ESINGIZDA TUTING !!! Keltirilgan misollar javoblarning barcha variantlarini qamrab olmaydi va ba’zi hollapda original, o‘ziga xos javobga duch kelganda shaxsiy qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Sinaluvchining javoblarida so‘z boyligining kamligi uning javobini baholashga ta’sir etmasligi kerak !
So‘zlar testini baholashning umumiy tamoyillari quyidagilar: 2 ball
1. Yaxshi sinonim.
2. So‘zdan to‘g‘ri foydalanish.
3. So‘zning asosiy bir necha xususiyatlariga ta’rif berish.
4. So‘z mansub bo‘lgan turkumni umumiy tasniflash.
5. Bir necha to‘g‘ri tavsifiy xususiyatlarni bayon etish, ularning majmui so‘zning ma’nosini tushuntirishga yordam beradi.
1 ball – to‘g‘ri javoblar, lekin ma’nosiga ko‘ra sodda.
1. Tushunarsiz aniq bo‘lmagan sinonim.
2. So‘zning tilda kamdan-kam ishlatilishi.
3. So‘zning tilda ishlatilishi mumkin bo‘lgan misoli.
0 ball – noto‘g‘ri javoblar, savollarni aniq tushunmaslik, hatto tadqiqotchi takrorlagandan so‘ng ham.
“Veksler kattalar intellektini o’lchash shkalasi” ning 7-subtesti
(“Raqamlarni shifrlash” testi)4
Mazkur subtest vizual pertsepiyaning mustahkamlik, ko’z-motor koordinatsiyasining rivojlanganlik, malakaning hosil bo’lish tezligi darajasini aniqlashda qo’llanadi. Metodika psixomotor nuqsonlar, ko’rish xotirasi kuchi, o’rganishga uquvlik darajasiga ta`sirchanlik bilan tavsiflanadi.
Ko’rsatma: “Hurmatli ishtirokchi! Sizga ikki satrdan iborat jadvallar taqdim etilgan. Har bir jadvalning Yuqori satrida aralash ketma ketlikda 1 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar yozilgan. Har bir raqam ostida bo’sh katakcha keltiriladi. Sizning vazifangiz 90 soniya davomida ushbu bo’sh katakchalarga namunada keltirilgani kabi har bir songa mos shartli belgini qo’yib chiqishdan iborat”.
5. «Raven matritsasi»
Ushbu metodika kichik maktab yoshidagi bolalarning ko‘rgazmali-obrazli tafakkurini o‘rganishga mo‘ljallangan bo‘lib, uning asosiy vazifalari mashhur Raven testidan olingan. U 10 ta asta-sekin murakkablashib boruvchi Raven matritsalaridan iborat.
Bolaga asta-sekin murakkablashib boruvchi 10 qismdan iborat vazifa beriladi. Masalan: Matritsada bo‘laklarning joylashishidagi qonuniyatni topish va quyida berilgan 8 ta rasm ichidan shu matritsaga mos keluvchi qismlarni topish kerak. (Matritsaning shu qismi ichida har xil rasmlari bor bayroqchalar sifatida berilgan). Katta matritsa tuzilishini o‘rganib, bayroqchalar ichidan bola katta matritsaga joylashishi uchun mantiqan mos keluvchi qismni aniqlashi kerak.
Bolaning 10 ta topshiriqni bajarishi uchun 10 daqiqa vaqt beriladi. Vaqt tugagach, tadqiqotchi tajribani to‘xtatadi va to‘g‘ri aniqlangan matritsalar soni hamda vazifani bajarishda to‘plangan umumiy ball hisoblanadi, har bir to‘g‘ri bajarilgan matritsa uchun 1 baldan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |