Nisbiy kuch = Maksimal kuch
jism og‘irligi
Lappak,bosqon uloqtiruvchilar yadro itaruvchilar, katta vazndagi shtangachilar uchun mutloq kuch ko‘rsatkichlari katta ahamiyatga ega. Jism og‘irligi va kuch o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud: katta vazndagi insonlar kattaroq og‘irlikni ko‘tarishlari mumkin va ko‘proq kuch ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun shtangachilar,og‘ir vazn toifalaridagi kurashchilar o‘z vaznini ko‘paytirish orqali mutloq kuchini oshirishga intiladilar.
Jismoniy mashqlarning ko‘p qismiga esa mutloq kuch emas, nisbiy kuch ko‘rsatkichlari muhimroqdir.
Kuch qobiliyatlarining rivojlanishi va namoyon bo‘lishi ko‘p omillarga bog‘liq. Eng avvalo, ularga mushaklar jismoniy ko‘ndalangining kattaligi ta’sir etadi. U qancha qalin bo‘lsa, shuncha boshqa teng sharoitlarda mushaklar harakatini rivojlantirish mumkin. Mushaklarning ishchi gipertrofiyasida mushak tolalari miofibrillari soni va hajmi ko‘payadi, shuningdek, sarkoplazmatik oqsillar konsentratsiyasi oshadi. Bunda mushaklarning tashqi hajmi kam miqdorda kattalashishi mumkin, chunki birinchida, zichligi kattalashadi, ikkinchidan, mashq qilinayotgan mushaklar ustidagi teri yog‘ining qatlami kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |