Neft va gaz mahsulotlarini tashish va saqlash texnologiyasi



Download 10,71 Mb.
bet50/54
Sana15.04.2022
Hajmi10,71 Mb.
#553212
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Neft va gazni tashish va saqlash texnologiyasi O\'QUV QO\'LLANMA

YONG‘IN XAVFSIZLIGI
YoQShda yong‘in xavfsizligi ГОСТ 12.1.004, O‘zbekiston Respublikasi
arxitektura va qurilish Davlat qo‘mitasi me’yoriy hujjatlari, «Neft baza va avtoyonilg‘i quyish shoxobchalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi qoidalari va YoQShni ishlatish jarayonida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yo‘riqnomalar » asosida tartibga solinadi. YoQShda yong‘in xavfsizligi yong‘inni
oldini olish tizimi va yong‘in himoyasini uyushtirish yo‘li bilan ta’minlanishi kerak. Yong‘inni oldini olish tizimi bu yong‘in ro‘y berishi ehtimolini yo‘q qilishga qaratilgan tashkiliy choralar va texnik vositalar majmuasining mavjudligidan iboratdir.
Yong‘in himoyasi tizimi – odamlarga yong‘inning xavfli omillari ta’sirining oldini olish va undan moddiy zarar ko‘rishni chegaralashga qaratilgan tashkiliy choralar va texnik vositalar majmuasidir. Yong‘inni oldini olish va yong‘in himoyasi tizimlari ГОСТ 12.1.004 ga muvofiq har bir YoQSh uchun ishlab chiqilishi kerak. YoQShlarining har birida yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi talablar qo‘yilishi kerak yong‘in xavfini o‘ziga xosligi haqidagi ma’lumotlarni hisobga olgan yong‘in xavfsizligi qoida va me’yorlari; yong‘inni oldini olish va yong‘in himoyasini muayan usullari: yong‘inni oldini olish va yong‘in himoyasi texnik vositalari
miqdori, turi va ularning bajarilishiga doir talablar; yong‘inni oldini olish va yong‘in himoyasi bo‘yicha tashkiliy choralar.
YoQShlarda avtotransport vositalariga ko‘rsatilayotgan xizmatni o‘ziga xosligi va yong‘in xavfsizligini hisobga olib yo‘riqnomalar tuzish kerak. Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarda quyidagilar bo‘lishi kerak.
– benzin, dizel yonilg‘isi yoki gaz mahsulotlarining hamda ishlab
chiqarish jarayonining yong‘in xavfsizligini baholash;
– ishchi-xodimlar rioya qiladigan yong‘in xavfsizligi talablari;
– ishlab chiqarishni o‘ta xavfli uchastkalari uchun maxsus talablar
va choralar;
– yong‘in chiqish va avariya holatlarida texnologik jihoz yoki
uskunani to‘xtatish va yong‘in soqchilarini chaqirish;
– yong‘in paydo bo‘lganda ishchi va xodimlarni vazifalari;
– o‘t o‘chirish vositalarini harakatga keltirish usullari;
– maydonni, jumladan binolar, inshootlar, yong‘inga qarshi rezervuarlar
va yong‘in gidrantlariga kelish yo‘llarining sarishta turishiga
oid talablar;
– chekish va ochiq olovni qo‘llash taqiqlanganligi to‘g‘risida talablar.
YoQShlarda portlashdan xavfli muhitni sodir etadigan moddalar mavjud ishlab chiqarish jarayonlari ГОСТ 12.1.010, ГОСТ 12.1.044 ga, ГОСТ 12.1.011 bo‘yicha portlashdan xavfli aralashmalar tasnifiga, portlash yong‘indan va yong‘in bo‘yicha xavfli ish lab chiqarish korxonalari tasnifiga muvofiq, portlash xavfsizligini
ta’minlash bo‘yicha talablarga ko‘ra bajarilishi kerak. Ishlab chiqarish jarayonlarida portlash xavfsizligini ta’minlash maqsadida portlashdan xavfli dastlabki moddalar parametrlarini, texnologik rejim, YoQShdagi havo tarkibini, texnologik va elektrik
jihozlar, uskunalar holatini tekshirib borish kerak. Ochiq olovni qo‘llash va boshqa xavfsizlikni taqiqlovchi joylarda yozuv va belgilar bo‘lishi kerak. AYoQSh ma’muriyati har qaysi toifadagi ishchilarning xizmat doirasidagi vazifalarini aniqlovchi, asosiy texnologik jarayonlarni, ta’mirlash va avariyali ishlarni olib borish tartibi va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomalarni ishlab chiqishi kerak.



Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish