tartibida ma‘lum bir vaqtda о‗tkaziladi‖ [21] . 
V.I.Loginova, P.G.Samorukovalar [62] MTMlarida turli mashg‗ulotlar tashkil 
etish  va  о‗tkazish  bо‗yicha  keng  ma‘lumot  berganlar,  jumladan,  mashg‗ulot 
MTMlarida ta‘lim jarayonining yetakchi shakli ekanligi, uning  
mazmuni  va  tuzilishi,  uni  tashkil  etish,  boshlanishi,  borishi,  yakuni  va  boshqalar 
yoritilgan. 
Bolalarning 
bilimlarini 
test 
usulida 
baholash 
metodikasini 
S.Abdullayeva ishlab chiqqan. 
Adabiyotlarda, MTM ta‘lim metodlari bо‗yicha ham qator fikrlar bildirilgan. 
Metod  –  ta‘lim  beruvchi  va  ta‘lim  oluvchilarning  maqsadli  ta‘lim-tarbiya 

43 
 
vazifalarni  hal  etishga  yо‗naltirilgan  о‗zaro  bog‗liq  faoliyatlarining  izchil  usullar 
tizimidir. 
Y.K.Babanskiy fikricha, bilim, kо‗nikma va malakalarni о‗zlashtirish jarayoni 
bosqichma-bosqich  amalga  oshiriladi.  Har  bosqichda  ta‘lim  mazmuni  va 
samaradorligi  tegishli  metodlar  guruhi  bilan  ta‘minlanadi.  Tafakkurning  yetakchi 
shakllari  rivojlanib,  tarkib  topishi  amaliy  va  nazariy  ta‘lim-tarbiya    berish 
faoliyatida amalga oshiriladi. 
A.K.Matveyeva  ta‘limning  kо‗rgazmali  metodlari  va  usullariga  qaratilgan 
ishida bolalarning kuzatish kо‗nikmasiga ilk yoshda va kichik maktabgacha tarbiya 
yoshidan  boshlab  о‗rgatish  lozimligini  ta‘kidlaydi.  Quyida  dissertant  tomonidan 
ishlab  chiqilgan  va  MTMlari  uchun  mо‗ljallangan  multimediali  kompyuterli 
ta‘limning shakli, mazmuni, metodi, metodikasi va baho mezoni bayon etiladi. 
 MTMlarining maktabga tayyorlov guruhlarida multimedia texno-logiyasidan 
foydalanish, asosan, uch  tomonlama   amalga oshiriladi: 
1)  kompyuter  va  uning  dasturlari  yordamida    didaktik  vositalar  (slayd, 
taqdimot,  elektron  ishlanma,  qо‗llanma  va  h.z.)  tayyorlanadi  hamda  Internet  va 
masofali ta‘lim ashyolaridan foydalaniladi. 
2)  kompyuter  ishtirokida  bevosita  dialog  metodi  asosida  bolalarga  yangi 
material о‗rgatiladi. 
 Shuni  ta‘kidlash  kerakki,  6-7  yoshli  bola  talaba  va  о‗quvchilar  kabi 
kompyuterda mustaqil ishlashga qodir emaslar. Shuning uchun, MTMlarida yangi 
materialni  о‗rganishda  bevosita  dialog  metodidan  foydalanish  maqsadga 
muvofiqdir. Bu holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini о‗ynaydi. 
 3) Bilvosita dialog – virtual axborot (ta‘lim) muhitida kompyuter bilan dialog 
asosida  multimedia  texnologiyasi  amalga  oshiriladi.  Bunda  bolalar  tomonidan 
material  mustaqil  о‗rganiladi,  о‗tilgan  material  mustaqil  takrorlanadi,  mashqlar 
mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter о‗yinlar mustaqil amalga oshiriladi va 
bola  mashqlarni,  kompyuter  qо‗ygan  vazifalarni,  о‗yinlarni  takror-takror  bajarib, 

44 
 
qо‗yilgan  mashg‗ulot  maqsadiga  erisha  oladi.  Bu  holda  multimedia 
texnologiyasidan foydalanilganda kompyuter ta‘lim manbai rolini о‗ynaydi.
12
 
Mashg‗ulot shakli. MTMlarining maktabga tayyorlov guruhlarida multimedia 
texnologiyasidan  foydalanishning  asosiy  va  yetakchi  shakli  mashg‗ulotdir. 
Mashg‗ulotlar  Davlat  talablari  asosida  belgilangan  dasturlar,  yо‗nalishlar, 
taqsimlangan soatlar va shular asosida tarbiyachi (yoki pedagog) tomonidan ishlab 
chiqilgan va tasdiqlangan rejalari asosida olib boriladi (8-ilova).  
MTMlarda 
mashg‗ulotlar 
yangi 
materialni 
о‗rgatishga 
(yoki 
mustahkamlashga)  qaratilgan,  tekshiruvchi-sinovchi,  majmuaviy  ―sayohat‖  yoki 
―ekskursiya‖ va kompyuterli о‗yin shakllariga bо‗linadi. 
MTMlarida  о‗tkaziladigan  mashg‗ulotlar  maktabga  tayyorlov  guruhlarida 
kompyuterdan foydalanib о‗tkazilishni hisobga olib, 30 daqiqaga mо‗ljallanadi va 
asosiy  uchta  bosqichda  о‗tkaziladi.  Birinchi  bosqich  15  daqiqa  davom  etadi.  Bu 
vaqt davomida tarbiyalanuvchilarga asosiy ma‘lumot beriladi.  
 Birinchi  bosqich  tugagach  (15  daqiqadan  sо‗ng)  tarbiyalanuvchilarning 
kompyuterlardan  foydalanishlari  15  daqiqadan  oshmasligini  hisobga  olib,  15-20 
daqiqali  oraliq  (dam  olish  bosqich)i  о‗tkaziladi.  Ushbu  15-20  daqiqali  oraliqda 
о‗rganiladigan  material  bо‗yicha  qiziqarli  о‗yinlar  о‗tkaziladi,  she‘rlar,  ashulalar 
aytiladi,  rasm  chizdiriladi,  A  harfini  yoki 1  raqamini  qog‗ozda  yozish о‗rgatiladi. 
Sо‗ngra  mashg‗ulotning  uchinchi  bosqichi  boshlanadi.  Bu  bosqichning 
davomiyligi  ham  15  daqiqadan  iborat  bо‗ladi.  Bu  bosqichda,  asosan,  birinchi 
bosqichda  о‗rganilgan  materiallar  mustahkam-lanadi,  tarbiyalanuvchilarning 
kompyuter  savodxonligini  oshirish  davom  etadi  va  ularning  bilimi  baholanadi. 
Agar,  birinchi  bosqichda  rejalashtirilgan  materiallarning  tо‗la  о‗rganilishi 
ulgurilmasa, u             3-bosqichda davom ettirilishi mumkin.  
 Mashg‗ulotlarning  kompyuterli  ―Sayohat  ―  va  ―Ekskursiya‖  shakli.  Bu 
shaklda  tarbiyachi  ekologiya  (atrof-muhitni  muhofaza  qilish)ga  oid  materiallarni 
                                                 
12
  Белошистая  А.В.  Математическое  развитие  ребёнка  в  системе  дошкольного  и 
начального образования. Автореф. дисс. ... докт. пед. наук.  -М.: 2004. -43с. 
 

45 
 
о‗rganilayotganda bolalarni о‗simlik dunyosi va uy hayvonlari bilan tanishtirishda, 
bolalarni sayohatga olib chiqishi shart emas. Buning uchun kompyuter xotirasi va 
Internet  ashyolaridagi  mavzuga  tegishli  materiallarni  birin-ketin  kо‗rsatishi  va 
izohlashi  lozim.  Material  kompyuterda  yoki  Internetda  bо‗lmasa,  bolalar  dalaga 
sayohatga olib chiqiladi.  
Mashg‗ulotning  о‗yin  shakli.  Bolalarga  kompyuterli  ta‘limiy  о‗yinlar  orqali 
ham bilim berish mumkin, masalan ―Kim birinchi topadi?‖ о‗yinida ekrandagi turli 
tartibda  joylashtirilgan  rangli  tasvirdagi  sonlardan  qaysi  bir  katta,  qaysi  biri 
kichikligini  aniqlash,  ekrandagi  rangi  о‗xshash  predmetlardan  qaysi  biri  katta, 
qaysi  biri  kichikligini  aniqlash,  shuningdek,  rasmlardan  keraklisini  topish  kabi 
topshiriqlar bajariladi.  
 Yangi 
materialni 
multimediali 
kompyuter 
asosida 
о‗rganishdagi  
mashg‗ulotning algoritmi: 
1. Tarbiyachi(pedagog) bolalarni kompyuter rо‗parasiga joylashtiradi. 
2.  Kompyuter  xotirasiga  joylashtirilgan  materiallarni  monitor  ekraniga 
chiqaradi. 
3. Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. 
4. Tarbiyachi va bolalar о‗rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. 
5. Bolalar tarbiyachi (pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi. 
6. О‗rganilgan material mustahkamlanadi. 
7. Bolalarning mashg‗ulot davomida olgan bilimi baholanadi. 
8. О‗rganilgan material bо‗yicha uyga topshiriq beriladi. 
 Mashg‗ulot 
mazmuni. 
Multimedia 
texnologiyasidan 
foydalanib 
о‗tkaziladigan  mashg‗ulotlar  kompyuter  texnologiyasiga  asoslanadi.  Shuning 
uchun,  multimedia  texnologiyasiga  asoslangan  mashg‗ulotlarni  kompyuter 
mashg‗uloti  deb  ham  atash  mumkin.  Kompyuterli  mashg‗ulotlarning  aksariyati 
birlashgan mashg‗ulotlar shaklida о‗tkaziladi.  
Yuqorida  ta‘kidlanganidek,  mashg‗ulot  mobaynida  tarbiyalanuv-  chilarning 
kompyuter  oldida 15  daqiqadan  ortiq о‗tirishi  mumkin  emasligi  e‘tiborga  olinishi 
kerak.  Kezi  kelganda  shuni  ta‘kidlash  kerakki,  ―Maktabgacha  yoshdagi  bolalar 

46 
 
ta‘lim–tarbiyasiga  qо‗yilgan  Davlat  talablari‖da  ham  bolaning  kompyuterda 
shug‗ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan material 
о‗tib bо‗lingach, 15-20 daqiqali oraliq (dam olish) bosqichi о‗tkaziladi.
13
 
Ushbu  oraliq  (dam  olish)  bosqichida  tarbiyalanuvchilarning  toliqishini 
hisobga  olib,  kompyutersiz  amalga  oshiriladigan  mashg‗ulot  о‗tkaziladi. 
Kompyutersiz  о‗tkaziladigan  ushbu  oraliq  mashg‗ulotlarda,  mavzuga  tegishli 
og‗zaki  savol-javoblar,  topishmoqlar,  turli  mazmundagi о‗yinlar,  amaliy  tadbirlar 
(masalan,  qaychi  bilan  harflar  qirqish,  qog‗ozda  5  gacha  raqamlarni  yozishga 
о‗rgatish)  о‗tkaziladi.  Shuningdek,  she‘r,  ashula  aytiladi  va  jismoniy  mashqlar 
bajariladi. Jumladan, kо‗z toliqishini bartaraf etuvchi kо‗z gimnastikasi – bir necha 
daqiqa  davomida  kо‗zni  ochib  yumish,  xonaning  burchaklariga  navbatma-navbat 
nazar tashlash kiradi. Oraliq bosqichdan sо‗ng yana 15 daqiqali asosiy mashg‗ulot 
davom  ettiriladi.  Shunday  qilib,  MTMlaridagi  kompyuterli  mashg‗ulotlar,  oraliq 
bosqichdagi materiallar bilan birga birlashgan mashg‗ulotlar sirasiga kiradi. 
Ta‟lim  metodlari.  Kompyuterli  ta‘limda  ham  pedagogikaning  namoyish 
etish va amaliy usullaridan foydalangan holda, MTM bolalariga yangi materiallarni 
о‗rgatish jarayonida bevosita dialog metodidan foydalaniladi. 
Yangi  materialni  о‗rgatishga  qaratilgan  kompyuter  ishtirokidagi  bevosita 
dialog  metodi  –  maxsus  dasturlar  asosida  tayyorlanib,  kompyuter  xotirasiga 
kiritilgan materiallar va didaktik vositalar orqali amalga oshirilgan mashg‗ulotlarga 
tatbiq etiladi. 
Yangi  bilim  berishda  bevosita  dialog  metodidan  foydalanishni  maktabga 
tayyorlov  guruhlari  bolalarining  yoshlari  (6-7),  ularning  fikrlash  darajalari  va 
boshqa  xususiyatlarini  e‘tiborga  olishni  taqozo  etadi.  Bevosita  dialog  metodidan 
foydalanilgan holda kompyuter didaktik vositalar manbai rolini о‗ynaydi.  
Kompyuter ishtirokidagi dialogli metodning sxemasi 2.1-rasmda  keltirilgan.            

                                                 
13
  Белошистая  А.В.  Математическое  развитие  ребёнка  в  системе  дошкольного  и 
начального образования. Автореф. дисс. ... докт. пед. наук.  -М.: 2004. -43с. 
 



47 
 
 
           
           
 
 

1- rasm. Kompyuter ishtirokidagi dialog metodining sxemasi 
Sxemada  1  va  2-chiziqlar  tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchi  о‗rtasidagi  dialogni 
bildiradi.  3-tarbiyachining  kompyuterga  kiritgan  multimediali  materialini  va  uni 
boshqarishini,  4-tarbiyalanuvchilar  tomonidan  yangi  va  о‗tilgan  mashq 
(material)larni mustaqil bajarishlari va test savollariga javob berishlarini bildiradi.  
Bolalar 
tomonidan 
material 
mustaqil 
о‗rganilgan  (yoki  mustaqil 
takrorlangan)da,  mashqlar  mustaqil  bajarilganda,  kompyuter  о‗yinlari  amalga 
oshirilganda  kompyuter  ishtirokidagi  bilvosita  dialog  (virtual  axborot  muhitida 
kompyuter bilan dialog) metodidan foydalaniladi [20]. 
Virtual  axborot  muhitida  kompyuter  bilan  (bilvosita)  dialog  metodining 
algortmi: 
1.  Bola dasturda kо‗rsatilgan tugmachalardan topshiriqqa mosini tanlaydi. 
2.  Kompyuter  bola  (tarbiyalanuvchi)ga  –  topshiriq,  savol,  mashqni  bajarish 
yoki о‗yinni bajarishni buyuradi. 
3.  Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi. 
4.  Kompyuter topshiriq bajarilishining tо‗g‗ri yoki notо‗g‗riligini bildiradi. 
5.  Notо‗g‗ri bо‗lsa, takroriy bajartiradi. 
6.  Kompyuter bolaning bilimini baholaydi. 
Kompyuterda  ishlovchi  bola  mashqlarni  va  kompyuter  qо‗ygan  vazifalarni, 
о‗yinlarni  takror-takror  bajarib,  maqsadiga  erisha  oladi,  chunki  kompyuter  - 
―bag‗ri  keng‖  va  ―toqatli,  sabrlidir‖.  Bola  xato  qilgan  taqdirda  ham  xatoni  о‗zi 
tuzatgunga  qadar  hech  kim  unga  tanbeh  bermaydi.  Ammo  bolalar  kompyuterda 
mustaqil  ishlagan  hollarda  ham  ularning  harakatlari  doimo  tarbiyachi    nazoratida 
bо‗ladi. 

48 
 
Relaksatsiya  vaqtini  aniqlash:  Multimediali  kompyuterli  ta‘limni  amalga 
oshirish  jarayonida  relaksatsiya  (bola  kompyuterda  ishlagandan  keyingi  barcha 
toliqishlarni,  jumladan  kо‗z  toliqishini  bartaraf  etish)  vaqtini  aniqlash  va  unga 
rioya qilish asosiy muammolardan biri hisoblanadi.  
Relaksatsiya  vaqti  bolalarning  monitor  ekranidagi  materiallarga  qarash 
davomiyligiga bog‗liqdir. 
Relaksatsiya vaqti:  
1)  monitor ekraniga uzlukli (diskret ravishda vaqti-vaqti bilan) qaraganda   
2)  15 daqiqa davomida uzluksiz qaraganda farqlanadi. 
Mashg‗ulot о‗tkazishda bevosita dialog metodidan foydalanish birinchi holga 
tо‗g‗ri keladi, ya‘ni bu metodda bola monitor ekraniga uzlukli qaraydi. 
15  daqiqali  uzlukli  holatdagi  relaksatsiya  vaqti  sо‗rov  orqali  quyidagicha 
aniqlandi: 
1. 
Bevosita  dialog  asosida  о‗tkazilgan  mashg‗ulotda  15  daqiqa  uzlukli 
monitor  ekraniga  qaragan  va  bolalar  kompyuterdan  uzoqroq  (―Sichqoncha‖  va 
klaviatura kabellarining uzunligi masofasida) joylashgan holda bolalarning 95 foizi 
15-20 daqiqadan sо‗ng toliqishlari yо‗qolganini bildirdilar. 
   
1 jadval 
Mashg„ulot turlari bо„yicha relaksatsiya vaqtining davomiyligi 
№  Mashg„ulot turi 
Bosqichlari 
(daqiqa) 
Relaksatsiy
a vaqti 
Umumiy 
davomiyligi 
Metodlari 
1. 
Yangi bilim 
beruvchi 
1-b. 15 
daqiqa 2-b. 
15 daqiqa 
15-20 daqiqa 
30 daqiqa 
Bevosita 
dialog 
2. 
Ekologik ta‘lim 
1-b. 15 
daqiqa 2-b. 
15 daqiqa 
15-20 daqiqa 
30 daqiqa 
Bevosita 
dialog 
3. 
Mustaqil ish 
1-b. 15 
daqiqa 
5-6 soat 

Bilvosita 
dialog 

49 
 
4. 
Kompyuterli 
о‗yin 
1-b. 15 
daqiqa 
5-6 soat 

Bilvosita 
dialog 
5. 
Test о‗tkazish 
1-b. 15 
daqiqa 
5-6 soat 

Bilvosita 
dialog 
Shuning  uchun,  ushbu  tadqiqot  ishida  bevosita  dialog  metodidan 
foydalanilganda  mashg‗ulotlar orasidagi relaksatsiya bosqichini 15-20 daqiqa qilib 
olindi.  
Bolalar kompyuterda 15 daqiqa davomida uzluksiz mustaqil ishlagan holda 6 
soatdan  sо‗ng    toliqishlari  yо‗qolganini  bildirdilar.  Shuning  uchun,  bu  holda 
relaksatsiya vaqti kamida 5-6 soat bо‗lishi kerak (2.1 jadval). 
Shunday qilib, relaksatsiya vaqti bolalarning monitor ekranidagi materiallarga 
qarash davomiyligiga bog‗liqdir.  
 Metodikasi. Multimediali kompyuter texnologiyacining ta‘lim-tarbiya berish 
metodikasini baën qilishdan oldin uning quyidagi ikki jihatiga e‘tibor berish kerak: 
1)  agar  u  yoki  bu  multimedia  vositasi  tarbiyalanuvchilarga  bayon  etib 
borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bо‗lib qoladi. 
 2)  agar  tarbiyachi  multimedia  vositasini  namoyish  etish  davomida  uni  tahlil 
etib  (tushuntirib,  bayon  etib)  borsa,  ta‘lim  jarayonini  aks  ettirib,  multimedia 
texnologiyasiga aylanadi. 
Shuning  uchun,  MTMlar  sharoitida  kompyuterlardan  ta‘lim-tarbiya 
jarayoniga  foydalanish  metodikasini  ishlab  chiqish  dolzarb  masalalardan  biri 
hisoblanadi.  Tarbiyachi  va  tarbiyalanuvchi  о‗rtasidagi  dialog  texnologik  haritaga 
kiritilgan reja asosida olib boriladi.  
 Agar  MTMdagi  kompyuterlar  soni  5-6  dan  ortiq  bо‗lsa,  mashg‗ulot  frontal 
ravishda,  bitta  bо‗lsa,  undan  navbatma-navbat  foydalanilgan  holda  о‗tkaziladi. 
Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi tomonidan berilgan 
savolga  tо‗g‗ri  javob  bera  olmasa,  ikkinchisidan  sо‗raladi.  Agar  MTMlarda 
proyektor  va  ekran  (yoki  elektron  doska)  bо‗lsa,  tarbiyachi  mashg‗ulotni 
―kompyuter-elektron  doska‖  usulidan  foydalanib  olib  boradi.  Bu  holda  (MTMda 
bitta  kompyuter  bо‗lgan  hol)  kompyuter  xotirasidagi  о‗rganiladigan  material 

50 
 
elektron  doskaga  chiqarilib  tarbiyachi  guruhning  barcha  bolalari  bilan  muloqotda 
bо‗ladi.  Mashg‗ulot  davomida  о‗rganiladigan  materialning  har  bir  bо‗lakchasini 
tarbiyalanuvchilar javoblaridan keyin tarbiyachining о‗zi xulosalab boradi.  
Kompyuterda bajariladigan elementar matematik amallarni tarbiyachi nazorati 
asosida  tarbiyalanuvchilarning  о‗zlari  mustaqil  bajaradilar  va  о‗zlarining  
kompyuter savodxonliklarini rivojlantirib boradilar. 
Kompyuter-an‘anaviy 
mashg‗ulotlarda 
foydalaniladigan 
tarqatma 
materiallarni  о‗rnini  bosa  oladi.  Masalan,  an‘anaviy  usulda  harflar  va  raqamlar 
tarqatma  material  sifatida  karton  qog‗ozdan  tayyorlanib  kelinadi.  Multimedia 
texnologiyasida  esa,  ular  monitor  ekranida  tayyor  holda  kо‗rsatiladi.  Odatdagi 
mashg‗ulot qо‗llanmasi о‗rnini elektron qо‗llanma bosa oladi [126]. 
 15-20  daqiqali  ikkinchi  bosqich  (dam  olish  bosqichi)dan  sо‗ng,  uchinchi 
bosqichda  birinchi  bosqichda  kompyuterdan  foydalanib,  о‗rganilgan  mate-riallar 
savol-javob  asosida  mustahkamlanadi  va  tarbiyalanuvchilarning  bilimlari 
baholanadi.  Mashg‗ulot  oxirida  uyga  vazifa  beriladi.  Tarbiya-lanuvchilarga  uyga 
beriladigan  topshiriqlar  kundalik  turmushda  uchraydigan  masalalardan    bо‗lishi 
maqsadga muvofiq. Masalan, hovlidagi daraxtlarni sanab kelish, qaychi yordamida 
qog‗ozdan  uchburchak,  tо‗rtburchak  shakllarini,  ―A‖  harfini  yasab  kelish  kabi 
topshiriqlar beriladi. 
Multimedia  texnologiyasidan  foydalanib  mashg‗ulot  о‗tkazishda  analogiya 
metodidan  foydalanish  samarali  natija  beradi.  Masalan,  kompyuterning  tashqi 
qurilmasini  о‗rganishda  televizor  bilan  taqqoslab  tushuntirish  mumkin. 
Kompyuterda  yozuv  ishlarini  amalga  oshirish  mexaniq  yozuv  mashinasi  bilan 
taqqoslanadi. 
Sonlarning  katta-kichikligi  о‗rganilayotganda  1000  sо‗mlik  pulning  miqdori 
kattami yoki 500 sо‗mlik pulning miqdori kattami deb sо‗ralsa, 6-7 yoshli bolalar 
ushbu miqdor (son)larning farqini tezgina ayta oladilar. 
Buyumlarning  uzunlik-о‗lchovini  о‗rganishda  ―Ukangning  bо‗yi  balandmi 
yoki  sening  bо‗ying  balandmi?‖,  –  deb  savol  qо‗yilsa,  tarbiyalanuvchilarga 

51 
 
tushunchaning  mohiyati  tezda  ayon  bо‗ladi.  Yoki  ―Bir  qavatli  uy  balandmi,  ikki 
qavatli uy balandmi?‖, - deb savol qо‗yish mumkin.  
Multimedia 
texnologiyasidan 
foydalanilgan 
mashg‗ulot  (kompyuterli 
ta‘lim)da  slayd,  taqdimot  va  boshqa  kо‗rgazmali  vositalar  tayyorlash  va  misollar 
tanlashda, eng avvalo bolalarga tanish bо‗lgan hodisalar, buyumlar, obyektlar, uy-
rо‗zg‗or  anjomlaridan,  shuningdek,  oiladagi  kundalik  jarayon  va  hodisalardan 
foydalanish kerak. 
Masalan, 
10 
soni 
ichida 
ayirish 
amalini 
bajarishda 
tarbiyachi 
tarbiyalanuvchidan  ―Onang  senga  10  ta  konfet  berdi,  shundan  uchtasini  ukangga 
berding.  О‗zingda  nechta  konfet  qoldi?‖,-  deyilsa,  kundalik  turmushida  uchrab 
turadigan masala bо‗lganidan bola ushbu masalani tez hal eta oladi. Shundan keyin 
monitor  ekraniga  chiqarilgan  10  ta  ‖buyum‖dan  3  tasi  ayirilsa,  nechta  ―buyum‖ 
qolishini aytib beradi.  
 Mashg‗ulotning  texnologik  haritasi.  MTMlarning  maktabga  tayyorlov 
guruhlarida  mashg‗ulotlar  garchi  dars  shaklda  о‗tkazilmasa-da,  tarbiyachi  u  yoki 
bu  mavzu  materiali  bо‗yicha  о‗ziga  mashg‗ulotning  texnologik  haritasini  tuzib 
olishi  kerak.  Haritada  mashg‗ulot  mavzusi,  maqsadi  va  vazifalari,  mashg‗ulot  
mazmuni,  mashg‗ulotni    amalga  oshirish  texnologiyasi,  kо‗tiladigan  natijalar, 
kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak (5-ilova).  
Kompyuterli  mashg‗ulotdan  faqat  MTMlarining  maktabga  tayyorlov 
guruhlari(6-7yosh)da  emas,  balki  о‗rta    guruhlarda    ham  foydalanish  mumkin. 
Bunday  guruhlarda  kompyuter  ekraniga  tarbiyachining  izohi  bilan  turli  qiziqarli 
tarbiyaviy  о‗yinlar  yoki  bolalarning  kundalik    hayotiga  doir  kо‗rgazmalarni 
namoyish  etish  ham  qо‗l keladi. Maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta‘lim-tarbiyasiga 
qо‗yiladigan  Davlat  talablarida  maktabga  tayyorlov  guruhi  bolalarini  savod 
chiqarishga  tayyorlash,  elementar  matematik  bilim  berish  va  atrof-olamni 
о‗rganish,  ta‘lim  о‗yinlari  yо‗nalishlari  bо‗yicha  quyidagilar  qayd  etilgan:  nutq 
о‗stirish  bо‗yicha  nutq-tovush  madaniyatini  shakllantirish,  ijodiy  hikoya  qilish, 
nutqning  grammatik  tuzilishini  shakllantirish,  lug‗atini  boyitishni  jadallashtirish, 
matematika bо‗yicha son va sanoq, miqdor (kattalik), shakllar, fazoviy tasavvurlar, 

52 
 
vaqt haqida tasavvur hosil qilish. Ta‘limiy о‗yinlar bо‗yicha rangni top (ranglarni 
tо‗g‗ri  ajratish),  shaklni  top  (doira,  kvadrat,  uchburchak  va  boshqa  shakllar), 
halqalarning shakli va ranglari bо‗yicha о‗yinlar, ekologiyaga oid о‗yinlar va turli 
xil  an‘anaviy  rivojlantiruvchi  о‗yinlar,  tabiat  bilan  tanishtirish  bо‗yicha  gulzorga 
ekskursiya,  paxta  dalasiga  sayohat,  kabutar  singari  qushlarni  kuzatish,  ularning 
xususiyatlari  va  farqi,  havo  va  uning  xossalari  bilan  tanishtirish,  suv  va  uning 
xususiyatlari bilan tanishtirish kiradi.  
Tarbiyalanuvchilarning  bilimini  baholash  mezoni.  Baholash  –  ta‘lim 
jarayonining ma‘lum bosqichida о‗quv maqsadlariga erishilgan darajasini oldindan 
belgilangan mezonlar asosida о‗lchash [11], natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan 
iborat jarayondir.  
MTMlarining  maktabga  tayyorlov  guruhi  bolalarining  bilimlarini  aniqlash, 
beshta:  ya‘ni  о‗quv  maqsadlariga  asoslanganlik,  haqiqiylik,  haqqoniylik, 
ishonchlilik  va  qulaylik  kabi  tamoyillariga  asoslanadi.  MTM  tarbiyachisi 
(pedagogi)  bolalarning  bilimini  baholash  jarayonida  baholash  tamoyillarini 
hisobga olishi shart. 
Dissertant  tomonidan  MTM  bolalarining bilimini  baholash  mezoni  va  undan 
foydalanish  metodikasi  ishlab  chiqilgan  [27].  Quyida  uni  amalga  oshirish  usuli 
keltiriladi. 
 MTMlarida  3  balli  baho  tizimidan  foydalaniladi.  MTMlarida  multimediali 
kompyuterli  ta‘limda  bolalarning  yoshi,  rivojlanish  darajasi  va  psixologiyasini 
hisobga  olib,  о‗tilgan  materiallarni  baholashda  uchta  test  savoli  qо‗yiladi.  Bu 
yoshdagi bolalarga beshta savol qiyin bо‗lishi mumkin. Buni hisobga olgan holda 
testga uchta savol qо‗yib, uch balli tizimda baholanadi. 
Tarbiyalanuvchilarning  bilim  darajalarini  aniqlash  mezoni  quyidagicha: 
о‗rganiladigan material turi (yо‗nalishi)ga qarab 3 tadan 5 tagacha turli variantdagi 
dasturli  о‗yin,  taqdimot,  slayd,  yozuv,  rasm,  sxema,  mashqlar  va  chizmalar  savol 
tariqasida  kompyuter  xotirasiga  kiritiladi.  Tarbiyalanuvchilarga  tо‗g‗ri  javobni 
aniqlash  topshiriladi  va  ularning  bilim  darajalari  test  sinovi  yoki  kompyuter 

53 
 
xotirasiga  kiritilgan  mashg‗ulot  mavzusiga  oid    amaliy  topshiriqlarni  bajarish 
orqali aniqlanadi. 
Agar  tarbiyalanuvchi  kompyuterda  berilgan    variantdagi    uchta  topshiriqdan 
barchasini  tо‗g‗ri  bajarsa,  u  holda  unga  ―a‘lo‖  bahoni  ifodalaydigan  3  ball 
qо‗yiladi.  Agar  berilgan    variantdagi    ikkita  topshiriqni    tо‗g‗ri  bajarsa,  u  holda 
―yaxshi‖  bahoni  ifodalaydigan  2  ball  qо‗yiladi.  Agar  berilgan  variantdan  bitta 
topshiriqni    tо‗g‗ri  bajarsa,  u    holda  tarbiyalanuvchiga  ―qoniqarli‖  bahoni 
ifodalaydigan  1  ball  qо‗yiladi.  Agar  berilgan    variantdagi  topshiriqni      tо‗g‗ri 
bajara olmasa, u holda hech qanday ball qо‗yilmaydi. Bunday hollarda tarbiyachi 
tarbiyalanuvchi  bilan  qо‗shimcha  shug‗ullanib,  uning  bilim  darajasini  aniqlash 
uchun    qayta  testga  qо‗yishi  kerak.  Baho  mezoni  tо‗g‗risida  tо‗la  ma‘lumot  [27] 
adabiyotda keltirilgan. 
Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish