asosan galaktikaning uzoqligi uning spektral chiziqlarini qizilga siljish miqdoriga
proporsionaldir. Bu munosabatdan foydalanib galaktikalar spektrida chiziqlar
maydonchasi tanlangan va maydonchalarda ko‘rinadigan barcha yulduzlar va
galaktikalar spektrini olish mumkin. Bu ishda uch xil teleskop qo‘llanilishi
56
(10 tadan 300 tagacha) galaktikalarni tezligi o‘lchangach (
,
,
) diagramma
tuziladi. Bu diagramma galaktikalarni Koinotda joylashishining uch o‘lchamli
tuzilishini namoyish etadi. Bu diagramma Koinotni katta o‘lchamli tuzilish
(struktura)ga ega ekanligini namoyish etadi. Ishga kiritilgan galaktikalarni
«qochish» tezligi 10
4
km/s gacha yetadi (z
0.03). Ishda berilgan osmon sohasida
ikkita galaktikalar to‘dasini ko‘rish mumkin. Birinchisi z
0.01 c da, ikkinchisi esa
0.025 c yorug‘lik tezligi masofasida joylashgan.
Ishda bir nechta masala hal qilinadi:
1) galaktika spektri olinadi va undagi chiziqlar uzun to‘lqinlar tomon siljishi
namoyish etiladi, siljish miqdori har xil ekanligi ko‘rsatiladi;
2) Koinotni katta o‘lchamli tuzilishi (struktura) aniqlanadi;
3) galaktika spektrida CaII ning K va N chiziqlari va metall ionlarining G
tasmasi borligi aniqlanadi, vodorod va geliy chiziqlari ko‘rinmaydi. Demak,
galaktikada chang va gaz ko‘p miqdorni tashkil etadi.
Ishni bajarish uchun zaruriy jihozlar: «CLEA - hozirgi zamon
laboratoriya ishlari to‘plami» Pentium turidagi kompyuter, daftar va qalam.
Ishni bajarilish tartibi: Bu ishda ikkita masalani xal etishga qaratiladi.
Birinchi ishda qizilga siljish o‘lchanadi va Xabbl qonuni chiqariladi, ikkinchi
ishda esa Koinotning uch o‘lchamli manzarasi o‘rganiladi. Har ikkala ish ham
haqiqiy astronomik kuzatishlardagidek, galaktikalarning spektrini olish bilan
boshlanadi (2.1-rasm). Birinchi ishda osmonning galaktikalarga boy ikki qismi,
ikkinchi ishda esa og‘ishi
0
29
bo‘lgan 8 ta qismi tanlangan.
2.1- rasm. CLEA/LSS dasturiy laboratoriya ishining bosh sahifasi
57
Sahifa o‘rtasida grafik chizish uchun tayyor chizma ochiladi (bu chizmaning
y
- o‘qida intensivlik,
x
- o‘qida esa to‘lqin uzunligi angestrumlarda yozib
qo‘yilgan).
Spetrofotometrda elektronlarni sanob beruvchi chizg‘ich (lineyka) ishlatiladi,
uni 512 ta nur sezuvchi elementi (fotodiodlar) spektr bo‘ylab shunday
joylashtirilganki, ularning barchasi birgalikda galaktika (yulduz) spektrini 3900
0
A
dan 4500
0
A
gacha bo‘lgan qismini ko‘rsatadi. Sahifani chap yuqori burchagidagi
«Start
Resume» yozuvli tugmani bosib, 512 ta kanalda foton sanoq boshlanadi
(2.2-rasm). Sanash vaqti grafikdan pastroqda, o‘ng tomonda ko‘rinib turadi.
Sanash qancha uzoq (100-1000 sekund) bajarilsa, spektr shuncha aniq
ko‘rina boshlaydi signal
shovqin («Signal
Noise») nisbati orta boshlaydi, yaxshi
spektr olish uchun bu nisbat 50 dan kam bo‘lmasligi kerak.
2.2-rasm. Yulduz spektrini olish
O‘lchash natijalari o‘rtachalanib, egri chiziq bilan tutashtiriladi va spektrni
yozuvi hosil bo‘ladi. Bu yozuvda qora chiziqlar intensivligi keskin pasaygan, va
yana keskin ko‘tarilgan chuqurcha shakliga ega (2.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: