1.Biologik jarayonlar kinetikasining nazariy asoslari. Gunberg-Vaage qoidasi.
Kimyoviy kinetika nazariyasi asosida kimyoviy reaksiyalar tezligi reaksiya kirishuvchi reagentlarning faol massasiga proporsionaldir, deb ta’kidlovchi Gunberg-Vaage fundamental qoidasi yetadi. Bu qoidani reaksiyaning umumiy tezligini tasvirlovchi ifodaga qo`llash har bir faol massa yoki faollikni (misolimizda konsentrasiyani) reaksiyaning stexnometrik tenglamasidagi koeffisiyentiga mos keladigan darajaga ko’tarishga olib keladi. Eng oddiy misol sifatida quyidagi reaksiyani olamiz:
( mahsulot) .
A moddalilg parchalanish tezligi uning konsentrasiyasiga [A] ga mutanosibdir, ya’ni : v = d[B]/dt = k1[A].
Bordi-yu, ko’rinishidagi reaksiya olinsa, uning tezligi [A]m va [B]n ko’paytirmasiga proporsionan bo’ladi, ya’ni
-dP/dt = k2 [A]m [B]n
tenglamalardagi proporsionallik koeffisiyenti bo’lmish k2 - reaksiyaning tezlik konstantasini ifodalab, u olingan reagentlar konsentrasiyasi birga teng bo’lgan shartidagi reaksiyaning tezligini aks etitiradi. Tenglamani oldiga qo’yilgan " -" belgi, reaksiya tezligining vaqt e’tibori bilan kamaya borishini ifodalaydi. To’g’ri va teskari yo’lalishdagi reaksiyalar tezlik konstantalarining nisbati kmuv = k +1/k -1 muvozanat konstantasi deb atalib, k+1 > k-1 sharoitda, u to’g’ri reaksiyaning teskari reaksiyadan ustunlik olishini bildiradi.
2.Kinetikada birinchi, ikkinchi, uchinchi va nolinchi tartibli reaksiyalar.
Kinetikada reaksiyalar birinchi, ikkinchi, uchinchi, nolinchi va hatto kasr tartibli reaksiyalarga ajratiladi. Reaksiyaning tartibi bu reaksiya tezligining tasvirlovchi tengnamadagi reagentlar konsentrasiyasi darajalarining yig’indisidan iborat kattalikdir. Masalan, agarda dP/dt = k[A]1 bo’lsa, bu yerdagi A ning darajasi 1 ga teng va shuning uchun bunday reaksiya birinchi tartib kinetikaga binoan amalga oshadi. Bordi-yu, dP/dt = k[A]2 bo’lsa, A ning ko’rsatkichi 2 ga teng, demak, reaksiya ikkinchi tartib kinetikaga bo’linadi va nihoyat, dP/dt = k[A]2[B][C]3, bo’lsa, (aslida bunday reaksiyaning o’zi hyech qanday ehtimolga ega emas), u oltilchi tartib kinetikaga mansub bo’lib chiqadi. Agarda kinetik tenglamada konsentrasiya ko’rsatilmagan bo’lsa, u holda bunday reaksiyaning kinetikasi nol tartib deb atalib, reaksiya tezligi reagent konsentrasiyasi emas, balki reaksiyaning tezlik konstantasiga bog’liq bo’lib chiqadi, ya’ni dP/dt q k0. Masalan, katalitik reaksiyalarda reagent konsentrasiyasi katalizator konsentrasiyasidan shunchalik katta bo’ladiki, buning natijasida katalizator hamma vaqt reagentga "to’yinib", reaksiya maksimal tezlikda kechadi va reagent konsentrasiyasining navbatdagi oshirilishi reaksiya tezligiga ta’sir eta olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |