Web-sahifalarida matn va grafikani taqdim etish
Web uchun professional grafikani yaratishda chetlari tekislangan matndan foydalaniladi. Tekislash notekis chetlardagi engilgina “surkalish”lar bo’lib, ranglar o’rtasidagi o’tishlarni tekislaydi. Tekislanmagan chetlar, aksincha, kertik-mertik va pog’onali ko’rinadi. Juda kichik o’lchamdagi (10 punkt yoki undan kam) matn bu umumiy qoidadan istisnodir, chunki tekislashni qo’llash uni deyarli farqlab bo’lmaydigan qiladi. Кichik o’lchamlardagi matn silliqlashsiz ancha yaxshi ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |