Nasrullayeva Layloning “Nurota tumanidagi ayrim oykonimlarning lisoniy tahlili”



Download 52,04 Kb.
bet13/16
Sana01.06.2022
Hajmi52,04 Kb.
#624451
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Nasrullayeva Layloning �Nurota tumanidagi ayrim oykonimlarning l

Hududdagi tub oykonimlar

Sodda tub sodda yasama so’zlar haqida ma’lumot kiritaymi
Tarkibida so’z yasovchi qo’shimchalar bo’lmagan sodda so’zlarga tub so’zlardir.
O’rganishlarimiz shuni ko’rsatadiki, Nurota hududigagi oykonimlarning aksariyatini tub oykonimlar tashkil etadi. Bunday oykonimlarning orasida etnonimdan oykonim ko’rinishiga o’tganlarini ham uchratamiz.
Hududdagi tub oykonimlar :
Anna , Baroq , Boymat , Bomin , Bel, Dara , Eski , Jadir , Jo’sh , Modovod , Mushkan , Nog’ora , Oqqula , Papanay , Qadoq , Qunush , Sunbul , Sop, Toma , Tumshuq , Urganji , Zulqarnayn , G’azg’on Chashma , Chuya kabilar.
Ushbu oykonimlar orasida Anna , Baroq, Qunush va Jadir oykonimlari ham etnonim hisoblanadi.


2.1.2. Morfologik usul bilan yasalgan oykonimlar
Hozirgi o’zbek tilida so’z yasalishining keng qo’llanadigan , eng unumli turi bu morfologik (affiksatsiya) usuldir14.asosga qo’shilib , shu asosning ma’nosi bilan bog’liq bo’lgan , ammo yangi leksema hosil qiladigan affiks (qo’shimcha) so’z yasovchi qo’shimcha deyiladi.
So’z yasovchi qo’shimchalar ko’pincha bir turkumdagi so’zdan boshqa bir turkumga mansub so’z yasaydi. Masalan , yoz, qish – ot, yozgi ,qishki – ravish. Ba’zi hollarda so’z yasovchi affiks bir turkumning o’ziga xos so’z yasashi mumkin. Bu holat ko’proq ot so’z turkimiga xos. Masalan , qum - ot , qumloq – ot. Ushbu ta’riflar oykonimlarga ham dahldordir.
Nurota tumanida o’rganilgan oykonimlarning ba’zilari morfologik usulda hosil qilingan:
Botqoq , Kovushli , Ko’kcha , Oltibek , Pitov , Qoraqum , Qizilcha, Suvliq, Tutakli, Tutli , Tikanli , Xayrbek , Yulg’unzor , Cho’chqali kabilar.


2.1.3. Sintaktik usul bilan yasalgan oykonimlar.
Birdan ortiq asoslar (negiz)larni qo’shish orqali yangi so’z hosil qilish so’z yasalishining sintaktik usuli deb nomlanadi. Ushbu so’z yasalish usuli bugungi kun tilshunosligida sintaktik usul , so’z qo’shish , negizlarni qo’shish , analitik usul, morfologik – sintaktik usul , kompozitsiya usuli 15deb nomlanib kelinmoqda.
Sintaktik usul til leksikasini boyitishda eng mahsuldor usl sanaladi. Ushbu fikr tilning onomastik sathi uchun ham tegishlidir. Nurota tumanidan to’plangan oykonimik materiallarning asosiy qismini qo’shma toponimlar (oykonimlar) tashkil qilishi ham buni tasdiqlaydi. Bu to’plangan umumiy materialning qariyb 50 foizini qamrab oladi.
Shunday qilib , sintaktik usul qo’shma toponimlarni yuzaga keltiradi. Qo’shma toponimni yuzaga keltiruvchi lug’aviy birlik (topoasos)lar ma’no va grammatik jihatdan yaxlit bir so’z , fonetik va orfoepik jihatdan bir butunlikka ega leksema (nom) sanaladi.
Sintaktik usulda yasalgan oykonimlar :
Balandquduq , Barotquduq , Boymurod , Boyovul ,Boshkoriz , Bozorboy , Buyumsoy, Jalolquduq , Jaylovsoy , Jilibuloq, Jilontamg’ali, Kalkoriz, Kattachorbog’ , Kichikchorbog’ , Kichiksoy , Ko’ktepa , Ko’rbuloq , Kunbuloq , Mozorqishloq , Omonxona , Oqsoqota, Oyoqquduq , Qizilhovut, Qirhovut , Qirqqiz , Qizilquduq, Qoraqum , Qoraqir , Qozonbuloq , Qo’shquduq, Sahobota , Sirtsuluv, Toshbuloq , Teriquduq, Tasquduq , Temirqovuq , Uzunquduq, Xasanota , Xayrobod, Xo’jaobod ,Yangiturmush , Yangibino ,Yakkaquduq ,O’tamurod , Shomurodqishloq kabilar.
Yuqoridagi oykonimlar sintaktik usulda yasalgan bo’lsa , tuman hududida ham sintaktik ham morfologik usulda hosil bo’lgan oykonimlar ham uchraydi :
Oqtuyali , Jilontamg’ali , Qorachaqiya , Sovuqbuloq .
Bu turdagi oykonimlar sanoqligina bo’lsa- da , ularni o’rganish talab qilinadi .

  1. Oqtuyali – oq (sifat) + tuya (ot) +li(sifat yasovchi affiks). Ushbu oykonimning ikkinchi qismi morfologik usulda yasalgan so’zdan iborat. Oqtuyali oykonim bo’lishi bilan birga etnonim hamdir.

  2. Jilontamg’ali – jilon ( ot ;asl holati ilon ko’rinishida bo’lib, fonetik o’zgarishga uchragan j tovushi orttirilgan) + tamg’a ( ot ) + li (sifat yasovchi affiks). Ushbu oykonimning ham ikkinchi qismi morfologik usulda yasalgan so’zdan iborat. Ushbu oykonim ham etnonimlik xususiyatiga ega.

  3. Qorachaqiya – qora (sifat – rang ; sifat –ulug’) + cha (otning kichraytirish – erkalash shaklini hosil qiladi) + qiya ( sifat) tahlilida xatolik bor

  4. Sovuqbuloq – sovimoq (fe’l) + q (sifat yasovchi qo’shimcha) + buloq (ot). Ushbu oykonimning birinchi qismi morfologik usulda yasalgan so’zdan iborat.




Download 52,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish