Nazariy materiallar 1- mavzu: kirish. O’simliklarni himoya qilish fanining maqsadi va vazifasi


-MAVZU:SABZAVOT, POLIZ EKINLARINI ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI



Download 1,09 Mb.
bet35/36
Sana09.08.2021
Hajmi1,09 Mb.
#143175
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
o`simlik xim qil maruza matni

15-MAVZU:SABZAVOT, POLIZ EKINLARINI ZARARKUNANDALARI VA QARSHI KURASH CHORALARI.

Reja.
1. Sabzavot, poliz ekinlar zararli organizmlarga qarshi kurash choralari.

2. Sabzavot, poliz ekinlarini kasalliklariga uyg’unlashgan himoya qilish choralari.

3. Sabzavot, poliz ekinlarini ichidagi begona o’tlarga qarshi uyg’unlashgan kurash choralari.


Respublikamizda sabzavot va poliz ekinlarini zararli organizmlari keyingi yillarda keskin ko’payib bormokda. Sabzavot, poliz ekinlari qimmatbaho ekin hamma viloyatlarda eng ko’plab ekiladi.

Olimlarimiz hisoblariga qaraganda pomidordan har bir odam boshiga 30 kg biryilda iste’mol qilishi mumkin. Kartoshkaning bir iste’molchi o’rtacha 64 kg ga to’g’ri kelishi mumkin. Sabzi, piyoz, poliz ekinlari ham inson uchun kerakli hisoblanadi.

SHuning uchun sabzavot, poliz ekinlarini zararkunandalari, kasalliklari ularning ayrim biologik xususiyatlari, zarari, ularni o’z vaqtida aniqlash, ularga qarshi agrotexiik, biologik va kimyoviy kurash choralarini keng ishlab chiqarishga joriy etish masalalarini tadbiq qilish kerak.

Masalan kolorado qo’ng’izi 1972 yilda Bo’stonliq tumanida kelib qolgan edi, respublikamizda keyingi yillarda ko’plab tarqalib ketdi.

Oqqanot, kolorado qo’ng’izi, karam kuyasi, gulxo’r, burga, g’o’za tunlami, o’rgimchakkana, tripslar, simqurtlar, sabzi pashshasi, ildiz qirqar tunlamlar, shiralar va hokazo. Sabzavot, poliz kartoshka ekinlarining zararkunandalaridir.

O’simta nematodasi. Bu zararkunanda kartoshka ildiz va tuganagiga ayniqsa ko’p zarar yetkazadi, shuningdek u piyoz, lavlagi, sabzp, karam, bodring, g’alladosh ekinlarga ham zarar yetkazadi. Nematoda o’simlikka tuproqdan o’tadi, ildiz ichida, ba’zan ildiz, sirtida ham oziqlanadi. Urg’ochi nematoda tuproqqa tuxum qo’yadi, zararlangan o’simliklarning barglarida sariq dog’lar paydo bo’ladi, so’ngra qurib qoladi.

Korshinskiy shilliq qurti. Bu zararkunanda dala va poliz ekinlariga, jumladan, karamga, pomidor ko’chatlariga, lavlagi, bodring, piyoz, qulupnayga anchagina zarar yetkazadi. SHilliq qurt qulupnayning bargidan tashqari gul va mevalariii ham zararlaydi.

Ildiz kemiruvchi tunlamlar. P. Ro’zmatov (1994) ma’lumotlariga qaraganda, O’zbeknston Respublikasi sharoitida pomidorni 7 tur ildiz kemiruvchi tunlamlar zararlaydi, ulardan kuzgi tunlam va undov tunlam asosiy o’rinni egallaydi. Professor S.N. Alimuhamedov, SH.T. Xo’jaev (1991) ma’lumotlariga ko’ra barcha tunlamlar yashash tarzi, shikastlash xarakteri va kurash usullariga ko’ra bir xillikka egadirlar.

Qurtlar 30-40 kun mobaynida yashaydi va 5 marta po’st tashlaydi, oltinchi yoshidan so’ng ular tuproqda g’umbakka aylanadi.

Ular O’zbekiston sharoitpda 3-4 avlod beradi. 500-2000 tagacha tuxum qo’yadi. Undov tunlami, bu zararkunanda zararlash qobiliyati jihatidan kuzgi tunlamdan keyingi o’rinda turadi, oldingn qanotlari asosida undov belgisi sifatidagi dog’i bo’ladi. Uning kuzgi tunlamdan farqi yiliga ikki marta avlod berishidadir, shuningdek bu zararkunanda kuzgi tunlamdan farq qilib, g’o’zaga nisbatan bedani ko’proq zararlaydi va tunda yorug’likka yaxshi uchadi. Uning kapalagi kuzgi tunlam kapalaklaridan bir hafta keyin uchadi.

Kolorado qo’ng’izi. Keyingi o’n yillar davomida kartoshkaning ashaddiy dushmaii kolorado qo’ng’izining Vatanimizga kirib kelishi natijasida u pomidor dalalarida ham ko’plab uchramokda. Uning qo’ng’iz va lichinkalari pomidor va boshqa ituzumdosh ekinlar barglarini kemirib, zarar yetkazadi.



Hosil organlarining zararkunandalari. Ko’sak qurti-(g’o’za tunlami), zararkunanda g’o’zaning guli, shona, ko’saklarini, makkajo’xori so’talari, pomidor mevalari, kanop, nut dukkaklari va boshqa ko’p o’simliklarning (120 turga yaqin) meva organlarini shikastlaydi. Zararkunanda pomidorda uch avlodda zarar yetkazadi. Uning ikkinchi avlodi iyun oyida, bunda ertagi nav pomidorlar hosil tuga boshlaydi, uchinchi avlodi esa iyul oyida va pomidor mevalariga butun rivojlanish mobaynida zarar yetkazadi. Tunlam 3-4 marta avlod beradi. 800-3000 tagacha tuxum qo’yadi. Umuman zararkunanda tuxumdan kapalakka qadar 30-40 kunni kechiradi.

So’ruvchi zararkunandalar. Sabzavot va polizlarga bitlardan g’o’za yoki poliz biti, plotnikov biti va g’uza ildiz biti va hokazolar zarar keltiradi.

G’o’za yoki poliz biti, bu so’ruvchi zararkunandalardan bo’lib, pomidordan tashqari beda, g’o’za, kartoshka va loviyani zararlaydi.

Plotnikov biti pomidordan tashqari lavlagini ham zararlaydi.

Bu bitlarning uzunligi 2,5 mm gacha bo’lib, ular qanotli va qanotsiz shakllarda bo’ladi, ularning ikki juft qanoti bor, ulardan oldingi jufti keyingi juftiga nisbatan ancha uzun.

Bu zararkunanda diapauza holatiga o’tmaydi, shu sababli ochiq dala sharoitida qishlashga moslashmagan, biroq respublikamizda issiqxona hajminpng keskin ortuvi uning keng ko’lamda tarqalishiga qulay imkon yaratadi.

O’rgimchakkana – bu hammaxo’r hasharotlardan bo’lib, pomidordan tashqari 247 tur o’simliklarga, jumladan, 173 tur begona o’t, 38 tur daraxt va butazorlarga zarar yetkazadi. Kana o’simliklar bargining orqa qismiga joylashib, uni zararlaydi. U zararlagan barg mayda (ingichka) o’rgimchak iplari bilan qoplangan bo’ladi. Zararkunanda ochiq dala va issiqxonalarda juda keng tarqalgan.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish