Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanidan


Harakat malakalarini rivojlanish qonuniyatlari o‘qitish jarayonini tashkil etish ahamiyati



Download 4,66 Mb.
bet110/404
Sana31.01.2022
Hajmi4,66 Mb.
#420371
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   404
Bog'liq
1-Kurs Abilqosimov Samandar

6.4.Harakat malakalarini rivojlanish qonuniyatlari o‘qitish jarayonini tashkil etish ahamiyati.
Malakalarning o‘zaro aloqasi va o‘rgatishining ketma-ketligi. Harakat malakalari tarkib topishi va qo‘llanish jarayonida ko‘pincha bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari hosil qilingan malakalar ko‘chish deb ataluvchi mexanizm bo‘yicha yangi malakaning tarkib topishini yoki namoyon bo‘lishini osonlashtirish yoki qiyinlantirish mumkin. Ko‘chish ko‘p hollarda yangi ko‘nikma va malakaning hosil bo‘lishiga yordam beradi. Masalan: kichik koptokni irgitish granata irgitishni, velosipedda yurish malakasi, mototsiklda yurishni o‘rgatishga yordam beradi va h.k. Malakalarning bunday o‘zaro aloqasi ijobiy samara beradi yoki "ijobiy ko‘chish" deyiladi.
Shu bilan birga malakalarning o‘zaro aloqasi salbiy ham bo‘ladi. Masalan: Balandlikka sakrash malakasi tusiqlardan yugirishni o‘rganishga halaqit berishi mumkin, yonboshlagan usulida so‘zish malakasi ma’lum sharoitlarda brass harakat qilishini izdan chiqaradi. Ko‘chirishning bunday turi o‘rgatish jarayonida salbiy ta’sir etadi va ijobiy samara bermaydi yoki "salbiy ko‘chish" deyiladi.
Ko‘chish xarakteri - uning ijobiy yoki salbiy bo‘lishi, o‘rgatishning to‘la yoki qisman bo‘lishi, ilgari harakat hosil qilingan ta’siri yangi tartibga qaysi darajada yaroqli bo‘la olishiga bog‘liqdir.
Malakalarning o‘zaro ijobiy aloqasi. O‘rganilayotgan harakat faoliyati bilan ilgari o‘zlashtirilgan biror faoliyatining tuzilishlari o‘rtasida o‘xshashlik qancha ko‘p bo‘lsa, yangi harakat faoliyatini o‘rganish shuncha yengil bo‘ladi. Bunga asos - harakatlarni o‘rganish ketma-ketligini shunday rejalashtirish zarurki, bunda bir harakatni o‘zlashtirish ko‘nikma va malakaning boshqa xarakatni o‘rganishga "ijobiy ko‘chish"ga imkoniyat yaratsin. Bu jihatdan qaraganda, faoliyatlari har xil bo‘lgan mashq turlarida, ayniqsa katta imkonityalar mavjuddir. Harakat faoliyatining bunday turlarida harakatlarning tuzilishining o‘xshashligiga qarab guruhlarga bo‘lish mumkin. So‘ngra harakatlarni guruhlarga, ularning murakkabligiga qarab joylashtirilsa, bu guruhlarning navbatdagi harakatlariga tayyorlanishi guruhi bo‘lib qoladi. Ko‘chish odatda, harakat faoliyatlarini asosiy fazalari o‘xshash bo‘lganda ijobiy samara beradi. Masalan: chang‘i sportiga o‘rganishni birin-ketin ikki qadamlab oldinga yurish usuli bilan boshlash tavsiya etiladi, chunki bu usul boshqa barcha yurish elementlarini tashkil etadi. Turli harakatli mashqlar uchun ko‘p bo‘lmagan sport turlarida "ijobiy ko‘chish" holatida maxsus tayyorgarlik, ya’ni imitatsiyali mashqlar yordamida foydalaniladi.
Masalan: konkida yugurish imitatsiyasi va roliklarda yugirish konkida uchish sportida keng va muvaffaqiyatli qo‘llaniladi. Harakat faoliyatining asosiy vazifasigina emas, xatto tayyorlanish va yakunlovchi fazalarini egallashda ham malakalar ko‘chishi ijobiy samara berishi mumkin.
Shuni nazarda tutish kerakki, "ijobiy ko‘chish" o‘rganishning dastlabki bosqichlarida ayniqsa keng namoyon bo‘ladi. Maslan: granata uloqtirish masalasi nayza uloqtirishda dastlab yordam beradi.
Malakaning o‘zaro salbiy ta’siri. Tuzilish dastlabki fazalariga o‘xshash va keyingilari o‘rtasida katta farqlar bo‘lgan harakat faoliyatini o‘zlashtirish jarayonida malakalarning o‘zaro salbiy ta’siri ko‘pincha sezilib turadi. Agar navbat bilan bunday harakat faoliyatlarini tarkib toptirib ko‘rilsa, u vaqtda bir harakatdan ikkinchi harakatga, ya’ni yangi o‘rganilgandan va dastlabki faza bo‘yicha o‘xshash bo‘lgan harakatga beixtiyor o‘tish mumkin. Asab tizimi o‘z faoliyatini har doim ancha tejam bilan amalga oshirishga intiladi. Chunki I.P.Pavlov va uning shogirdlari ko‘rsatib o‘tishganidek, asab tizimi uchun odat tusiga kirgan steriotiplik faoliyat, hatto bu faoliyat birmuncha soddaroq bo‘lsa ham yangi faoliyatga qaraganda yengilroqdir.
O‘rgatish jarayonida o‘quv materialini raqobatlashuvchi malakalarning bir vaqtda tarkib topishiga yo‘l qo‘ymaslikni yoki ko‘chishning salbiy ta’siri ancha kam bo‘lishini ta’minlaydigan qilib rejalashtirish muhimdir. Masalan: oldin turnik yoki brusda bir oyoqda osilib ko‘tarilish emas, balki to‘nkarilib ko‘tarilish maqsadga muvofiqdir.
Tug‘ma avtomatizmlarning ta’siri. Murakkab harakat faoliyatlarini egallashda tug‘ma avtomatizmlar ancha muhim ahamiyatga egadir. Ba’zi hollarda ular yordam bersa, ba’zi vaqtda halaqit beradi. Masalan: koordinatsion qadamlari tug‘ma chalishtirib yurish, yugirish va boshqa bir qator harakatlarning tabiiy asosini tashkil etadi.
O‘rgatish ketma-ketligi o‘rgatilayotib, shu kabi tug‘ma koordinatsion harakatlar tomonidan yaratiladigan ijobiy imkoniyatlardan foydalanishga intilish kerakligi o‘z-o‘zidan ma’lumdir.
Masalan: suvda suzishga o‘rgatishni brass, krol usulidan; chang‘ida yurishni birdan ikki oyoqni quzg‘atishdan emas, birin-ketin qadam tashlab yurishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Shu bilan bir qatorda, ko‘p hollarda innervatsiya va bo‘yinni mustahkamlash reflekslari bilan bog‘liq bo‘lgan tug‘ma avtomatizmlarni yengish talab qilinadi.

Download 4,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   404




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish