Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti



Download 1,28 Mb.
bet2/6
Sana29.11.2019
Hajmi1,28 Mb.
#27676
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2018 G'OYA MAJMUA

Milliy g`oyaning bosh maqsadi.


.“G`oya” tushunchasi ma’lumki, inson o`zinnig aql-zakovati iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so`z bo`lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.

Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o`zida mujassam etadigan g`oyalar tuzilishidir.

Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g`oyalar va ta’limotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g`oya bo`la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g`oya bo`la olishi mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda “g`oya”, “mafkura”, “ideya” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko`proq G`arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi on yunon tilidagi idea so`zidan olingan, u ideologiya so`zining o`zagi bo`lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi.

Ideologiya (Idea - g`oya, tushuncha, logia – ta’limot) atamasi esa g`oyalar to`g`risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:

- G`oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to`g`risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo`lib hisoblanadi.

- Muayyan g`oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.

G`oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo`lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G`oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.

Tafakkurning mahsuli sifatida g`oya tevarak olamni o`rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, san’at va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayyan bir g`oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Ma’lum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o`z g`oyalari mavjud bo`ladi.

Mazmuni va namoyon bo`lish shakliga qarab, g`oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.

- Ilmiy g`oyalar;

- Falsafiy g`oyalar;

- Diniy g`oyalar;

- Badiiy g`oyalar;

- Ijtimoiy – siyosiy g`oyalar;

- Milliy g`oyalar;

- Umuminsoniy g`oyalar va hokazo.

Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.

Milliy g`oya. Milliy g`oya O`zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o`zida mujassam etadi. SHunday ekan milliy g`oyaning o`zi nima?

Milliy g`oya – millatning o`tmishi, buguni va istiqbolini o`zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g`oya hisoblanadi.

Millat g`oya o`z mohiyatiga ko`ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo`lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo`lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.

U yoki bu g`oyaning illiy g`oya sifatida maydonga chiqishi millatning o`tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog`liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo`lgan maqsad – muddaolari va mo`ljallarini to`g`ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma’noda milliy g`oya oxir oqibat ozmi-ko`pmi insoniyat taqdirligicha ta’sir qiladi. SHu ma’noda, har qanday milliy g`oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo`ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman insoniyat uchun ahamiyatni bo`lgan g`yaolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g`oyasi fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo`lsa, “Manfaatli hamkorlik” g`oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o`z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o`zlarini tashkil etadigan,o`ziga xos o`q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o`taydigan ijtimoiy g`oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.

Har qanday mafkura muayyan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo`lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Ma’lumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo`ladi:

- odamlarni muayyan g`oyaga ishontirish;

- shu g`oyani atrofida uyushtirish;

- kishilarni ma’naviy – ruxiy jihatdan rag`batlantirish;

- g`oyaviy tarbiyalash;

- g`oyaviy immunitetni shakllantirish;

- harakat dasturi bo`lish.

Malakatimiz uchun milliy g`oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o`tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tuzilishi mumkin.

regulyativ kommunikativ

tarbiyaviy

bilish g`oyaviy bandlik

normativ qadriyatli himoya

safarbar etish, yo`naltirish

Qadimgi xoqonardan birinnig yurtiga qo`shni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: “shohimizning amri shuki, agar hoqon o`zining eng sevimli tulporini bizga in’om qilmasa, yurtinigga urush e’lon qilamiz”. Elchining bu gaplarini vazir xoqonga yetkazibdi. Xoqon, mayli yurtimning tinchligi uchun sevimli tulporimdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, deya buyruq qilibdi. SHu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Bir muncha vaqtdan so`ng o`sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar haqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Hoqon yurt tinchligi yo`lida kanizagini ham xadya qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir hoqonga shunday bayon qilibdi: “SHohim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshloq joy bor edi, bu safar qo`shni podsho o`sha yerni berishimizni talab qilmoqda. Keling, shu tashlandiq joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tanchliginiyaa saqlab qolamiz.” Bu gapni eshitgan hoqon: “Yo`q!” – debdi keskin: “Endi urush qilmasak bo`lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osonlikcha berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha o`tgan ota-bobolarimizning,biz bilan hozir yashayotgan vatandolarimizning va kelgusida tug`ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning haqqi bor. Ularning haqqini o`zgaga berib yuborishga hech birimizning haqqimiz yo`q. Vatanning har bir qarich yerini saqlab qolish uchun endi urushga boriimizga to`g`ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantur!” ko`rinib turibdiki har bir qarichni e’zozlash falsafasining ildizi mujassamdir.

Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sosial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g`oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag`ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g`oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O`zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.

Istiqlol g`oyasining xalqimiz qalbiga yo`l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo`yiladigan asosiy maqsaddir. SHuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg`or g`oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko`rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko`rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O`zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko`zda tutadi.

Gup shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko`p jihatdan xalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog`li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog`liq. Prezident Islom Kariov ta’kidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo`lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi.

Hozirgi paytda kimning g`oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo`lsa – o`sha g`alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning tub manfaatlari va maqsadlarini o`zida ifoda etadi, jamiyat a’zolarini shu maqsad atrofida jipslashtiradi.

O`zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o`rtasida o`zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla-ko`yning faroovnligini ta’minlashdan iboratdir.

Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o`z aksini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo`lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. SHu bilan birga men milliy istiqlol g`oyasi bugungi tez sur’atlar bilan o`zgarayotgan tahlikali dunyoda o`zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o`sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog`i zarur, deb bilaman”[1]Milliy g`oyaning asosiy vazifalari. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo`llari aniqlanadi.

SHu ma’noda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantiri – milliy istiqlol mafkurasinng asoosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk ne’mat, ya’ni o`z taqdiringni o`zing belgilash, o`z yurtingga egalik qilish, ajdodlar an’anasini davom ettirish, jahon hamjamiyatida o`zingga munosib o`rin egallash uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo`lgan intilishini bo`g`ar eli, uni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo`r berar edi. U mohiyatan g`ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. SHu boisdan ham uning mafkurasi muqarrar ravishda inqirozga yuz tutdi. Milliy mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bila milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixmiz chuqurroq o`rganish, undan saboq olishga alohida e’tibor berilishi bejiz emas. CHunki mustaqillikning qadr-qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakalik asoratlarini, xo`rliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo`lidagi ulug` ajdodlarimiz jasoratidan voqif bo`lmoq zarur. Zero, “Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo`lmaydi. CHunki mafkuraning falsafiy asoslari o`z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug`ilgan” ]Milliy mafkura o`zining tub mohiyatiga ko`ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mutahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi, xalq faolvonligini ta’minlashni ko`zda tutadi. Bunday ulug`vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqboli uchun ma’sullikni his qilishn talab etadi. Erkinlik bo`lmagan joyda ma’suliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi. Milliy mustaqililk xalqimizga ana shunday erkin fikrlash imkonini berdi. Erkin tafakkursiz milliy istiqlol mafkurasining shakllanishini xatto tasavvur ham etib bo`lmaydi. Istiqlol mafkurasi erkin tafakkurga tayanadi, u demokratik jaiyat hayotining muhim qonuniyati, milliy mafkurani yaratish, himoya qilish va takomillashtirishning zarur shartidir. Erkin tafakkur shaxs faolligini oshiradi, uni bunyodkorlik ishlariga ilhomlashtiradi.

Mafkura jamiyatimizda ilg`or g`oyalar ustuvorlik qiladigan sog`lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar arng-barangligi (plyuralizm)ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishiga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo`llari mavjud bo`lib, u turli g`oyalarda o`z ifodasini topadi. G`oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo`ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida qad ko`taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intellektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insonit ma’naviyatining ustuvor yo`nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko`proq ilmiy-nazariy asosga ega bo`lgan ilg`or g`oyalar ustunlik qiladi.

YAngicha fikrlaydigan, mutelik tuyg`usidan xoli bo`lgan ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayot o`rtaga qo`yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma’naviyatli inson shaxsiy shakllantirishni talab etayapti. Milliy mafkura davr talablari va xususiyatlarini yaqqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez yetib boradi va hayot dasturi bo`lib xizmat qiladi.

Milliy mafkura o`zida xalqimizning ezgu orzu-umidlari va hayotiy manfaatlarni ifoda etar ekan, bu maqsadlarga erishishning zarur sharti sifatida barkamol inson shaxsini shakllantirishga alohida e’tibor beradi. CHunki ma’naviy barkamol kishilargina shaxsiy va umummilliy manfaatlar uyg`unligini teran anglaydi. Vatan ozod bo`lmasa, ashxs ozod bo`la olmasligini tushunadi.

Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxisni shakllantirishga qaratilgan bo`lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to`la mos keladi.

Milily mafkura birinchi navbatda hayotga endigina qadam qo`yatgan yosh avlodning hayotiga yangicha ma’no va mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy pozisiyani ashkllantirishga qaratilgandir. CHunki yoshlar faqat milliy g`oya timsolidagina qaratilgandir. CHunki yoshlar faqat milliy g`oya timsolidagina mamlaat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashning muhim vositasini ko`radilar. yoshlar tabiatan turli g`oyalarga qiziquvchan va ularga tez beriluvchvn bo`ladilar. Milliy istiqlol mafkurasi hali turmushning achchiq-chuchkligini tatib ko`rmagan, hayotiy tajribaga ega bo`lmagan ana shu avlodni milliy manfaat va taraqqiyotimizga yot bo`lgan soxta va buzg`unchi g`oyalar tajovuzidan himoya qiladi, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantiradi.

G`oya safarbar etuvchi ulug`vor fikr bo`lsa, mafkura esa mana shunday ulug`vor g`oyalarni bir butun yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g`oyalr tizimidir.

SHunday ekan, millat jamiyatning parokanda bo`lib ketishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Aks holda, siyosiy, huquqiy, iqtisoiy islohotlar o`z ahamitini yo`qotadi, mustaqillik yo`lida g`ov bo`ladi.

Mamlakatimizad olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli bizda ana shunday bo`linishlarning oldi olindi. Bugungi kunda ana shu natijalarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy barqarorligini, fuqarolar va millatlararo totuvlikni saqlab qolish ham farz, ham qarzdir. Buning yo`li esa bitta, u ham bo`lsa jamiyatning barcha qatlamlari, har bir a’zosi uchun birday qadrli bo`lgan milliy g`oya va mafkurani ishlab chiqishdir.

G`oyalar to`g`risidagi bilimlarga insoniyat tarixiing eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e’tibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G`arb mamlakatlarida “ideya” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Ideya” grek tilidagi “idea” so`zidan olingan bo`lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko`rinish” degan ma’nolarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o`zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma’nolarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to`g`risidagi ta’limotini asolar ekan, g`oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni ob’ektiv reallik sifatida talqin qilgan. YAna bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va bo`linmas zarra – atomlarni ideyalar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, ideya – barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.

Ko`pgina mutaxassislarning fikricha, qadimgi dunyoda g`oya va mafkura tushunchalari qariyb bir xil ma’noda ishlatilgan. Bunda asosan ushbu tushunchalarning inson dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishdagi o`rni va ahamiyatiga ko`proq e’tibor berilgan. Masalan, hozirgi dinshunoslikda dining ilk shakllari deb talqin qilinadigan “animizm”, “totemizm”, “fetishizm” kabi oqimlar talqini misolida bu hol yaqqol ko`zga tashlanib turadi. Ularning har biri muayyan g`oyaga ishonch va e’tiqod hamda ularni bir qadam mutlaqlashtirish natijasida dunyoga kelgan. Ular o`z davrida yoki qabilani, el yoki elatni birlashtirish, ularning dunyoqarashini ma’naviy tartibga solish va muvofiqlashtirish uchun mezon bo`lib xizmat qilgan. Aynan ana shu ma’nodagina ularni mafkura vazifasini bajargan a’tiqod shakllari deyish mumkin.

Fanni o’rganish zaruriyati. Insoniyat tarixiy taraqqiyotining sivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g’oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgach Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’zbek xalqi o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo’ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug’ildi. Buning uchun bizga yot va begona g’oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga yetkazish, bu yo’lda g’oyaviy, mafkuraviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi.

Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g’oya»dan voz kechildi. O’zbekiston xalqi o’z milliy g’oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo’lini tanladi. Buning o’ziga xos sabablari mavjud bo’lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:

1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o’ziga xos yo’lni tanlash huquqiga ega bo’ldi. Bu xalqimizning ma’naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.

2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g’oya»si o’zbek xalqini ma’naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma’naviyatidan begonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo’lish ehtiyoji paydo bo’ldi.

3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma’naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma’naviy g’oyalarida aks etgan bo’lib, milliy istiqlol g’oyani o’rganish zaruriyatga aylandi.

4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g’oyalar hukmronlik qilib kelgan bo’lib, g’oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g’oya bilan g’oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganish lozim.

5. SHaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g’oya ekanligiga qarab baho beriladi.

6. Ayrim g’oyalar ma’lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o’z g’oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g’oyalardan ogoh bo’lish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganmoq kerak.

7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar ekan, ayrim yot g’oyalar yoshlarni o’ziga rom qilib o’z shaxsiy manfaat yo’lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g’oyasini o’rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g’oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.

Prezidentimiz Islom Karimov bu borada: «Oldimizga qo’ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo’lish, g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, begona va yot g’oyalarning hurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda» (Karimov I.A. Asarlar. T.9. 220-bet) degan edi.



Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g’oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o’lmas g’oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag’ishlab, ularni o’z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.

Ilmiy g’oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo’ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. Ilmiy g’oyalar - ilm-fan sohasida biron bir sensatsion yangilikni ilgari surish orqali uni hayotga tatbiq etish yo’lidagi urinishlar.

G’oyalarning «hayoti» ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi, boshqa g’oyalar bilan o’zaro munosabati, kurashi va nihoyat, eskirgan g’oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy g’oyalar misolida yaqqol namoyon bo’ladi.

Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng kichik, bo’linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini kiritgan edilar. Ptolemey-Aristoteldan tortib, o’rta asr Ulug’bek astronomiyasigacha dunyoning markazi yer deb hisoblab kelganlar; yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta’limoti ham o’z davrining eng ilg’or ilmiy g’oyalariga asoslangan edi.

Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo’linishini, koinot markazi yer emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko’plab kashfiyotlar qilindi.

Dunyoga A.Eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.S.Kyuri va boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g’oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko’p ilmiy g’oyalarni amaliyotga aylantirdi. Kosmik raketalar, kompyuter va uyali telefonlar, televideniye va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo’ladi.

Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyot tasdiq-lanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g’oyalar bilan o’rin almashaveradi.



Buzg’unchilik g’oyalari esa xalqlar boshiga so’ngsiz kulfatlar keltiradi. Bunga olis va yaqin tarixdan ko’plab misollar keltirish mumkin. O’rta asrlardagi salib yurishlari, diniy fanatizm va ateizm, fashizm va bolshevizmga asos bo’lgan g’ayriinsoniy g’oyalar shular jumlasidandir.

Yovuz g’oya va mafkuralarning eng ko’p tarqalgan shakli: aqidaparastlikdir. Bunday mafkuralar muayyan davrlarda Farbda ham, SHarqda ham hukmronlik qilgan. Bu ijtimoiy illat insoniyat XXI asrga qadam qo’ygan hozirgi davrda ham dunyodagi tinchlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda.



Milliy g’oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o’z oldiga qo’ygan maqsadlari sari birlashtiradigan va safarbar etadigan g’oyadir.

Milliy g’oya – u yoki bu millat, xalq, elatning milliy an’analarini, turmush tarzini va tanlab olgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy tizimni va umuman milliy manfaatlarni himoya qiladigan, qo’llab-quvvatlaydigan, ularni mustahkamlash uchun ko’maklashadigan qarashlar majmuidan iborat. O’z tarixi va taraqqiyotining tub burilish davrlarida har qanday millat va xalq kelajagini belgilaydi, unga yetishning o’ziga mos yo’llarini tanlaydi. Ana shu jarayonga xos ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy yo’nalishlar bilan barcha g’oyaviy tamoyillarini ham belgilab oladi. Bunda butun millat uchun umumiy bo’lgan g’oyalar nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasida O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov tomonidan nazariy jihatdan asoslab berilgan «Vatan ravnaqi», «YUrt tinchligi», «Xalq farovonligi», «Komil inson», «Ijtimoiy hamkorlik», «Millatlararo hamjihatlik», «Diniy bag’rikeng-lik» kabi g’oyalar ana shunday umummilliy g’oyalar qatoriga kiradi.

O’zbek milliy g’oyasi - o’zbek xalqi milliy mafkurasining g’oyalari umuminsoniy qadriyatlarga tayanadi. Bu g’oyalar yer yuzidagi barcha tinchliksevar, ezgulikka intiluvchi xalqlar va millatlar, davlatlar qabul qiladilar.

Tarix tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoda 2 kuch: 1) bunyodkorlik va 2) buzg’unchilik g’oyalari hamisha o’zaro kurashadi. Bunyodkorlik g’oya insonni ulug’laydi, uning ruhiga qanot bag’ishlaydi. Sohibqiron Amir Temurning parokanda yurtni, mamlakatni obod qilish borasidagi ibratli faoliyatiga ana shunday ezgu g’oyalar asos bo’lgan.



Ozodlik g’oyasi - mazlumlarni o’z erki uchun kurashga chorlaydigan, qullik va qaramlikning har qanday ko’rinishini inkor etadigan g’oyadir.

Mustaqillik g’oyasi - eng ulug’ va ezgu g’oya. Har bir xalq istiqlol tufayli o’ziga yot va begona tuzumdan, ijtimoiy tazyiqlardan xalos bo’ladi, o’z salohiyatini to’la-to’kis ishga solish, o’zi istagan va o’zi tanlagan yo’ldan borish imkoniyatini qo’lga kiritadi.

Mafkura tushunchasi: Jamiyat mafkurasiz bo’lmaydi. CHunki har bir davlat mustaqil taraqqiyot va rivojlanish yo’lini tanlab olar ekan, o’z taraqqiyot dasturi, qarashi, amalga oshirish tamoyillari, konsepsiyasiga ega bo’lmasdan o’z istiqbolini aniq ko’ra olmaydi.

Har qanday nazariya yoki ta’limot bir tizimga solingan g’oyalar majmuidan iborat bo’ladi. Dunyoqarashning negizini va muayyan ishonch-e’tiqodning asosini ham g’oya tashkil etadi. Odamlar, ijtimoiy sinf va qatlamlarning, millat va davlatlarning manfaatlari va maqsadlari ham g’oyalarda ifoda etiladi.

O’z oldiga qo’ygan maqsadi, qanday jamiyat qurmoqchi ekani, bunga qanday yo’llar va vositalar bilan erishmoqchi bo’layotgani haqidagi g’oyalar tizimi har bir millat, xalq va jamiyatning milliy mafkurasining asosini tashkil etadi.

Mafkura (arab. - fikrlar majmui, nuqai nazarlar, e’tiqodlar tizimi) – muayyan ijtimoiy guruh yo qatlamning, millat, jamiyat yoki davlatning manfaatlari, orzu-istak, maqsad va intilishlarini, ijtimoiy-ma’naviy tamoyillarini ifoda etadigan g’oyaviy-nazariy qarashlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalari tizimidir. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o’tmishi, bugungi kuni va istiqboli o’z ifodasini topadi.

Mafkura (arab. «mafkura» – fikrlar, nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar majmui.

Mafkura keng ma’noda: ijtimoiy borliqning jamiyat hayotining ma’naviy-siyosiy in’ikosidir, uning inson ongida aks etishi, inson tomonidan anglanib, butun tizim holiga keltirilishi va bu tizimning Amaliy faoliyatda nazariy asos hamda ruhiy tayanch bo’lib xizmat qilishidir.

Milliy mafkura – bu istiqlolga erishilgandan keyin shakllangan va taraqqiy etayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotini va olib borilayotgan ham ichki ham tashqi siyosatni himoya qilib qo’llab-quvvatlaydigan qarashlar, nazariyalar majmuidir.

Turli ijtimoiy tuzumlar, jamiyatdagi har xil tabaqa va qatlam-larning mafkurasi turlicha bo’lishi tabiiy. Buning asosida manfaatlarning turlichaligi, ularni qondirish imkoniyatlari va uslublarining har xilligi yotadi. Sinfiy qutblashuv kuchaygan, sinfiy kurash avj olgan (yoki sun’iy ravishda keskinlashtirilgan) tuzumlarda mafkura o’ta siyosiylashadi, aholini o’zaro qarama-qarshi qilib qo’yadi.

Ijtimoiy hamkorlikka asoslangan, erkin demokratik jamiyat barpo etishni ko’zlagan davlatlarda milliy mafkura aholining barcha qatlamlarini jipslashtirishga, umummanfaat va yagona maqsad yo’lida birlashishga chorlaydi. Bunday mafkuralarda ziddiyatli jihatlar emas, umuminsoniy tamoyillar kuchayib boradi.

O’zbekiston xalqining milliy istiqlol mafkurasi aynan jamiyatni jipslashtirishga, buyuk kelajak yo’lida yakdil harakat qilishga, barpo etilayotgan erkin fuqarolik jamiyatida har bir yurtdoshimizning o’ziga xos o’rni bo’lishiga erishishga safarbar etadi.

Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraga shunday ta’rif bergan: «Odamlarning ming yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mentalitetiga asoslangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq-ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kuni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman»1. Binobarin, milliy mafkura har qanday xalqni xalq, millatni millat qiladigan, uning yo’li va maqsadlarini aniq-ravshan charog’on etadigan mayoqdir.

«Milliy g’oya»ning metodlari:

Barcha ijtimoiy-gumanitar va aniq fanlar uchun umumiy bo’lgan falsafiy metodlar: bu fan uchun ham asosiy metod hisoblanadi. Bular:



  1. Dialektik metod.

  2. Qiyoslash va taqqoslash metodi (eski metod)

  3. Nazariy metod (fikrlash, abstraktlashdan konkretlik sari o’tish)

  4. Axloqiy metod.

  5. Izohlash metodi.

  6. Siyosiy prognozlash metodi (ijtimoiy to’qnashuvlar oldini olish).

  7. Axborotlash metodi yoki integratsiyalash metodi ham deyiladi, ya’ni umumlashtirish metodi: fan yutuqlaridan foydalanish.

  8. Eksperiment metodi.

  9. Kuzatish metodi.

  10. Empirik sotsiologik metodlar (so’rov, anketa, matematik model).

  11. Statistik umumlashtirish metodi.

  12. Umummantiqiy metod (analiz, sintez, abstraktlash, umumiylik va h.k.).

«Milliyg’oya»ning metodologik asosi:

  1. Falsafiy tahlil.

  2. Nazariy tahlil.

  3. Ijtimoiy borliqni o’rganadi.

Bundan tashqari kursning nazariy va metodologik asoslari O’zbekiston Konstitutsiyasi, davlat mustaqilligi bo’yicha Oliy Kengash, Oliy Majlis qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va hujjatlari, Prezident Islom Karimovning asarlari, ma’ruza va nutqlari, Milliy istiqlol g’oyasiga doir farmon va ko’rsatmalari, qarorlari hisoblanadi.

Takrorlash uchun savollar

  1. G’oya nima? G’oyalarning qanday turlari mavjud? Bunyodkor g’oyalar va vayronkor g’oyalarga misollar keltiring.

  2. Mafkura nima? Mafkuralarning qanday tarixiy shakllari bo’lgan?

  3. Davlatlar va millatlarning yuksalishi yoki tanazzulga uchrashida mafku-raning ahamiyati qanday?

  4. Mafkurasiz millat va g’oyasiz inson bo’lishi mumkinmi?

ADABIYOTLAR ROYXATI

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T.: O’zbekiston, 20011. –47 b.



  1. Davlat tili haqida (yangi tahriri). O’zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O’zbekiston, 1997. – 22 b.

  2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. – T.: SHarq, 1997. – 63 b.

  3. Ta’lim to’g’risida. O’zbekiston Respublikasining Qonuni. – T.: O’zbekiston, 1989. – 30 b.

  4. Karimov I.A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1- jild. – T.: O’zbekiston, 1996. – 364b.

  5. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. – T.: O’zbekiston, 1996. – 380 b.

  6. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. – T.: O’zbekiston, 1996. – 366 b.

  7. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. 8-jild. – T.: O’zbekiston, 2000. – 528 b.

  8. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9-jild. – T.: O’zbekiston, 2001. – 432 b.

  9. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashamiz. 10-jild. – T.: O’zbekiston, 2002. – 432 b.

  10. Kaimov I.A. Biz tanlagan yo’l demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan hamkorlik yo’li. 11- jild. – T.: O’zbekiston, 2003. – 320 b.

  11. Karimov I.A. Tinchlik va havfsizligimiz o’z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. 12 - jild. T.: “O’zbekiston” 2004.-400 b.

  12. Karimov I.A. O’zbek xalqi hech kimga, hech qachon qaram bo’lmaydi. 13-jild. – T.: O’zbekiston, 2005.-448 b.

  13. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma’naviyatimizni yuksaltirish va halqimiz hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. 15-jild. – T.: O’zbekiston, 2007.-318 b.

  14. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo’lida. 16-jild. – T.: O’zbekiston, 2008.-366 b.

  15. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini ta’minlash – bizning oliy maqsadimiz. 17-jild. – T.: O’zbekiston, 2009.-280 b.

  16. Karimov I.A. Jahon inqirozining oqibatlarini yengish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va taraqqiy topgan davlatlar darajasiga ko’tarish sari. 18-jild. – T.: O’zbekiston, 2010.-264 b.

  17. Karimiov I.A. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir. 19-jild. – T.: O’zbekiston, 2011. -348 b.

  18. Karimov I.A. YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch. - Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 176 b.

  19. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharotida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – Toshkent: O’zbekiston, 2009. – 56 b.

  20. Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O’zbekiston, 2009. – B.24.

  21. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish. –T.: O’zbekiston, 2010

  22. Karimov I.A. Bu muqaddas Vatanda azizdir inson. -Toshkent: O’zbekiston, 2010

  23. Karmmov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O’zbekiston, 2012. -440 b.

  24. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. (O’quv qo’llanma) T.: YAngi asr avlodi, 2002

  25. Milliy istiqlol g’oyasi (O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik). –T.: Akademiya, 2005.

  26. Ma’naviyat: asosiy tushunchalar izohli lug’ati. -T.: Ma’naviyat, 2009.

Qo’shimcha адабиётлар.

  1. Abilov O’. Milliy g’oya: ma’naviy omillar. T.: Ma’naviyat, 1999.

  2. Begmatov A. Ma’naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. T.: 2000 yil.

  3. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. -T.: 2002.

  4. Mamashokirov S., Tog’ayev SH. Erkin va farovon hayot qurilishining g’oyaviy-mafkuraviy masalalari. –T.: Ma’naviyat, 2007.

  5. Mamashokirov S. va boshqalar. O’zbekistonda yangi jamiyat qurilishining g’oyaviy-mafkuraviy masalalari. (O’quv-uslubiy qo’llanma). –T.: 2004.

  6. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T.:O’zbekiston, 2000.

  7. Milliy g’oya: targ’ibot texnologiyalari va atamalar lug’ati. –T.: Akademiya nashriyoti. 2007.

  8. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fanini ta’lim muassasalarida o’qitish bo’yicha uslubiy tavsiyalar: o’zbek va rus tillarida. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. –T.: 2001.




  1. Milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirish omillari va vositalari. -T.: 2002.

  2. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy xususiyatlari, falsafiy va tarixiy ildizlari. -T.: 2002.

  3. Milliy istiqlol g’oyasi: nazariya va amaliyot. -T.: Ijod dunyosi, 2002.

  4. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunchalar, tamoyillar va atamalar. (Qisqa izohli tajribaviy lug’at) -T.: YAngi asr avlodi, 2002.

2. MAVZU: “MILLIY G’OYA” FANINING TARIXIY ILDIZLARI, SHAKLLANISH BOSQICHLARI

Reja:

1.Insoniyat tarixida g’oya va mafkuralar namoyon bo’lishining asosiy bosqichlari.
2. Mifologiya, teologiya va xalq ma’naviy-madaniy qadriyatlarida milliy g’oya va mafkuraning ifodalanishi. “Avesto” va Zardushtiylikda g’oyalar takomili
3. Temuriylar davri g’oyalari, Amir Temur, Ulug’bek, Navoiy, Boburning milliy va umuminsoniy g’oyalar to’g’risidagi fikrlari
Har qanday mafkura, milliy g`oya tarixiy, madaniy ma’naviy meros, tarixiy xotira asosida shakllantiriladi va ularga suyanadi. «Milliy g`oya oldiga qo`yiladigan talablar haqida gapirmoqchi bo`lsak, avvalo, uning ikki suyangan togi-tayanchi xakida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda, milliy mafkuramiz xalkimizning tarixiy merosi, azaliy an’analari, udumlari, tili, dini, ruxiyatiga, bir suz bilan aytganada, milliy kadriyatlarimiz, xalkimizninig dunyokarashi va tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy, umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan ozuqlangan, ularni o`ziga qamrab olgan tarzda YUrt tinchligi, Vatan ravnaki, Xalk manfaatlari va farovonligi yo`lida xizmat qilmog`i darkor»[1].

Milliy g`oyaninig tarixiy ildizlarini bilish shuning uchun muhimki, bu ildizlarda ajdodlarimizning buyukligini tasdiqlovchi dalillar bor, kelajak orzu-umidlarini ko`rsatuvchi ma’lumotlar yetarli, insonni faollikka, shu asosda yangi jamiyat qurishga chorlovchi da’vatlar mavjud. Milliy g`oyaning ma’naviy-tarixiy ildizlarini chuqur anglash insonning amaliy harakatiga qudratli ta’sir ko`rsatuvchi omil bo`lib xizmat qiladi.

Milliy g`oyaning tarixiy- ma’naviy ildizlari madaniy – ma’naviy merosda, tarixiy ong va tarixiy xotiradadir. Bu ildizlarni bilish, yana bundan tashqari, milliy g`oya kurtaklari turli tarixiy davrlarda paydo bo`la boshlaganini, mazmuni boyib berganligini anglashga yordam beradi. Milliy g`oya ma’naviyatning tarkibiy qismi ekanligini hisobga oladigan bo`lsak, «albatta, har qaysi xalq yoki millatining ma’naviyatini uning tarixi, o`ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo`lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko`hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo`lib xizmat qiladi»1. Milliy g`oyaning oziklantiruvchi ildizlarini bilish va anglash inson ma’naviyatini yuksalatiradi. Tarixiylik va mantiqiylikni o`zida mujassamlashtirgan «YUksak ma’naviyat yengilmas kuch» asarida Islom Karimov tomonidan yaxlit holda ko`rsatilgan ma’naviyatni shakllantiradigan asosiy mezonlar bular - ayni paytda milliy g`oyaning tarixiy va zamonaviy ildizlari xam hisoblanadi[21].

Ma’lumki, milliy o`zlikni anglash milliy g`oyaning o`zak unsuri. O`zlikni anglash bu - tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarining vorisi ekanmizni anglab yetish, shundan kelib chiqib, o`zimizga xos, o`zimizga mos jamiyat barpo etishdir. «Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson»[3]. Demak, milliy g`oya, ma’naviy meros va tarixiy xotira uzviy bog`liq bo`lib, tarixiy ildizlari ham yagonadir. Islom Karimov ana shunday mantiqiy xulosalar chiqarib, shu sohalarni davlat siyosatining ustuvor darajasiga ko`tardi, ularni o`rganish, hayotga qo`llashninig dasturulamal ko`rsatmalarini berdi.



Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish