laboratoriya ishi.
Bardjer-Rast usuli yordamida suyuqliklarning osmotik bosimlarini aniqlash.
Ish uchun zarur vositalar: mikroskop, okulyar kapillyar naychalar, predmet va soat oynachalari, natriy xloridning 1,2,3% li eritmalari, biologik suyuqliklar, filtr qog’oz.
1-mashg’ulot. Noma’lum eritmaning kontsentratsiyasini aniqlash.
O’qituvchidan kontsentratsiyasi aniqlanishi kerak bo’lgan eritma olinadi. So’ngra natriy xloridning asosiy eritmalaridan uning 0,5; 1,5; 2 %-li eritmalari tayyorlab olinib navbatda, ulardan kontsentratsiyalari 0,1% ga farqlanadigan oraliq kontsentratsiyali eritmalar tayyorlanadi. O’sha (keyingi) eritmalarni ishlatib, yuqorida bayon etilgan tarzda, berilgan noma’lum eritmaning kontsentratsiyasi topilgan.
2-mashg’ulot. Biologik suyuqlikning osmotik kontsentratsiyasi va osmotik bosimini aniqlash.
O’kituvchidan biologik suyuqlik olinadi va yuqorida tayyorlangan natriy-xlorid eritmalaridan foydalanib, berilgan biologik suyuqlikning, dastlabki osmotik kontsentratsiyasi keyin esa osmotik bosimi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |