Multipliqator samarasi
- bu sof milliy mahsulotdagi o’zgarishning yalpi sarflardagi o’zgarishga nisbati.
Iqtisodiy mutanosiblik
- Iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat o’lchamlarning mos
kelishlik darajasi.
Iqtisodiy manfaatlar
- iqtisodiy kategoriya bo’lib, ular ishlab chiqarishning alohida qatnashchilari (individlar,
ularning guruhlari, sinfiy birlashmalari) o’rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarida ifodalanadi.
Moddiy rag’batlantirish
- insonni uning mehnat natijalaridan kelib chiqib, ish haqi, mukofot shakllarida
taqdirlashdir.
Ma’naviy rag’batlantirish
- insonni uning faoliyat natijalari asosida orden, medal, faxriy yorliq, hurmat taxtasiga
kiritish kabi shiakllarda taqdirlashdir.
Yakka shakldagi manfaat
- bir kishining ehtiyojlarini ifoda etuvchi manfaatlar majmuidir
Jamoa manfaati
- kishilar guruhi, korxona va firmalarga tegishli manfaatlar majmuidir.
202
Do'stlaringiz bilan baham: |