Ngt kurs 4 Guruh Fanning nomi “Нефт ва газокондесатни қайта ишлаш технологияси”



Download 1,34 Mb.
bet21/38
Sana23.09.2021
Hajmi1,34 Mb.
#182319
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
2 5300751712196234315

Kimyoviy usullari. Heft va neft mahsulotlari tarkibidagi uglevodorodlarning temperatura, bosim, katalizatorlar, kimyoviy reagentlar ta’sirida chuqur strukturaviy o‘zgarishga asoslangan.
Bu usullar juda muhim neft mahsulotlarini miqdorini ko‘paytirish (masalan benzin) uchun, neft mahsulotlarini sifati-ni oshirish (masalan benzinning oktan sonini oshirish, uchun, ayrim individual uglevodorodlarni (benzol va uning gomologlarini) olish uchun hamda kimyo sanoatining xom ashyolarini (vodorod, sintez-gaz, asetilin, alkenlar, dienlar va boshqalarni) olish maqsadida qo‘llaniladi. Sanab o‘tilgan usullardan neft mahsu-lotlarini termik va katalitik krekinglashning turli xillari eng ko‘p qo‘llaniladi. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlovchi apparatlar jarayonning uzluksizligini, asosiy mahsulotning yuqori unumda chiqishini, iqtisodiy samaradorlikni, katta mahsuldorlikni ta’minlashi kerak. Neftni qayta ishlovchi apparatlarni uch gruppaga bo‘lish mumkin: xom ashyoni qizdirishni va o‘zgarishni ta’minlovchi pechlar va reaktorlar, mahsulotlarni bir-birisidan ajratish uchun rektifikatsiya kolonnalari (ustunlari), issiqlikni bekorga chiqib ketmasligi ya’ni, undan foydalanish uchun (utili-zatsiyalash uchun) hamda sovutish kerak bo‘lgan mahsulotlarni sovutish uchun issiq almashtirish apparatlari. Neft va neft mahsulotlarini fizikaviy va kimyoviy qayta ishlash jarayonlari odatda endotermik bo‘lib, tashqaridan issiqlik berilishini talab qiladi. Shu maqsadda qo‘llaniladigan apparat-lar issiqlik berish, usullari bilan bir-birisidan farq qiladi(114-rasm) a-sxemada xom ashyoni tashqi tomonidan qizdirish usulidan foydalanib b-sxemada qizdirish adiabatik sharoitda ya’ni issiqlik o‘tkazuvchi yuza bo‘lmagan sharoitda amalga oshiriladi. Issiqlik tashuvchi sifatida yuqori temperaturalari
( 900-950 0 S )suv bug‘i ishlatiladi. Avtotermik yoki oksidlash usulida (v-sxemada) zarur issiqlik xom ashyoni bir qismini atmosfera kislorodida yoqish bilan olinadi. Qattiq issiqlik tashuvchidan Edonador alyumsilikatli katalizator yoki changsimon qum va boshqalar) foydalanilganla (g-sxema)reaksiya tuguni ikki apparatdan- reaktor va qizdirgich -regeneratordan iborat bo‘ladi. Qattiq issiqlik tashuvchi regeneratorda qiziydi va reaktorga borib issiqligini beradi, shunday qilib bu apparatlar orasida aylanib yuradi. Bu sxema neft mahsulotlarini katalitik qayta ishlashda keng qo‘llaniladi.

Neft mahsulotlarini qizdiruvchi asosiy apparat bu tashqaridan alangada qizdiriluvchi yoki alangasiz qizdiriluvchi quvursimon pech hisoblanadi. Alangasiz qizdiriluvchi quvursimon (115-rasm) ichi issiqlikni izolyatsiyalovchi keramik paner (devor) dan terilgan kamera bo‘lib, pechning ichida o‘tga chidamli to‘siqlar 2 o‘rnatilgan, ular yoqiladigan gazni chiqaruvchi keng kanallar hosil qiladi (uni konveksion kamera ham deyiladi). Issiqalmashtirgichlarda biroz qizdirilgan yoki sovuq holdagi xom ashyo konveksion kameraning 6 ostki quvuriga beriladi(pechning hamma quvurlari ketma-ket bir-birisi bilan ulangan bo‘ladi) u quvurdan o‘tgan xom ashyo qaytuvchi yoqilg‘i gazlari bilan qiziydi. So‘ngra u Radiant quvurlariga 4,5 o‘tadi va u yerda quvurlarning issiqligida va juda qizigan yoqilg‘i gazlar issiqligidan qiziydi. Issiqlik qizigan panellarning issiqlik chiqarishdan olinadi. Qizigan xom ashyo pechning tepa qismidan chiqadi va qayta ishlash uchun yuboriladi. Pech keramik prizma shaklidagi pech devoriga mahkamlangan gorelka 3 yordamida gaz yoqilg‘isi yoqib qizdiriladi. Bunday pechlar ixcham va yuqori foydalanish koeffitsientiga ega. Neft mahsulotlarini bir-birisidan ajratish turli tipdagi reaktifikatsiya kolonnalarida mal amalga oshiriladi.Qalpoqli tarelkasimon tipdagi barbotajli kolonnalar keng tarqalgan. Odatda har bir kolonnada 30-60 ta gacha tarelkalari bo‘ladi (ular gorizoltal tekislikda o‘rnatilgan bo‘ladi).


Haydab ajratib olinadigan fraksiyalarning qaynash temperaturasini pasaytirish uchun hamda uglevorodlarning termik parchalanishini oldini olish ko‘pincha suv bug‘i bilan haydaladi. Neftni qayta ishlashning fizik usullari. Neftni qayta ishlash va qaynash temperaturasi farhiga qarab alohida fraksiyalarga (distillatlarga) ajratish, bir bosqichli yoki ikki bosqichli apparatlarda amalga oshiriladi. Birinchi holda jarayon atmosfera bosimida olib boriladi. Bunda turli motor yoqilg‘ilari va mazut (qaysikim ular kimyoviy qayta ishlanadi) hosil bo‘ladi. Ikki bosqichli qurilmalarda neft avval atmosfera bosimida haydalib motor yoqilg‘isi va mazut olinadi. So‘ngra mazutdan past bosimda haydab turli surkov moylari va gudron olinadi. Gudron keyin qayga ishlanib pek, asfalt va neft koksi olinadi. Ikkala bosqichni birlashtirish katta iqtisodiy samara beradi va bunday ko‘shma apparat atmosfera – vakuumli quvirsimon qurilma (AVK) deyiladi. AVKning muhim sxemasi 116 rasmda berilgan. Unda neft nasos 5 bilan 6,9,12,13 – quvursimon issqalmashtirgichlarga navbat bilan ko‘tarib beriladi, u yerda 170-180 0S gacha qizdiriladi so‘ngra quvursimon pechga 1 o‘tib 3200S gacha qizib suyuq va bug‘ holatda rektifikatsiya kilonnasining 3 ostki qismiga boradi. U yerda bug‘lanadi va bug‘ mazutning suyuq qismidan ajralardi. Bug‘ yuqoriga ko‘tarilib, fraksiyalarga: solyar moylari (300-3500S 5%), kerosin (200-3000S, 19%), ligroinga (160-2000S, 8%) ajraladi. Bu fraksiyalar sovutilgach yig‘gichlarga borib yig‘iladi. Benzin (1700S gacha 15%) kolonnaning yuqori qismidan bug‘ holatda chiqarib olinadi va avval issiqalmashtirgichdan 6 (toza neft bilan) so‘ngra kondesatorda 7 kondensatlangan uyuq holda suvda ajratish uchun tindirgichga 8 oqib o‘tadi. Olingan benzinning bir qismi yuqori temperaturada qaynovchi fraksiya bug‘larini kondensatlash uchun kolonnani sug‘orishga qaytariladi. Bu benzin sifatini yaxshilaydi. Kolonnaning ostgi qismidan neftning asosiy tarkibiy qismlarini qaynash temperaturasini pasaytirish uchun o‘tkir bug‘ kiritiladi. Birinchi kolonnaning ostidan oqib chiqqan issiq mazut (55%) 270-280 0S temperaturada quvursimon pechga 2 olib boriladi. U yerda 400-420 0S gacha qiziydi va 8-11 KPa bosimda vakuum ostida ishlovchi 4-chi kolonnaga yo‘llanadi. Kolonnaning ostgi qismidan qattiq qizigan bug‘ kiritiladi. Bug‘ avval gudrondan ajraladi, keyin yuqoriga ko‘tarilib silindr, mashina va vereten moyi fraksiyalarga ajraladi. Ular sovutiladi va yig‘ichga yuboriladi. Og‘ir gazoyl kolonnadan bug‘ xolda chiqariladi va issiqalmashtirgichda 9, hamda kondensatorda sovutilib yig‘gichga yuboriladi. Uning bir qismi kolonnani sug‘orish uchun qaytariladi.
Kolonnaning ostki qismidan suyuq qoldiq gidron chiqarib olinadi. Shunday yo‘l bilan olingan fraksiyalar oltingugurt va kislorod saqlovchi birikmalardan tozalanadi va zaruriy miqdorda sifatini yaxshilovchi moddalar qo‘shilgach tayer motor yoqilg‘isi va surkov moylari sifatidaishlatiladi. Olingan maxsulotlarning sifati va miqdori qayta ishlanadigan neqtning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Neft va neft maxsulotlarini qayta ishlashning kimyoviy usullari. Neft maxsulotlarini yuqori temperatura va bosim ostida chuqur destruksiyaga – krekingga olib keluvchi Jarayonlar bilan bog‘liq. Bunda uglevodorod molekulalarining parchalanishi bilan bir qatorda barqaror moddalar sintezlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan ikkilamchi Jarayonlar ham ketadi. Kreking dastlabki xom-ashega va uglevodorodlar parchalanishining chuqur va sayozligiga qarab 450-720 0S da va 7 MPa gacha bosimda turli: termik kreking, riforming, piroliz va kokslash usullarida amalga oshiriladi. Bu usullarning hammasi ham qo‘shimcha ravishda motor yoqilg‘isi hamda neqtikimyo sanoati uchun gazsimon mahsulotlar olish imkonini beradi. Turli sinf uglevodorodlarining termik parchalanish Jarayonlarining murakkabligiga qaramay ba’zi bir umumiy qonuniyatlarni ko‘rish mumkin. Krekingning barcha turlari vadarod atomlari taksimlanishi bilan xarakterlanadi yani yengil komponentlarning vodorodga boyishi ogir komponentlarning esa dastlabki xom ashyoga nisbatan vodorodlarning mikdorining kamayishi jarayoni kuzatiladi masalan bir qurilmada boruvchi jarayonni quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin:


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish