Jalolquduq ( Nav.vil., Nurota t., Andijon v., sh., t.,q. ) ushbu toponimning kelib chiqishi haqida bir necha taxminlar bor :
Ushbu toponimni jarlikdagi quduq, jarlik quduq ( jarlikdagi quduq > jarlik quduq > jarquduq > jalolquduq > Jalolquduq) birikmalaridan kelib chiqqan degan qarash ham bor, ammo bu fikrga qoshilish unchalik togri emas. Chunki toponim tarkibidagi jarlik sozining jala yoki jalol korinishiga kelib qolishi mumkin emas.
Toponim tarkibidagi jalol sozini kishi ismiga boglashadi : jalol > Jalol. Ushbu taxmin ham , bizningcha , xato. Agar obyektlarga nomni kishi ismlaridan olinsa , unda hamma joyni kishi nomlari bosib ketardi. Demak, bu ikki taxmin xalq etimologiyasi .
Toponim geografik joylashuv nuqtayi nazaridan qaralganda , boshqa toponimik obyektlarga nisbatan pastlikda joylashgan. Albatta, atrofini baland baland tepaliklardan iborat turli xil obyektlarga nisbatan Jalolquduq obyektining quyilikdaligini sezish mumkin. Mazkur joy nomi ikkita manoli bolakdan tashkil topgan : jalol , quduq . Bu manoli bolaklardan jalol sozi turli fonetik ozgarishlarga uchrab shu holga kelib , apelyativ soz sifatida shakllangan va toponimga asos bolgan.
Toponim tarkibidagi birinchi morfemani kishi ismiga boglab qoyish bu toponimda orinli emas. Ushbu apellyativ quyidagicha shakllangan: jala > jalal > jalol. Soz tarkibida l undoshi orttirilgan va undagi ikkinchi a unlisi o unlisiga almashgan: a > o. Joy nomining ikkinchi manoli bolagi bolgan quduq apellyativining shakllanishi uch xil korinishga ega :
Bu soz suv sol manosidagi quy felining qadimgi turkiy tildagi qud shakliga ug qoshimchasini qoshishdan hosil bolgan : qud + ug > qudug > quduq. Hosil bolgan soz tarkibidagi g undoshi q undoshiga assimilatsiya hodisasi tufayli aylangan g > q;
Ushbu soz past manosidagi quyi sifatining qudi shaklidan q qoshimchasini qoshish bilan yasalgan : qudi + q > qudiq > quduq. Bu yerda esa i unlisi sozga q qoshimchasi qoshilishi tasirida singarmonizm hodisasi roy berib , u unlisiga ozgargan i > u ;
Mazkur sozning yuzaga kelishiga X asrlarda ishlatilgan quzug sozi asos bolgann: quzug > quduq > quduq. Bunda z undoshi d undoshiga davrlar otishi bilan ozgargan z > d.
Ushbu holatlar quduq sozining shakllanishini isbotlaydi. Quduq sozi toponimning ikkinchi morfemasi bolib, turkiy sozlar jumlasiga kiradi. Odatda quduq sozi ikki holatda qayd qilinadi :
Chollarda suv uchun qazilgan gidronimik inshoot quduq;
Yer osti suvlari mol bolgani chuqurlik qazilganda tezda suv chiqib ketadigan yerlarni ham ramziy manoda quduq deb atash aholi nutqiga xos xususiyat.
Bu ikki hollardan songgisi etimologik tahlil uchun zarur dalildir. Buning sababi , toponim quyilikda , nisbatan pastlikda joylashgan. Demak, yer osti suvlari balandliklarga nisbatan bu yerda koproq boladi. Zarurat bolganda quduq qazib, suv chiqarish ham mumkin.
Yer osti suvlarining bunday tez chiqishi uchun malum sabablar bolishi ham mumkin. Mahalliy aholining aytishicha, bunday hududlarda tez tez jala yogib, keragidan ortiq suv yigilib turgan. Vaqt otib bu suvlarning bir qismi oqib ketgan va yana bir qismi yerga singib ketgan. Bunday holat esa jalol sozining oldin bu shaklda bolmaganligini asoslab beradi. Jalol sozi kishilar (mahalliy aholi) nutqida jala tarzida qollangan.
Jala sozi turkiy sozlardan biri. Vaqt otishi bilan jala va quduq sozlari seryogin joydagi quduq manosini ozida jamlagan holda birlashib ketgan: jala + quduq > jalaquduq. Talaffuz jarayonida birinchi sozdagi l undoshiga mos holda shu sozdan keyin l undoshi orttirilgan , yani ikkilantirilgan. Jala sozining ikkiknchi boginidagi a tovushi esa o tovushiga aylangan : jalaquduq > jalolquduq. Hosil bolgan birikma toponimlashuv hodisasi tufayli joy nomiga kochgan : jalolquduq > Jalolquduq. Jala topoleksemasi ushbu toponimning toponimik asosi vazifasini bajargan. Toponimik indikator sifatida quduq sozi ishlatilgan, ammo obyektlarning vazifasi ozgarishi bilan quduq sozi toponimik aniqlagich vazifasini bajarmay, jala toponimik asosiga birlashib ketgan. Natijada shahar , tuman , qishloq kabi sozlar bu joy nomi uchun indikator vazifasida qollana boshlangan : Jalolquduq, Jalolquduq shahri , Jalolquduq tumani , Jalolquduq qishlogi . Biroq bu indikatorlar kamdan kam hollarda ishlatilganligi sababli toponimning Jalolquduq korinishdagi holatining kop qollanishi uchraydi. Ushbu toponim uchun etimon jala va quduq sozlarining birlashtiruvchi manolarini , yani jala kop yoqqani uchun yer qazilganda yer osti suvlari tez chiqadigan joy manosini anglatuvchi jalaquduq birikmasi hisoblanadi. Toponimning Jalolquduq bolib ketishi esa tilimiz tarixiy taraqqiyotining oziga xos mahsulidir.