Gruntlar haqida asosiy ma‘lumotlar
Название
Gruntlar haqida asosiy ma‘lumotlar
Дата
25.06.2013
Размер
56.76 Kb.
Тип
Документы
скачать
To’liq konspekt su saytda shux2009@mail.ru
Saydullayev SH
GRUNTLAR HAQIDA
ASOSIY MA‘LUMOTLAR
Reja:
1.1.Zamin va poydevor tushunchalari. Poydevorsozlik sohasi rivojlanishining
qisqacha tarixi
1.2.Gruntlarning tabiati va turlari
1.3.Gruntlarning qattiq zarrachalari va donadorlik tarkibi
1.4.Gruntdagi suv va gazning turlari hamda xossalari
1.5.Gruntlarning tuzilishi
Adabiyotlar: 4 , 6, 7, 8, 9.
1.1.Zamin va poydevor tushunchalari. Poydevorsozlik
sohasi rivojlanishining qisqacha tarixi
Inshootdan uzatiladigan bosimni o’ziga qabul qiladigan grunt qatlami zamin deyiladi.
Bunda tabiiy va sun‘iy zaminlar bir-biridan farqlanadi. Agar poydevor ta‘sir zonasidagi
gruntdan uning tabiiy tuzilishini o’zgartirmasdan foydalanilsa, u tabiiy zamin bo’ladi.
Sun‘iy zaminda esa grunt turli usullar bilan zichlanadi yoki qotiriladi.
Ma‘lumki, inshootni juda kamdan-kam holda yer sirti bo’ylab joylashtirish mumkin.
Chunki, yer yuzasidagi gruntlar namlik, harorat, shamol, o’simlik dunyosi, inson faoliyati
natijalari va shunga o’xshash omillar ta‘sirida o’zlarining shakli va tuzilishini doimiy
ravishda o’zgartirib turadi, natijada ularning yuk ko’tarish qobiliyati ko’pincha unchalik
yetarli bo’lmaydi. Bundan tashqari yer sirti bo’ylab quriladigan inshootning ustivorligi
ham birmuncha kam bo’ladi. Yuqorida bayon etilgan omillar inshootni yer sathidan biroz
quyiroqda joylashtirish zarurligini ko’rsatadi. Inshootni zaminning ishonchli qatlami bilan
bog’lovchi uning yer osti yoki suv ostida joylashadigan qismiga poydevor deyiladi.
Poydevor inshootdan tushayotgan yukni o’ziga qabul qiluvchi va uni zaminga uzatuvchi
hamda zaminning ustivorligini ta‘minlovchi konstruktsiyadir.
Zamin va poydevorlarni loyihalash va barpo etish bilan insoniyat juda qadim
zamonlardan beri shug’ullanib keladi. Eramizdan bir necha ming yillar ilgari ham Xitoy,
Hindiston, Yunoniston, Arabiston, Markaziy Osiyo va Yevropaning taraqqiy etgan
mamlakatlarida zaminga ko’p yuk uzatuvchi muhtasham bino va inshootlar barpo etilgan.
Misol tariqasida Nil daryosi sohilida bundan 4,5 ming yil avval qurilgan, zaminga 120
N/sm2 bosim uzatuvchi Xeops piramidasini keltirish mumkin. Zamin va poydevor turlarini
tanlash hamda ularni qurish haqidagi ma‘lumotlar eramizdan bir asr ilgari yashab o’tgan
rimlik me‘mor Vitruviyning «Arxitektura haqida o’nta kitob» asarida ham yozib
qoldirilgan.
Agar tarixga nazar tashlasak, O’zbekiston hududida yashagan xalqlar ham qadimdan
ishonchli poydevorlarni qurish bo’yicha katta tajriba va bilimlarga ega bo’lganligiga guvox
bo’lamiz. Bobokolonimiz Abu Rayxon Beruniy o’zining geologiya va qurilishga oid
asarlarida zamin tayyorlash ishlariga jiddiy e‘tibor bilan yondoshish zarurligini alohida
ta‘kidlab o’tgan. Ajdodlarimizning poydevorsozlik bo’yicha bilim va tajribalari darajasini
Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur va ulardan keyingi davrlarda qurilgan
inshootlar misolida ham ko’rish mumkin.
Zamin va poydevorlarning birgalikda ishlashini ta‘minlash ayniqsa yirik gidrotexnika
inshootlari uchun juda muhimdir, chunki suvga to’yingan yoki suv ta‘sirida bo’lgan
gruntlarning xossalari, quruq holdagi gruntlarnikidan keskin farq qiladi. Ajdodlarimizning
gidrotexnika inshootlarini qurish sohasida ham katta tajribaga ega bo’lganligini X-asrda
Forish tumani hududida qurilgan Xon tug’oni yoki XVI-asrda barpo etilgan Abdullaxon
tug’onlarining konstruktsiyalari tasdiqlay oladi.
Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar fanining zamonaviy asoslarini yaratishda
K.Tertsagi, N.M.Gersevanov, N.A.Tsitovich, M.I.Gorbunov-Posadov, D.Ye.Polshin,
B.I.Dolmatov, N.N.Maslov, A.I.Simvulidi, S.S.Vyalov va boshqalarning katta hissalari bor.
O’zbekiston olimlaridan G.O.Mavlonov, X.Z.Rasulov, T.SHirinqulov, Ye.S.Pesikov, I.O.Odilov
va boshqalar fanning asosiy qoidalarini Markaziy Osiyo mintaqalari sharoitlariga
muvofiqlashtirish va yanada rivojlantirish bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajarganlar.