Shu bilan birga bo‘g‘imlar harakatchanligini muntazam mashq qilish kerak.
Faqat ko‘plab egiluvchanlikka mashqlarni takrorlashdan so‘ng bo‘g‘imlarda amplituda harakatini oshirish mumkin.
Mashg‘ulotning muhim vazifalaridan chidamlilik sifatini rivojlantirish hisoblanadi, chunki u barcha ixtisoslik bo‘yicha sportchilarga zarur jismoniy tayyorgarlikka kiradi. Shu asnoda bolalar va o‘smirlar chidamlilikni rivojlantirishda ko‘pincha juda kech mashg‘ulot yuklamalariga ko‘nikib qo‘shilishadi. Albatta bu masalaning nafaqat katta sportga zarari yetadi, balki deyarli kerak bo‘lgan har tomonlama yosh sportchilarni rivojlanishiga putir yetkazadi hamda bolalar va o‘spirinlarni organizmini asta – sekin katta trenirovka yuklamalarga olib chiqish qiyinlashadi.30
Katta yetishmovchilik shundan iboratki o‘rta-umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya dasturi kayta ko‘rib ishlanib chiqilishi kerak, chunki jismoniy mashqlar qatorida DTSda ham yosh avlodni har tomonlama jismoniy rivojlanishida chidamlilik sifatiga kam e’tibor qaratilgan.
Hozirgi zamon hayoti bolalar jismoniy tarbiyasini tubdan qayta ishlab chiqishini taqozo etadi, nazorat sinovlari va me’yorlarni bolalar, o‘smirlarga va o‘spirinlar ko‘rib chiqishni talab etadi. Boshlang‘ich sport ixtisosligi bosqichi shug‘ullanuvchilarning sport maktabda bo‘limlarining birinchi ikki yilini qamrab oladi. Bu bosqichdagi trenirovkaning asosiy vazifalari: umumiy va maxsus jismoniy tayyorlash, tanlangan sport turi va boshqa jismoniy mashqlarning texnika asoslarini egallash. Chuqur maxsus tayyorgarlik uchun kerakli qulay sharoit yaratish. Ko‘p sonli tadqiqotlar tomonidan isbot qilingan, sport mashg‘ulotining boshlang‘ich bosqichida eng katta samarani har tomonlama trenirovka beradi. Shuning uchun o‘smirlar bilan mashg‘ulotlarda sport texnikasini o‘rgatish bilan bir qatorda jismoniy sifatlarni jismoniy tarbiyaning rang-barang vosita va metodlarini qo‘llash yo‘li bilan rivojlantirish zarur. Mashg‘ulotga maxsus tayyorgarlik mashqlari kompleksi kiritiladi, qaysiki tanlagan sport turida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq haddan tashqari tor ixtisoslik mashqlarini oshirish chuqurlashtirilgan trenirovka va sport takomillashuvi bosqichida sport natijalari o‘sishining barvaqt stabillashuviga olib keladi, yosh sportchilarning har tomonlama taraqqiyotiga zarar yetkazadi. Boshlang‘ich sport ixtisosligi bosqichida bolalar va o‘smirlarga musobaqalarda qatnashishga ruxsat beriladi. Sport turiga bog‘liq holda ixtisoslikning boshlanishidan birinchi musobaqalarda qatnashishgacha bo‘lgan muddat 1 yildan 3 yilgacha cho‘ziladi. Shunday sport turlarida, sport va badiiy gimnastika, yengil atletikaning tezkor-kuch turlari, akrobatika, basketbollarda musobaqalarda qatnashishga 1-1,5 yillik ixtisoslashgan mashg‘ulotlardan so‘ng ruxsat qilinadi: chang‘i poygasi, konkida yugurish sportida 1,5-2 yildan so‘ng, figurali uchish, suzish, suvga sakrashda 2-2,5 yildan so‘ng. 2.3.1-jadvalda bir qator sport turlarida ixtisoslashgan trenirovka va sport tayyorgarligining namunaviy boshlanish muddati keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |