Navoiy davlat konchilik instituti "elektr energetikasi" kafedrasi


Elektr ta‟minoti sohasida elektr uskunalar



Download 8,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/141
Sana03.02.2022
Hajmi8,18 Mb.
#427830
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   141
Bog'liq
Yo-nalishga-kirish-(Elektr-energetikasi)

Elektr ta‟minoti sohasida elektr uskunalar: 
Elektr dvigatellar - 
elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi 
mashina. Isteʼmol qiladigan tok turiga koʻra, oʻzgarmas tok va oʻzgaruvchan tok 
Elektr dvigatellariga boʻlinadi. Oʻzgarmas tok E. dlarida valning aylanishlar 
chastotasi (soni)ni ravon rostlab turish mumkin. Shuning uchun valning aylanishlar 
chastotasini teztez oʻzgartirib turish lozim boʻlgan hollarda shunday dvigatellar 
ishlatiladi. Oʻzgarmas tok E.d, uch xil sxemali: parallel uygʻonishli, ketmaket 
uygʻonishli va aradash uygonishli qilib ishlab chiqarildi (rasmga q.). Oʻzgaruvchan 
tok Elektr dvigatel jumlasiga asinxron elektr dvigatel, sinxron va kollektorli 
dvigatellar (qarang 
Kollektorli mashina
) kiradi. Asinxron Elektr dvigatel eng koʻp 
ishlatiladi. Sinxron Elektr dvigatelda valning aylanishlar chastotasi isteʼmol 
qilinadigan tokning chastotasiga qatiy bogʻliq boʻladi. Bunday dvigatellar eng 
quvvatli elektr yuritmalarda ishlatiladi. Elektr dvigatellar ochiq, berk va germetik 
turlarga boʻlinadi. Portlashga xavfsiz Elektr dvigatellar ham bor. Bunday 
dvigatelning ichida gaz portlaganda alanga tashqariga chiqmaydi. Elektr dvigatellar 
uyroʻzgʻorda, sanoat va transportda keng miqyosda ishlatiladi. 
Generatorlar –
(lot. generator — ishlab chiqaruvchi) — tashqi energiya manbai 


hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yoki energiyani bir turdan ikkinchi turga 
oʻzgartiruvchi qurilma; apparat yoki mashina. Masalan, atsetilen G.i, muz G.i, bugʻ 
G.i, gaz G.i, elektr G. i va h. k. Xususan, elektr G.lari oʻzgarmas tok, oʻzgaruvchan 
tok G.lariga boʻlinadi. G. tushunchasi oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok elektr 
mashinalariga ham, elektr tebranishlarini hosil qiluvchi asboblarga ham bir xil 
qoʻllaniladi. Birinchi holda, mexanik energiya elektr energiyasiga aylantirilsa, 
ikkinchi holda manbaning elektr energiyasi maʼlum chastotali, kerakli shakl va 
quvvatli tebranishlar energiyasiga aylantiriladi. G.ning umumiy makromodeli 
quyidagi sxemada koʻrsatilgan. G.lar asosan turli koʻrsatkichlar asosida yaratiladi. 
G.larning elektr mashina, lampa, tranzistor; mikrosxemali, yoyli, impulyeli, 
gidroturbina, bugʻ turbina, har xil chastotali, molekulyar va b. xillari boʻladi. Misol 
tariqasida standart signal generatorining tuzilishini koʻrish mumkin (sxemaga q.). 
Ularning koʻpchiligi 50— 100 kGs dan bir necha ming MGs gacha chastotada 
ishlaydi. G.ning asosiy funksional qismini 50 kGs — 30 MGs chegarada ishlaydigan 
signal generatorlari tashkil etadi. Uning chastotasi maxsus chegaralangan 
diapazonlarda va oʻzgaruvchan sigʻimlar yordamida bir tekis sozlanadi. Chastotani 
oʻzgartish aniqpigi, odatda, 0,5—1,5% oraligʻida boʻladi. Signal G.dan modulyatorga 
beriladi. Modulyatorda 
signal 
amplitudasi boʻyicha 
modulyatsiyalanadi. 
Modulyatsiyalovchi signal vazifasini ichki past chastota G.i (/=1000 Gs) va tashqi 
ulangan G.lar bajarishi mumkin. G.lar radiouzatish, radioqabul qilish va televizion 
qurilmalarda, oʻlchov texnikasida, turli texnologik jarayonlarda, fan va texnikaning 
turli sohalarida qoʻllaniladi. Ular yordamida koʻplab elektrotexnika va 
radioelektronika qurilmalari yaratilgai, yangi "generatormashina" tizimlari ishlab 
chiqariladi
Transformatorlar –
(lot. transformo — oʻzgartiraman) — texnikada — energiya yoki 
obʼyektlarning biron bir muhim xossasi (mas., tok kuchi, kuchlanish va boshqalar)ni 
oʻzgartirish uchun moʻljallangan qurilma. Elektr T., gidrotransformator, 
fototransformator, OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) T.i va boshqa xillargaboʻlinadi. 
Elektr T. oʻzgaruvchan tok kuchlanishini oʻzgartirish (kuchaytirish yoki pasaytirish) 
uchun moʻljallanadi. Uning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga asoslanadi. U 
bitta birlamchi chulgam, bitta yoki bir necha koʻp ikkilamchi chulgʻam va asosan 
berk tipdagi ferromagnit oʻzak (magnit oʻtkazgich) dan iborat. Barcha chulgʻamlar 
ferromagnit oʻzakka oʻraladi va birbiriga induktiv bogʻlangan boʻladi. Birlamchi 
chulgam uchlari (T. kirishi) oʻzgaruvchan tok kuchlanish manbaiga, ikkilamchi 
chulgam (yoki chulgʻamlar) uchlari (T. chiqishi) isteʼmolchilarga ulanadi. Elektr T.ni 
birinchi marta P. N. Yablochkov 1876 y. elektr yoritish tarmogida ishlatgan. M. O. 
DolivoDobrovolskiy 1890 y. uch fazali elektr T.ni yaratgan. Keyinchalik boshqa olim 
va ixtirochilar T. ni takomillashtirish, quvvati va f.i.k.ni oshirish, izolyatsiyani 
yaxshilash, ixchamlashtirish va boshqalarga doyr ishlar olib borishgan. 
Elektr T.ning eng keng tarqalgan turi kuch T.laridir. Ular elektr uzatish liniyalari 
(EUL)ga oʻrnatiladi. Bunday T.lar elektr styalarning generatorlari ishlab chiqargan 
tok kuchlanishini 10—15 kV dan 220—750 kV gacha kuchaytirib beradi. T.larning 
chulgʻamlari misdan, magnit oʻtkazgichlari sovuklayin prokatlab ishlab chiqarilgan 
elektrotexnika poʻlatidan tayyorlanadi. Elektr T.ning quruq va moyli turlari bor. 


Quruq T. havoda moysiz sovitiladi. Moyli T.ning magnit oʻtkazgichi va chulgʻamlari 
mineral moy toʻldirilgan bakka joylashtiriladi. Moy izolyatsiya va sovituvchi 
vazifasini oʻtaydi. 
O‘tkazgichlar –
— elektr oʻtkazuvchanlik xossasi yuqori (elektr tokini yaxshi 
oʻtkazadigan) va solishtirma qarshiligi kichik (r<10~4 omsm) boʻlgan moddalar. 
Solishtirma qarshiligi katta (r~ 1014—1022omsm) moddalar izolyatorlar, bular bilan 
oʻtkazgichlar oʻrtasidagi moddalar esa yarimoʻtkazgichlar deyiladi. Elektr 
oʻtkazgichlar jumlasiga metallar, elektrolitlar va plazmalar kiradi. Metallarda erkin 
elektronlar, elektrolitlarda musbat va manfiy ionlar, plazmalarda esa erkin 
elektronlar, musbat va manfiy ionlar tok tashuvchilar vazifasini bajaradi. Koʻpgina 
metallar va baʼzi yarimoʻtkazgichlar past trada oʻta oʻtkazuvchan (elektr oʻtkazish 
qarshiligi nolgacha pasaygan) holatga oʻtadi.
Akkumulyator va batareyalar -
AKKUMULYATORLAR BATAREYA-SI, elektr 
akkumulyatorlar batareyasi – kuchlanish, tok kuchi, elektr zaryadi yoki quvvat olish 
uchun elektrik tutashtirilgan bir turdagi akkumulyatorlar guruhi. Akkumulyatorlar 
parallel ulanganda Akkumulyatorlar batareyasi dagi kuchlanish har qaysi element 
kuchlanishiga, umumiy elektr zaryad esa alohida akkumulyatorlarning elektr za-
ryadlari yig‗indisiga teng bo‗ladi. Ketma-ket ulanganda eyuk lar qo‗shiladi. Elektr 
zaryadi va kuchlanishni kuchaytirish uchun akkumulyatorlar aralash (ham ketma-ket, 
ham parallel) ulanadi. Bunday Akkumulyatorlar batareyasi do-imiy tok manbai 
hisoblanadi.
Kabellar -
 Kabel
(gollandcha kabel — arqon, tros) — germetik himoyalangan qobiq 
ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. 
Kuch, aloqa va radiochastota kabellari, nazorat (tekshirish), oʻlchash kabeli. va b. 
xillari bor. Bulardan tashqari, gaz va moy toʻldirilgan kabel ham boʻladi. kabel 
koʻpincha mis yoki alyuminiydan, kamdankam poʻlat-mis va poʻlat-alyuminiydan 
tayyorlanadi. Vazifasiga koʻra, bir yoki koʻp simli, doyra va shakldor boʻladi. 
Izolyasiyalashda maxsus qogʻoz, rezina, plastmassa va b. ishlatiladi. Simlarni nam va 
kimyoviy moddalar taʼsiridan himoya qiluvchi qobiq qoʻrgʻoshin, alyuminiy, 
plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. K.ni mexanik taʼsirlar, korroziyalardan 
saqlash uchun ularga poʻlat lentalar yoki sim (zir\) lar oʻraladi va ularning ustidan 
plastmassa yoki qogʻoz lenta, jut va 
bitumlar qoplanadi. 


Kuch K.i bilan elektr energiyasi uzatiladi va taqsimlanadi; 1, 2, 3 (koʻp tarqalgani) va 
4 simli boʻladi. Bunday kabel ning tok oʻtkazadigan simlari mis yoki alyuminiydan 
tayyorlanib, sirti moykanifol modda yoki mineral moy shimdirilgan kabel qogʻozi, 
rezina yoxud plastmassa bilan qoplanadi. Odatda, kuch kabelining qobigʻi 
qoʻrgʻoshin, alyuminiy yoki plastmassadan koplanadi, qobiqusti esa kabel ipi va 
metall zirh bilan oʻraladi. Harakatlanuvchi obʼyektlar (parmalash mashinasi, 
ekskavator, koʻtargichlar) ga elektr energiya keltiriladigan kabel egiluvchan qobiqlar 
bilan qoplanadi. 

Download 8,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish