Shunday qilib, tezlik – kuch mashqlarida maksimal kuchning oshishi natijani yaxshilashga olib kelmasligi mumkin. Demak, kuch ko‘rsatkichlari past, lekin yuqori gridient ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan Sportchilar, kattaroq kuch imkoniyatlariga ega bo‘lgan raqibini yutish mumkin.
Zamonaviy tadqiqotlar natijasida kuch qobiliyatlarining yana bir namoyon bo‘lishi kuzatiladi va mushaklarning qayishqoq deformatsiya energiyasini to‘plash hamda qo‘llash qobiliyati «reaktiv qobiliyat» deb nomlanadi. Bu qobiliyat mushaklarning intensiv mexanik cho‘zilishidan keyin, ya’ni ularning dinamik yuklamasi maksimal rivojlanayotgan sharoitlarda ko‘nuvchi ishdan yenguvchiga tez o‘tishdagi kuchli harakat paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |