Kampozan-M (etrel, etefoi). Uning ta’sir qiluvchi moddasi -2- xloretil fosfat kislota:
ON
S1SN2R-ON
II
O
Buoq rangli modda bo’lib, o’ziga namni yutadi va suvda yaxshi eriydi. SHuningdek atseton va spirtda yaxshi eriydi, polyarsiz erituvchilarda eruvchanligi sust. Ishqoriy muhitda etilen ajratish bilan parchalanadi. Po’lat va alyuminiyga nisbatan uning eritmalari korroziyalash xususiyatiga ega.
O’zbekistonda Olmoniyaning «Bitterfeld» firmasi ishlab chiqargan kampozan-m ekstra preparata qo’llaniladi, preparat 60% li suvli eritma holida yoki 600 g ta’sir qiluvchi modda 1 l suvda erigan holda ishlab chiqariladi. Preparat kuzgi arpaning yotibqolishi oldini olish maqsadida uning 5% li eritmasi boshoq chiqarish bosqichidan 10—12 kun oldin purkaladi. Ishchi eritmasining sarfi 150—300 l/ga, g’o’zaning ko’saklari yetilishini tezlashtirish maqsadida ekinlarga 1—2 dona ko’sak ochilganda purkaladi. Ishlov berish takroriyligi 1 martadir.
Preparat odam va issiqqonli hayvonlar uchun kam zaharli (uning O’D50 ning ko’rsatkichi kalamushlar uchun 3000 mg/kg dan ortiq). Asalari va boshqa foydalixasharotlar uchun zararsiz.
Piks (XDP, BAS-08300). Ta’sir qiluvchi moddasi N, N-dimetil piperidin xlorid:
Oq rangli kristall modda bo’lib, uning erish harorati 285°0 dir. Eruvchanligi (g/kg) suvda 1000, atsetonda 1, xloroformda II.Uy sharoiti haroratida nordon suvli muhitda turg’un, ishqoriy muhitda esa biroq parchalanadi, Suvli eritmalari metallarga korroziyalovchi ta’sir qiladi.
O’zbekistonda Olmoniyaning «Basf» firmasi tavsiya qilgan Piksning 5% li suvli eritmasi (s.e.) qo’llaniladi.
Preparat g’o’za ko’saklarining yetilishini tezlashtirish maqsadida ikki marta purkaladi; preparatning 0,4—0,6 % li eritmasi gullay boshlaganda va yoppasiga gullash davrida purkaladi. Ishchi eritmasining sarfi 250 l/ga.
12-MAVZU: HAMMAXO’R ZARARKUNANDALAR VA ULARGA QARSHI KURASH
Reja:
1.Hammaxo’r zararkunandalar tur tarkibi, zarari, tarqalishi, hayot kechirishi
2. Hammaxo’r zararkunandalar va ularga qarshi kurash choralari o’rganish
Markaziy Osiyoda Asrididae oilasiga, Orthoptera turkumiga kiruvchi marokash chigirtkasi (Dosiostaurus marossanus Thnb), otbosar chigirtkasi (D.sraussi Lng.), sholi chigirtkasi (Oxya fussvoittata Marsh), qir chigirtkasi (Sflliptamus turanisus Tarb), voha chigirtkasi (S. italisusL.), turkman chigirtkasi (Ramburiyella tursomana F.W) va to’qay chigirtkasi (Losusta migratoria L) ekinlarga katta zarar yetkazadi. Bulardan tashqari, ba’zi yillari ayrim mintaqalarda konofimalar (jumladan, Sonophyma jasobsoni Uv. Df S. sokolowi Zub), katta saksovul chigirtkasi (Derisorys Albidula Serv.) va qora targ’il chigirtka (Osdaleus desorus Germ.) ekinlarga jiddiy zarar yetkazadi.
1929 yili Markaziy Osiyo respublikalariga erondan uchib kelgan shistotserka chigirtkalari (Schistosersa gregaria Forsk) turli ekinlarga katta zarar yetkazdi. Markaziy Osiyoda qishlamaydigan bu zararkunandaning bizga uchib kelishi juda kam uchraydigan hodisa bo’lib, keyingi yuz yil mobaynida faqat 1901, 1902 va 1929 yillardagina ro’y berdi.
Zararkunanda chigirtkalar galalashib va yakka-yakka bo’lib yashaydigan guruhlarga bo’linadi.
Galalashib yashaydigan chigirtkalar g’uj bo’lib turadi. Bunday chigirtkalarning g’ujlangan lichinkalari gala deb, ayrim lichinkalari esa chigirtkalar deb ataladi. Voyaga yetgan chigirtkalar gala-gala bo’lib uchadi. CHigirtka galalari quyoshli iliq kunlarda doimo harakatlanib turadi, ammo sovuq va bulutli kunlarda bir joyda tura beradi. Lichinkalar kechasi o’simliklarda tunaydi va ertalab, yer beti birmuncha qizigandan keyin, harakatlana boshlaydi. CHigirtka to’dalari kun issiq vaqtlarda ham harakat qilmaydi, bu paytda chigirtkalar o’simliklarning soyasiga yashirinadi va harorat pasayishi bilan harakatga kiradi. SHu tariqa, chigirtka to’dalari ba’zan har sutkada ikki marta-kechasi va kunduzi dam oladi.
Lichinka yoki yosh chigirtkalar qanot chiqargandan keyin, gala bo’lib avvalo yaqin masofalarga, keyinchalik esa uzoq joylarga uchadi. Bir qancha vaqt o’tgandan so’ng ular voyaga yetib juftlashadi va tuxum qo’yadi.
YAkka-yakka yashaydigan chigirtkalar gala bo’lib to’planmay, bir joyda hayot kechirib, qulay sharoit tug’ilishi bilan juda ko’plab urchiydi. Bu chigirtkalarning lichinkalari ham, voyaga yetganlari ham muayyan tartibda ko’chib yurmaydi.
Galalashib, shuningdek yakka-yakka yashaydigan chigirtkalar bir necha donadan to yuzgacha va ba’zan undan ham ko’proq tuxum qo’yadi. Ular tuxum qo’yishdan oldin tuxum qo’ygichlari va qorinchasining uchi bilan yerni kavlab chuqurcha yasaydi, tuxumlarni o’sha chuqurchalarga qo’yadi.
Marokash chigirtkasi
Do'stlaringiz bilan baham: |