Jismoniy tarbiya va sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi.
Respublikamizdaijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va madaniy soxalarda amalga oshirilayotgan isloxatlar ta’limini va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yangilash va rivojlantirishni talab etadi. Shu bois ta’lim tizimini zamon talablari darajasida va erishishga tajribalar asosida rivojlantirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat xayotida faol ishtirok etadigan, har tomonlama yetuk va yuksak ma’naviyatli, komil insonlar etib tarbiyalash davlatimizning ustivor yo‘nalishlaridan hisoblanadi. 2002 yil 24 oktyabr Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga erishish va sport mehr-muxabbatni singdirishning asosiy sharti sifatida bolalar ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmon e’lon qilingan edi. Unda mamlakatimizning ta’lim tizimini takomillashtirish hamda ravnaqini ta’minlaydigan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun turli tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. O‘kuvchilarni jismoniy jixatdan nazariy bilimlar bilan ta’minlash, ularni bu boradagi harakat, ko‘nikma va malakalar bilan oshno qilish mazkur fanning asosiy vazifalaridir. O‘quvchilar sog‘lig‘ini yaxshilash, ularni jismoniy chiniqtirish va sport bo‘yicha bilim berish maktabdagi jismoniy tarbiya darslarida, sinfdan va maktabdan tashqari mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Ushbu vazifalar bajarish, bolalar sog‘ligini asrash, ularni har tomonlama garmonik rivojlantirish, barkamol avlodni tarbiyalashni eng kichik yoshdan, maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalardan boshlash lozim. Bolalar bizning quvonchimiz, boyligimiz, ishonchimiz, davlatimizning kelajagi. Shuning uchun yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport yetakchi rolni o‘ynaydi. Bog‘chalarda olib borilayotgan xaftada 3 marta jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari (15-20 daqiqadan 35 daqiqagacha) maktabda 2 soatli jismoniy tarbiya darslari kichkintoylarni salomatligini mustaxkamlash, ularning jismoniy tayyorgarligini yaxshilash, har tomonlama garmoni rivojlangan yetuk avlodni tarbiyalashga yetarli emas. O‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga erishish va sportga mehr-muhabbatni singdirish uchun o‘quv mashg‘ulotlaridan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni keng qo‘llash lozim. Bular qayday mashg‘ulot va tadbirlar ekan? Mana shu masalalarni bayon etishga, ularni amalga oshirish yo‘llarini o‘rganishga bu fan qaratilgandir. Ularga quyidagilar kiradi: ertalabki gimnastika, mexnat jarayonida quvnoq daqiqalar va pauzalar, ochiq xavoda harakatli o‘yinlar, organizmni chiniqtirish tadbirlar, yassi oyoqlikni oldini olishga oid mashqlar, mustaqil o‘yinlar va mashiqlar, sport to‘garaklarida mashg‘ulotlar, sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari, estafeta-konkurslar, turli musobaqalar sog‘lomlashtiruvchi cho‘milishlar, sport bayramlari, kichik Olimpiada musobaqalari va boshqalar bu tadbirlarni muntazam tashkil etilishi, to‘laligi, bolalarning faol
ishtirok etishi oldimizga qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishga ko‘maklashadi. Shuni xam aytish lozim, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan jismoniy tarbiya tadbirlari xar tomonlama garmonik rivojlangan yetuk sog‘lom avlodni tarbiyalashga to‘liq javob berish uchun ayrim qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Ulardan biri gigienik talabdir. Gigiena-bu salomatlik to‘g‘risidagi, uni asrash, mustaxkamlash xamda tevarak-atrofdagi ommillarning unga ko‘rsatadigan zararliy ta’sirini bartaraf etish vositalari va uslublari to‘g‘risidagi fandir. Gigiena iqlimni, mikrob iqlimni, xavoning, suvning va tuproqning holatining, ovqatlanish sharoitining, kiyim-kechak, tura rjoy, mehnat va dam olishga qo‘yiladigan sharoitlarning, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan shart-sharoitlarini va boshqa bir qator masalarining o‘rganadi. Odamning mehnat, dam olish va sportdagi faoliyatining biror soxasi yo‘qki ular gigienik jixzatdan tartibga solib turilmaydigan bo‘lsin. Odam salomatligiga ta’sir ko‘rsatadigan omillarni narmallashtirish, ya’ni ularning me’yoriy darajasini belgilab turish gigiena fanning asosiy maqsadi xisoblanadi. Gigienik me’yorlar cheklab qo‘yiladigan (masalan, xavoda, suvda, tuproqda zararliy moddalarning yo‘lquyish mumkin bo‘lgan miqdorini belgilash shaklidir) yoki optimal xolatga keltirish (masalan, jismoniy yuklanishlar ovqat ratsionining optimal me’yorlarini belgilash) xarakterida bo‘lishi mumkin. Jismoniy tarbiya gigienasi – gigiena fanining bo‘limlaridan biridir. Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlaridan odam salomatligini asrash va mustaxkamlash maqsadida samaraliroq foydalanish uchun o‘sha mashg‘ulotlar vositalar
Do'stlaringiz bilan baham: |