Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti,, N. R. Alimqulov, N. B. Sultanova


yili 24 avgustda Sankt-Peterburg senzurasidan  ruhsat olinib,  1906



Download 3,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/188
Sana06.07.2022
Hajmi3,01 Mb.
#749191
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188
Bog'liq
fayl 770 20210505

1905
yili 24 avgustda Sankt-Peterburg senzurasidan 
ruhsat olinib, 
1906 
yil Samarqandda chop etilgan va 
106 
sahifadan iborat bo’lgan. 
Darslik adibning tanlangan asarlarining (
1999 y
) kirish qismida geografik nuqtai 
nazardan juda yaxshi va har tomonlama tahlil qilingan. Darsning muhim va ilmiy 
metodik jihatlaridan biri u Turkiston nuqtai nazaridan, Turkiston aholisining bilim 
saviyasi nuqtai nazaridan yozilgandir. Darslikdagi har bir mavzu yoritilganda 
Turkiston tabiati, xo’jaligi, aholisi albatta misol keltiriladi yoki mazkur bilimlar 
Turkiston haqidagi bilimlar, turkistonliklar bilimi bilan solishtirladi. Demak, 
Mahmudxo’ja Behbudiyning darsliklarida o’lkashunoslik ma’lumotlaridan 
foydalanish va yosh avlodga, vatanga nisbatan muhabbat tushunchalarini 
shakllantirishni asoschilaridan biri deyishga to’la asosimiz bor. Chunki 
umumdunyoviy bilimlar o’lkashunoslik bilimlari bilan chambarchas bog’langan 
holda berilgan. Bundan tashqari darslikda asrimiz boshlaridagi Turkistonda 
dunyoviy bilimlarni o’qitish xolati va ommaning hamda ulamolarning bilim 
darajasi ham aniq va haqqoniy baho berilgan. 
Darslikning mazmuni quyidagidan iborat: kirish; “jug’rofiya” degan 
so’zning ma’nosi; jug’rofiya qachon paydo bo’lgan; Turkistonlik donishmandlar; 
jug’rofiyani o’qimoqni nafi; jug’rofiyani o’qimoq musulmonlarga lozimdir; eski va 
yangi donishmandlar; yangi muhokamani so’zidan namuna; Yer aylanganda 
ustidagilar yiqilmasligi; atrof; jixoyati asliya; harita; plan; xukumat va 
xukumronlar; din va odat; o’lchak miqiyos; Amriqoning topilishi; tavsil va tabix. 
“Geografiya” so’zing ma’nosini Mahmudho’ja Bebbudiy ta’rifi bo’yicha 
“Yr va tuprog’ni bayon qilaturg’on ilimni aytadur”. Darslikda geografiyani 
quyidagi tarmog’lari ajratiladi: “Matematik geografiya” (Jug’rofiyai riyoziy), 
Tabiiy geogrfiya (Jug’rofiyai tabiiy), Tarixiy geografiya (Jug’rofiyai tarixiy), 
Siyosiy geografiya (Jug’rofiyai siyosiy) va x.k. lar. Xulosa qilib adib geografiyani 
dunyo va undagi tabiiy va ijtimoiy xodisalar haqida bilim beradigan 
jahonnomadur deb ta’rif beradi. 
“Geografiya qachon paydo bo’lgan” qismida geografiyaning qisqacha 
rivojlanish tarixi quyidagi bosqichlarga bo’linib yoritiladi: qadimgi, o’rta asrlar, 
buyuk geografik kashfiyotlar va hozirgi bosqich. Har bir bosqichda geografik 
bilimlarning rivojlanishi chuqur tahlil qilingan. 
“Turkiston 
donishmandlari” 
bo’limida 
Turkistonlik 
allomalarning 
geografiya faniga qo’shgan hissasi yoritilgan. Mazkur bo’limda Turkiston tarixida 
tilga olinmagan allomalarning nomlari ham uchraydi. 
“Jug’rofiyani o’rganmoqni nafi” bo’limida geografik bilimlarini kundalik 
hayotda va ta’limda naqadar ahamiyatli ekanligini misollar tariqasida yoritib 
berilgan. 


21 
“Jug’rofiyani o’rganmoq musulmonlarga lozimdur” bo’limida musulmon 
allomalari asraiga tayangan xolda musulmonlar uchun geografik bilimlarni 
ahamiyatii ochiib berilgan. 
“Atrof; Jixoyati Asliya; Harita; Plan” bo’limida ufq va ufqning asosiy va 
oraliq tomonlari, harita va plan haqida bilimlar tizimi berilgan. Haritaning 
Behbudiy ajratgan turlari hozirgi turlarga mos keladi (umumiy, mavzuli, 
topografik) “xaritai umumiya, xaritai xususiy, xaritai to’pugrafik”. 
“Xukumat va xukumronlar” bo’limida davlatlarni boshqarishning turlari 
keltirilgan bo’lib, mazkur turlar hozirgi turlarga diyarli mos keladi. 
“Din va odat” bo’limida din geografiyasi, aholi geografiyasi haqida to’xtalib 
o’tilgan. Xulosa qilib aytganda, mazkur darslik juda katta amaliy va ilmiy 
ahamiyatga ega. U o’lka geografiyasini rivojlanishida juda muhim, har bir bo’limi 
alohida tahsinga sazovar bo’lgan asardir.
Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li XX – asrning birinchi choragida faqat 
Turkistondagida emas, Rossiya musulmoni ziyolilari orasida ham mashhur edi. 
Jamoatchilik uni yangi usul maktablari asoschisi, mohir muallim, darslik va o’quv 
kitoblari muallifi, jamoat arbobi sifatida xurmat ila tilga olardi. 
Munavvar qori Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi. U maktabni
avval o’z hovlisida, keyin boshqa joylarda ochishga harakat qilardi. U maktabni 
isloh qilmay turib, odamlarning ongda o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi 
tushunib yetgan edi.
Munavvar qori yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm fanni o’rganishni 
targ’ib qiladi. U 1916 yili Toshkentda yig’ilishda nutq so’zlab shunday deydi: 
“O’zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga borib o’qitishga juda muhtojmiz, bolalar 
o’qib, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta xizmat qila oladilar”. Munavvar qori 
fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. Munavvar qori 1917 yil may oyida 
taraqqiyparvar musulmon yoshlari va ruxoniylar ishtirokida o’tgan quriltoyda 
“Sho’roi islomiya” jamiyati raisini muovini etib saylanadi. Natijada ilg’or fikrli 
kishilar uning atrofida to’plana boshlaydi. U 1918 yil may oyida Toshkent shahrida 
“Turk o’chog’i” ilmiy madaniy jamiyati tuzadi. U insonning ma’rifatli bo’lib, ko’zi 
ochilmaguncha na o’zini, na halqining erkini muhofaza qila olishini, bu iymonsiz 
ekanini mutafakkirona noziklik bilan o’z asarlarida ifoda etadi.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, 
keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Xadrada “Maktab 
kutubxonasi” nomli kitob do’koni ochdi. Avloniyning maktabi o’z oldiga qo’ygan 
maqsad va vazifalariga mashg’ulotlarni sinf – dars tizimi asosida o’z ona tilida olib 
borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qilar edi. U o’z maktabida bolalarga 
tabiat, geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob kabi fanlardan ma’lumotlar berar edi.
A.Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot 
yoxud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud ahloq”, 
“Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. 
Bu asarlarida dunyo halqlari asarlarini ulug’lab, o’z halqini dunyoviy ilmlarni 
egallashga, madaniyatli va ma’rifatli bo’lishga chaqiradi. 
U bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam 
shug’ullanishi benihoyat zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u 
muallimlarning “diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir 


22 
vazifadir. Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga 
bog’liqdir” deb ta’kidlaydi. A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini 
tushunardi. Shuning uchun yoshlarni ilm sirlarini bilishga, ayniqsa tabiiy fanlarni 
bilishga chaqiradi. Chunki bu fanlar tabiatda bo’lgan xodisalarni mohiyatini 
yechishga imkon beradi. Yoshlarni kitob mutoala qilishga chaqiradi. Uning 
fikricha, ilm agar jamiyat manfatiga xizmat qilmasa, halq farovonligi yo’lida 
qo’llanmasa, u o’likdir. A.Avloniy o’z ilmini amalda qo’llay oladigan kishilarga 
yuksak baho beradi, ularni 
dono insonlar
, deb biladi.
Abdurauf Fitrat XX-asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi 
uchun kurashgan jadidchilik harakati namoyondalaridan biri, u yirik olim, davlat 
va siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvardir. Fitrat o’zbek 
olimlari ichida birinchi bo’lib, o’sha davrda professor unvoniga ega bo’lgan 
olimdir. Fitrat o’z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif 
ishlari, bilim berish usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni tarbiyalash 
yo’llari haqida to’xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni o’rganishga da’vat etgan. U 
mamlakatni rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bo’lishi 
lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri bo’lgan davrda talabalarni Germaniya, 
Turkiyaga u yerdagi ilg’or Yevropa ilm-fan, tabobat, texnika sirlarini o’rganish 
uchun yuborish tashkilotchilaridan biri bo’ldi. Fitrat insonning kamolotga yetishish 
uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, insonning butun 
a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unday inson uzoq yashamasligini qayd 
qiladi. 
Jadidlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari va harakatlari natijasida O’rta 
Osiyoda jumladan O’zbekistonda dunyoviy ilmlar tabiat fanlari, fan texnikaga, 
tabobatga oid ilmlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Jadidlarning ta’lim-tarbiya 
to’g’risidagi qarashlari shu bilan harakterliki, ular ajdodlarimizning bu boradagi 
qimmatli fikrlari ilg’or, zamonaviy qarashlar bilan uyg’unlashtirdilar. Shu bois 
ularning pedagogik qarashlari ijtimoiy 

Download 3,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish