Shirin so'zga muhtoj men ko'ngli yarim,
Yuragim muzladi og'rir bu ta'nim,
Bolalar uyida qoldim-ku yolg'iz,
Uxlayman onajon qanday allasiz.
Bu yerda hammaning ko'zlarida dard,
Bilmadim nechundir sekin o'tar vaqt,
Qaytmas bo'lib ketgan olislarga baxt,
Bolalar uyida qoldim-ku yolg'iz,
Uxlayman onajon qanday allasiz.
Peshonam o'pib so'ng uyg'otadi kim,
Erkalik-sho'xligim ko'taradi kim,
Dunyolarcha orzuyim eshitadi kim,
Bolalar uyida qoldim-ku yolg'iz,
Uxlayman onajon qanday allasiz.
"Inson".
Tuproqdan yaralmish odam aslida,
Zaminni toptaydi bilmadim nechun,
Gunoh yo'ldan qayting do'stim vaqtida,
Savob ish qilishga shoshaylik bugun.
Do'stlaringiz bilan baham: |