Suvlar sepib hovliga, turib azonda,
Ozoda, chaqqonsiz hamda pazanda,
Shirin taom pishar har dam qozonda,
Tug'ilgan kuningiz bugun dugonam,
Eng baxtli qizlardan bo'ling dugonam.
Ota-onangizni erka qizi siz,
Akangiz singlisi yorug' yuzi siz,
Singlingizga mehribon opa o'zingiz,
Tug'ilgan kuningiz bugun dugonam,
Eng baxtli qizlardan bo'ling dugonam.
"Nahotki..."
(Bir hikoya qahramoni tilidan)
Nahotki aldandim, nahot aldashdi,
Ko'zimga tik boqib yolg'on so'zlashdi,
Ayting yanglishdim men o'zi qayda,
Bilmadim aslida neni istashdi.
Kimga ishonishni bilmay qolyapman,
Hatto kulgulari ko'rinar soxta,
Yig'layman har kuni bag'rim tilyapman,
Do'stlaringiz bilan baham: |