Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli maktab va Namangan Ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari sport-maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjon



Download 0,65 Mb.
bet44/118
Sana13.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#146579
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118
Bog'liq
attachment

IV.Mustahkamlash: Rasmdagi shaxslar haqida ma`lumot bering
Jadvalni to‘ldiring. Istiqlolchilar harakati qo‘rboshilarining faoliyatiga doir ma’lumotlarni to‘plang.

Faoliyati

Mulla Abdulqahhor

Ibrohimbek

Anvar Posho

Junaidxon

Yillari

























Faol o`quvchilar baholanadi.



V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
VI.Uyga vazifa: Jadvalda Xivada faoliyat olib borgan shaxslar faoliyatiga oid ma’lumotlarni to‘ldiring.
O’.T.I.B.D.O`: __________________ K. Abduvohidov

Sinf

10-A

10-B

10-V

Sana










10. Mavzu: . O‘rta Osiyo respublikalarida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari




Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Y.Rudzutak - bu ..,Q. Odinayev - bu ...,T. Risqulov - ... S.Xo‘janov - bu ...

Soatlar soni: 1 soat

Mavzuning qisqacha ta`rifi:

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Metod: suhbat, tushuntirish, “Savol-javob” metodi, “Jadval texnologiyasi” , “Tadqiqotlar yoki loyixa texnologiyasi”,“Rasmlarda aks etgan tarix”

Shakl: jamoa, guruhda ishlash

Jihoz: I.A.Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari darslik,siyosiy xarita,tarqatma,rasmli ko`rgazma,slayd,kompyuter.

Nazorat: o`quvchilarning darsda faolligi kuzatilib, hisobga olib boriladi.

Baholash: O`quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib, dars oxirida e`lon qilinadi.

Darsning maqsadi

Maqsadlar: Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga Orta Osiyo respublikalarida otkazilgan milliy-hududiy chegaralanish va uning oqibatlari haqida ma`lumot berish; Tarbiyaviy maqsad: - o`quvchilarga vatanimiz va o`zbek xalqining urush davrida boshidan kechirgan g`oyat murakkab va mashaqqatli hayoti haqida tushuncha berish va bundan saboq olishni o`rgatish,vatanga muhabbat hislarini yanada kuchaytirish;

Rivojlantiruvchi maqsad: -o`quvchilarni dunyoqarashini, nutqini,fikrlash qobilyatini, shakllantirish.

Tayanch kompetensiyalar: Kommunikativ, Axborot bilan ishlash, Shaxs sifatida o‘zini-o‘zi rivojlantirish,

Fanga oid kompetensiyalar: Tarixiy manba va adabiyotlar bilan ishlash kompe tensiyasi Tarixiy shaxslar haqida ma’lumot bera oladi.

Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar o`tilgan mavzu bo`yicha savollarga javob beradilar.

Farg‘ona, Buxoro va Xorazmdagi sovet hokimiyatiga qarshi harakatining umumiy tomonlari va o‘ziga xos jihatlarini jadval asosida taqqoslang.

O‘xshash tomonlari

Farq qiladigan o‘ziga xoslik







III.Yangi mavzu bayoni:

Reja:

1. Milliy kommunistlar va Markaz vakillari o‘rtasida turli qarashlarning to‘qnashuvi.



2. Milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilishi va uning salbiy oqibatlarii.

1924-yil 25-sentyabrda RKP(b) MQ Siyosiy byurosi, 9 va 11 oktabrda RKP(b) Markaziy Qo'mitasi bu masalani ko'rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi. Bu qaror 14-oktabrda SSSR BMIQ tomonidan ham ma'qullanadi. Shu tariqa, sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920-1924 yillar davomida O'rta Osiyoda olib borgan, xalqqa yolg'on va'dalar berishni ko'zda tutgan «leninchi milliy siyosat»ni hayotga tatbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Buning orqasida o'lkaning tarixan tarkib topgan o'ziga xos milliy xususiyatlari, hududiy yaxlitligi zavol topdi. Uning hududlarini kichik-kichik milliy bo'laklarga bo'lish ishlari yakuniga 1924-yil 24-oktabrda RKP(b) MQ plenumi so'nggi nuqta qo'ydi. Nihoyat, 1924-yiming 27-oktabrida bo'lib o'tgan SSSR BMIQ II sessiyasi O'rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish o'tkazish tadbirlarini to'la ma'qulladi.

Shunday qilib, hukmron Markaz zo'ravonlarining bir necha yillik sa'y-harakatlari orqasida O'rta Osiyoning siyosiy jo'g'rofiyasi sun'iy ravishda o'zgartirildi. Bu hududdagi ko'p asrlik milliy davlatchilik tarixi an'analariga chek qo'yildi. Buning yorqin ifodasi xususan Buxoro va Xorazm davlatlarining zo'ravonlik yo'li bilan tugatilganligida namoyon bo'ldi. O'lta Osiyo hududida shu davrga qadar hukm surib kelgan uch davlat: Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o'rnida endilikda O'zbekiston SSR, Turkmaniston SSR, shuningdek, O'zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tuzildi. Qirg'izlar yashagan hududlar Qoraqirg'iz (Qirg'iziston) muxtor viloyatiga birlashtirilib RSFSR tarkibiga, Turkistonning qozoqlar yashaydigan tumanlari Qozog'iston ASSR ixtiyoriga berildi. Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qoraqalpoq muxtor viloyatida birlashtirilib Qozog'iston ASSR tarkibiga kiritildi. O'lkada beshta milliy davlat birlashmalari tashkil etildi. Natijada, yagona Turkiston xalqlari bir-biridan sun'iy ravishda uzoqlashtirildi. Bu hol sovetlarga o'lkada o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi.

Milliy chegaralanish natijasida O’ zbekiston SSR tashkil etildi. Uning tarkibiga quyidagi hududlar kiritildi:

  • Turkiston ASSR dan 9 ta uezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;

  • Buxoro respublikasining 9 ta viloyati;

— Xorazm respublikasining 23 ta tumani. O'zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394 kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926-yil ma'lumotlari bo'yicha, milliy tarkibiga ko'ra aholining 74,2 foizini o'zbeklar, qolganlarini esa boshqa millatlar tashkil etar edi. O'zbekiston SSRning dastlabki poytaxti Buxoro bo'lgan. Biroq ko'p o'tmay - 1925-yil aprelda poytaxt Samarqand qilib belgilandi. 1930-yil oxirida poytaxt Toshkentga ko'chirildi. O'zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O'zbekiston SSR sovetlarining ta'sis qurultoyiga qadar Muvaqqat Inqilobiy qo'mita ixtiyoriga berildi. Buxoro respublikasi hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo'jayev O'zbekiston SSR Inqilobiy qo'mitasi raisi qilib tasdiqlandi.1924-yil 5-dekabrida Inqilobiy Qo'mita butun O'zbekiston xalqiga murojaat qilib, O'zbekiston SSR tuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma'lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo'linish ham o'tkazildi. Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliy respublikalar o'rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar sovet huku­mati tomonidan maxsus tuzilgan O'rta Osiyo tugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi. 1925-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq uyida umum O'zbek sovetlarining birinchi qurultoyi ochildi. Qurultoy «O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to'g'risidagi Deklaratsiya»ni qabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O'zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo'mitasi Raisi lavozimiga farg'onalik dehqon, «Qo'shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo'ldosh Oxunboboyev saylandi. O'zbekiston SSR hukumati - Xalq Komissarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo'jayev tasdiqjandi. Milliy chegaralanish davrida O'rta Osiyoda faoliyat ko'rsatib kelgan partiya, komsomol va xo'jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o'zgarishlar amalga oshirildi. Turkiston, Buxoro va Xorazm Kommunistik partiyalari, komsomol va xo'jalik tashkilotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi.Sovet hukumati O'zbekistonda o'zining rasmiy par­tiya, sovet, komsomol va xo'jalik tashkilotlarini tuzib, asta-sekin siyosiy va iqtisodiy tayanchini mustahkamlab bordi. Bu esa unga O'zbekistonda keng miqyosda bolshevistik siyosat yuritish imkoniyatini berdi. Shu tariqa sovetlar butun choralar bilan O'zbekistonda o'z hokimiyatini mustahkamlashda davom etdi. 1925-yil may oyida O'zbekiston SSSR tarkibiga kiri­tildi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun-qoidalari O'zbekiston SSR hududida bevosita ishlaydigan bo'ldi. 1927-yilda qabul qilingan O'zbekiston SSRning birinchi va 1937-yilda qabul qilingan ikkinclii Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko'chirma nusxasi edi. Chunki O'zbekiston qog'ozdagi «suveren» respublika bo'lib, amalda Markazga tobe va qaram bir o'lka edi, xolos. U o'z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani Ittifoq hukumatidan xoli ravishda mustaqil hal eta olmasdi. Bunga uning haddi sig'masdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat hukmron Markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O'zbekistonning ma'muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati tasarrufida edi. Masalan, O'zbekiston xalqi, uning huku­mati roziligini so'ramasdan 1929-yilda Tojikiston ASSR O'zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirildi hamda SSSRga qabul qilindi.


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish