Navoiy davlat pedagogika instituti pedagogika va psixologiya kafedrasi psixodiagnostika va eksperimental psixologiya



Download 30,29 Mb.
bet143/297
Sana04.04.2022
Hajmi30,29 Mb.
#528647
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   297
Bog'liq
UMK Psixodiagnostila va eksperimental psixologiya 2021-2022

2. Faktorli eksperimentlar
O 'zgaruvchilar o 'rtasidagi o 'zaro munosabatlarni ifodalovchi murakkab farazlarni tekshirish uchun faktorli eksperimentlar qo'llaniladi. Bunday farazlarning umumiy ko'rinishi quyidagicha: " Agar Al, A 2 An bo'lsa B" bo'ladi . Bunday gipoteza (faraz)lar kompleks, farazlar deb ham ataladi Faktorli eksperimentlar ko'p o 'Ichovli tadqiqotlarning xususiy hodisasi hisoblanib, ularni yo'lga qo'yishda bir qancha mustaqil va tobe' ko'rsatkichlar o 'rtasidagi aloqani aniqlash lozim.
Qoidaga muvofiq, faktorli eksperimentlarda bir vaqtning o 'zida 2 turdagi farazlar tekshiriladi:
1 Har bir mustaqil ko'rsatkichga alohida ta'sir ko 'rsatadigan farazlar.
2. O'zgaruvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sirga ega farazlar, ayniqsa - bir mustaqil ko 'rsatkichning boshqa bir ko'rsatkichga o'tkazgan ta'sir effektini hisobga olgan holda tekshiriladi.
Faktorli eksperimentning asosiy muammosi bu - bitta mustaqil ko 'rsatkichga ega bo'Igan bir qancha oddiy eksperimentlarni qo'llagan holda, 2 ta o'zgaruvchilar o'rtasidagi o'zaro ta'sirni aniqlashning yechilishi mumkinligi yoki mumkin bo'Imasligidadir.
Bir faktorli eksperimentlar psixologiya fanining asosiy ish quroli hisoblanadi. Ikki va undan ortiq ko 'rsatkichlarning 1 ta tobe' ko 'rsatkichga ta 'sirini o'rganish uchun tadqiqotchilar faktorli eksperimentdan va uning rejasidan foydalanadilar. Bu reja ikki va undan ortiq mustaqil ko 'rsatkichlar bilan bir vaqtning o'zida ishlash imkoniyatini beradi.
Faktorli eksperimentlar faktorli rejaga asosan tuziladi. Eksperimentni faktorli reialashtirish xususiyati shundan iboratki, bunda har bir mustaqil ko 'rsatkichlar barcha bosqichlarda bir-biri bilan bog'liq bo'lishi kerak. Eksperimental guruhlarning soni barcha mustaqil ko'rsatkichlar darajasiga teng bo'lishi lozim. Bir nechta o'zgaruvchilarni qo'shishning, umumlashtirishning eng oddiy usuli bu - faktorli umumlashtirishdir. Bunda har bir mustaqil ko 'rsatkich, 2-darajadagi ko 'rsatkichni taqozo etadi, 2-si esa 3-sini va shu taxlit davom etaveradi. Mustaqil ko'rsatkichlarni bu ma'noda, faktor deb ham atashadi.
Bugungi kunda faktorli rejalar psixologiyada keng va unumli tarzda qo'llanilgani bois, o'zgaruvchilar o'rtasidagi o'zaro tobe'lik umuman kuzatilmaydi.
Eksperimental rejaning turli variantlardagi tasnifsi taklif qilingan.
Unga ko 'ra, eksperimental reja quyidagi asoslarga tayangan holda farqlanadi:
1) Mustaqil ko 'rsatkichlarning soni bitta yoki undan ko 'p bo 'lishi.
Bunda, ularning sonidan qat'iy nazar oddiy yoki faktorli reja qo 'llaniladi.
2) Mustaqil ko'rsatkichlardagi darajalar soni: 2 ta darajada sifatli aloqani o'rnatish, 3 va undan yuqori darajalarda - son jihatdan aloqalar to'g'risida soz boradi.
3) Ta 'sirni qabul qilishi.
Agar "Har bir guruhga - o'z kombinatsiyasi" sxemasi qo 'llanilsa, unda guruhlar o'rtasidagi reja ko'zda tutiladi. Agarda, "Barcha guruhlarga-barcha ta'sirlar" sxemasi qol-lanilsa, unda rotatsion reja ustida so’z boradi. Gotssdenker buni kross-individual taqqoslash deb ataydi.
Faktorli rejadagi faktorlar soni faqatgina sizning taasavvuringiz va dunyo aholisining soni bilan chegaralangan bo'lishi mumkin. Faktorli eksperimentlar holatida faktorlarning o'zi guruh ichidagi va guruhlararo bo'lishi, shu bilan bir qatorda ularni ham birlamchi faktorli eksperimentlarga, ham aralash faktorli eksperimentlarga qo'shish mumkin bo 'ladi. Guruh ichidagi va guruhlararo faktorlarni aniqlashda, ularning yutuq va kamchiliklarini hisobga olishimiz zarur.
Agar har bir guruh ichidagi faktorlarni {2x2} rejasining kontseptsiyasini quyidagi jadval (sxema) tarzida ko 'rishimiz mumkin :
O'zgaruvchi B (stimul)
z-bosqich O'zgaruvchi A
T/lAV/Ol/

A1-B1

A1-B2

A2-B1

A2-B2

Binder 1967-yilda o'z hamkasblari bilan ana shunday uslubda eksperimentlarining natijalarini tahlil qilgan. U aniqlangan ma'lumotlar qaysi tomonga o'zgarmasin, bu o'zgarishlar statistik qiymatga ega bo'la olmaydi deb ta'kidlagan. Ya'ni o 'zgarishlarning yuqori ligi, o 'z-o 'zidan vujudga kelgan o 'rtacha qiymatdan ortiq bo 'la olmaydi. O'z-o'zidan vujudga kelgan o'rtacha qiymat nazoratga ega bo'lmagan faktor sanaladi. Bu albatta, eksperimentator xatosi hisoblanadi.
Ko'pincha, kontrolga ega bo'lmagan faktorlar mavjudligi tufayli, o'rtacha qiymat ayrim og'ishlarga ega bo'ladi. Garchi o'rganilayotgan faktorlar natijalarga o'z ta 'sirini ko'rsatmasa ham.
Ko'pgina (statistik tahlil) masalalarida interpretatsiya natijalari "statistik qiymatga ega bo'Igan ma'lumotlar" sifatida ko'riladi.
Eksperiment rejasini tuzish gomogen yoki geterogen bo'lishi mumkin. Bu uning mustaqil ko'rsatkichlar soniga, o'zgaruvchilar darajasining teng yoki teng emasligiga bog'liq bo'ladl
3 ta mustaqil ko'rsatkichga ega bo'Igan LxMxN rejasi Lotin kvadrati" metodi asosida tuziladi. "Lotin kvadrati" metodi 2 ta va undan ortiq bosqichga ega bo'Igan 3 ta ko'rsatkichni bir vaqtning o'zida tekshirish uchun qo'llaniladi. "Lotin kvadrati" ning tamoyili shundan iboratki, 2 ta bosqichga ega har xil o'zgaruvchilar eksperimental rejada bir martagina uchraydi. "Lotin kvadrati" guruhlar sonini keskin qisqartirish imkonini beradi.
O 'zgaruvchilar o 'rtasidagi bo 'lishi mumkin bo'lgan ta'sirlar quyidagilardir:
- nolga teng bo'Igan ;
- ajraladigan;
- kesishadigan ta'sirlar.
O 'zaro ta 'sirning yuqori baholanishi dispersion tahlil bo'yicha, Styudentning t-mezoni esa, har xil guruhlarning faoliyatini baholashda qo'llaniladi.
Barcha ko'rib chiqilgan variantlarda eksperimentni rejalashtirishda balansirovka usulidan ham foydalaniladi: turli xil sinaluvchi guruhlarga har xil eksperimental talablar qo'yiladi.
Guruhlar miqdorini tenglashtirish natijalarni tenglashtirish imkonini yaratadi.
"Barcha sinaluvchilarga - barcha ta 'sirlar" strategiyasi aks ettirilgan rejalarni Makk Koll rotatsion eksperimentlar deb ataydi. Kempbell bu rejaga kvazieksperimentlar sonini qo'shib, ular asosida tashqi validlikni boshqarib turgan.
Faktorli eksperimentlarga misol uchun, konsensus liderli yoki lidersiz guruhda yaxshi aniqlanishini bilmoqchi bo'lsak, qanday boshqa talablarni qo'yishimizni va o'zimiz qay tomonga o 'zgarishimizni aniqlab olishimiz lozim. Guruhning har bir a'zosi qatnashishi shartmi va ular bir xil jinsda bo 'lishliligi, kommunikatsiya ya 'ni o 'zaro aloqalar erkin yoki tizimlashtirilgan bo'lishligi, guruhdagi muammoni yyechish uchun qiyin yoki oson masalani berishimiz alohida ahamiyat kasb etadi. Balki sizlar bularning hammasi hech qanday rol o'ynamaydi deb o'ylarsiz, ammo liderning guruhga ta'sir etish jarayoni uning soniga bog'liqdir. Biz bu ma'noda faktorlar sirasiga guruh sonini va guruh liderini hisobga olishimiz lozim.
Tasavvur qiling, guruhning qabul qilgan qarori nafaqat liderga balki guruh soni va qatnashuvchilar jinsiga ham bog'liq deb o'ylaylik. Shuning uchun biz qatnashuvchilar jinsini 3-faktor deb olamiz va uni 3 bosqichga bo 'lamiz : erkaklar, ayollar va aralash guruh(ayollar va erkaklar). Ana shundagina natijalar biz kutgandek bo 'lishi mumkin.
Yuqori da biz faktorli eksperimentlar, rejalar va ularda qo'llaniladigan usullar haqida so'z yuritdik. Endi ularning yutuq va kamchiliklariga to 'xtalib o 'tamiz.

Download 30,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish