Islohotlar kontseptsiyasi
- ijtimoiy-Iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsad va yo’nalishlari, uni amalga
oshirishning vazifalari va strategik yo’llarining umumiy g’oyasidir.
Iqtisodiyotni barqarorlashtirish
- tanglik holatlariga barham berish asosida makroIqtisodiy muvozanatlikni
saqlash va ishlab chiqarishni yuksaltirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirishdir.
Iqtisodiy muvozanat
- Iqtisodiy jarayonlar, xodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir- biriga mos kelish
holati.
Xususiy muvozanatlik
- bu ikkita o’zaro bog’liq bo’lgan Iqtisodiy miqdorlar yoki Iqtisodiyot tomonlarining
miqdoran teng kelishi.
Umumiy muvozanatlik
- jamiyat extiyojlari bilan mavjud Iqtisodiy resurslar va ishlab chiqarish xajmining o’zaro
mos kelishi.
Retsession farq
- yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan kam bo’lgan miqdori.
Inflyatsion farq
- yalpi sarflarning sof milliy mahsulot xajmidan ortiqcha bo’lgan miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |