Shu bog‘lanishlarni hisobga olgan yuklanishlarning asta-sekin oshib boruvchi turli shakllaridan: 1.To‘g‘ri chiziqli; 2. Zinasimon; 3. To‘lqinsimon shakllardan foydalaniladi.
To‘gri chiziqli shakli uchun nisbatan yuqori bo‘lmagan va shu holda oshib boruvchi mashg‘ulotlarning ayrim har bir seriyasiga ramkasidagi jismoniy yuklanishlar xarakterlidir.
Zinasimon dinamikada u yoki bu mashgulotlarda yuklanishlarning nisbatan keskin oshuvi boshqa bir qancha mashg‘ulotlarda jismoniy yuklanishlarning oshish stabilizatsiyasi bilan almashiniladi, bu esa umuman birinchi holdagiga qaraganda muhimroq yuklanishlarni egallashga imkoniyat yaratadi.
Dinamikaning to‘lqinsimon shakli yuklanishlar o‘sishining asta-sekinlik va yuqori templarining muhim organik bog‘lanishi bilan xarakterlanadi.
Yuklanishlardagi "sakrash" to‘lqinning boshlangich fazasida bir-tekis ko‘tarilishi bilan sodir bo‘lib yakuniy fazasidagi "yuklanish" bilan almashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |