Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Nanay qishlog’ida joylashgan 33-sonli maktab va Namangan Ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari sport-maktabi tarix fani o’qituvchisi Ma’rufxonov Muhammadjon



Download 0,65 Mb.
bet118/118
Sana13.08.2021
Hajmi0,65 Mb.
#146579
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118
Bog'liq
attachment

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar o`tilgan mavzu bo`yicha savollarga javob beradilar.

III.Yangi mavzu bayoni:

O’zbekiston SSR Oliy Kengashining 1989-yil 21-oktabrda bo’lgan o’n birinchi sessiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda o’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi. 1990-yil 19-fevralda «o’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amal­ga oshirila boshlanishi respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan muhim qadam bo’ldi.

Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun уег ajratildi. Yerga muhtoj bo’lgan 381 ming oilaga tomorqa yerlari berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar yer ajratildi.1990-yil 18-fevralda o’zbekiston Oliy Kengashiga saylov bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi, depu-tatlik mandatiga bir nechtadan nomzodlar da’vogarlik qildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi.

1990-yil 24-31-mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Kengashining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning tazyiqiga qaramasdan, respublikalar orasida birinchi bo’lib «O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida» qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’aniyevich Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi.Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o’zini o’zi idora qilishga va o’zini o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishni ta’minlashni o’zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’kidladi. Hali SSSR va markaziy hokimiyat mavjud bo’lgan sharoitda O’zbekistonda o’z Prezidentining saylanishi muhim voqea, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo’ldi. Respublika Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasi 1990-yil 20-iyun kuni O’zbekiston SSR Mustaqilligi to’g’risida Deklaratsiya qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya tamoyillariga asoslanib, O’zbekiston SSRning Davlat suverenitetini e’lon qildi.

XULO SA

O’zbekiston xalqi sovetlar hukmronligi davrida qaramlik, mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Eski mustabid tuzumdan bizga og’ir ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-madaniy meros qoldi. Siyosiy jihatdan xalqimiz o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o’z taraqqiyot yo’Uni o’zi belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning xohish-irodasiga qarshi o’laroq, sobiq sovet imperiyasining ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi. Xalq o’z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi, respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto viloyat rahbarlari ham Markaz tomonidan tayinlanardi, unga to’la bo’ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy masalalar ham Markazning ruxsatisiz hal etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg’in qilinar edi.

Sobiq Ittifoqdan poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, о’tа mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum meros bo’lib qolgan edi.

O’zbekiston qaramlik davrida o’z tabiiy boyliklariga, yer-suv, o’rmon va boshqa resurslariga o’zi egalik qila olmasdi, respublika hududida quril­gan va faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar Markazga, uning manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. O’zbekiston rahbariyati, xalqi o’z hududida qancha mahsulot ishlab chiqarilayotgani, ular qayerda realizatsiya qilinayotgani va qancha daromad keltirayotganidan bexabar edi. Moliya-kredit, bank siyosati yuritishda ham qaram edi, o’zining milliy valutasiga, valuta jamg’armasiga ega emasdi. Sobiq Ittifoqdan mo’rt, zaif, xomashyo yetishtirishga yo’naltirilgan, ya’ni arzon xomashyo va strategik mineral resurslar tayyorlanadigan iqtisodiyot meros bo’lib qolgan edi.

Aholi turmush darajasi jihatidan nochorlik, sobiq Ittifoq miqyosida eng oxirgi o’rinlardan biri meros bo’lib qoldi. Rossiya, Ukraina va Belorussiyadan farqli o’laroq, O’zbekiston aholisining deyarli uchdan ikki qismi qo’l uchida tirikchilik qilardi. Eski mustabid tuzumdan o’tkir ijtimoiy, ekologik muammolar meros bo’lib qolgan edi. Mamlakatimiz aholisi yerning nihoyat darajada sho’rlanishi, havo bo’shlig’i va suv zaxiralarining ifloslanganligi, radioaktiv ifloslanish, Orol dengizining qurib borishi oqibatida juda katta ekologik xavfga duch kelib qolgan edi.

«Bugun o’sha davr to’g’risidagi haqiqatni xolisona aytadigan bo’lsak, u zamondagi hayotimizni jahon tarixi va amaliyoti bilan taqqoslaydigan bo’lsak, shuni ochiq aytish kerakki, u paytda O’zbe­kiston bir yoqlama iqtisodiyotga - Markazga butunlay qaram, izdan chiqqan iqtisodiyotga ega bo’lgan yarim mustamlaka mamlakat qatoriga aylangan». Karimov I. A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. Т.: O’zbekiston, 1999. 6-bet.



IV.Mustahkamlash: Savollarga javob beradilar.

  1. Qanday sabablar SSSRni inqirozli vaziyatga olib keldi?

  2. “Qayta qurish” siyosati deganda nimani tushunasiz?

  3. Nima uchun “qayta qurish” siyosati barbod bo‘ldi?

  4. O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga qancha bo‘ldi? O‘zbek tilining bunday maqomga ega bolishi qanday imkoniyatlarni yaratdi?

V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI.Uyga vazifa: test tuzish

O’.T.I.B.D.O`: __________________ K. Abduvohidov
Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish