Namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 0,97 Mb.
bet6/15
Sana26.11.2019
Hajmi0,97 Mb.
#27162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
ifodali o'qish majmua


Tez o’qish. Tez o’qish normal tezlikda o’lib, o’qish sur’ati matnning mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda o’suvi kerak. O’qilayotgan asar mazmunini o’zlashtirishni, matin mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o’qish tez o’qish deyiladi.

O’qish sifatlarini yaxshi o’zlashtirgan holda o’quvchilarning o’qish sur’ati bir-biridan farq qiladi. Bu dastur talablarini bajarmadi, degan gap emas. Og’zaki nutq tempiga to’g’ri keladigan o’qish sur’ati normal tezlik hisoblanadi. CHunki o’ta tez ham , o’ta sekin o’qish ham matn mazmunini o’zlashtirishni qiyinlashtiradi.

O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar soni bilan belgilanadi. 2005 yilda e’lon qilingan o’qish dasturida 1- sinfning 2- yarim yilligida o’qish sur’ati 20-25 so’z (notanish matnni o’qish tezligi Xam 20-25 so’z); o’quv yili oxirida 25-30 so’z; 2- sinfning 1- yarim yilligida matnni o’qish tezligi 30-35 so’; 2-yarim yilligida 40-50 so’z; 3- sinfning 1- yarim yilligida 60-70 so’z; 2- yarim yilligida 70-80 so’z; 4- sinfning 1- yarim yilligidja ichda ovozsiz 110-130 so’z, ovozli o’qishda 90-100 so’z.

Tajribalar shuni ko’rsatadiki, bir daqiqada bola 250 so’zli matnni o’qisa, undagi 200 ta so’zni eslab qolar ekan. Agar harflab, bo’g’inlab o’qisa, uning diqqat markazida so’z emas, bo’g’in bo’ladi. atijada u so’zlarni eslab qola olmaydi. (J.G’.Yo’ldoshev.1992 yil «O’qituvchilar uyidagi ijodkor o’qituvchilarning 1- anjumanidagi nutqidan).

Bu 4- sinf o’quvchilarining o’qish tezligiga tatbiq etilsa, 125 so’zdan 100 so’zni eslab qoladi. Bu esa yuqori ko’rsatkichlarga erishish imkonini beradi.4- sinfda xatto bir daqiqada 170-180 ta so’z o’qiydigan o’quvchilar ham bor.

O’qish tezligi to’rt yil davomida to’g’ri va ongli o’qish bilan bog’liq holda asta ortib boradi. O’qish tezligini tekshirganda o’qituvchi o’qiladigan materialning xarakterini , ya’ni g’oyaviy mavzuviy murakkabligshini , so’z va gaplarning tuzilishini , ularning bolalar nutqida qaydarajada ishlatilishini, o’qishning to’g’ri va ongli bo’lishini hisobga oladi. O’quvchilarning o’qish tezligi har xil bo’ladi, albatta. O’qituvchining vazifasi barcha o’quvchilarning o’qish tezligini, iloji boricha bir xillikka keltirishdan iborat. Bunga asosan matnni ovoz chiqarib o’qishni mashq qilish bilan erishiladi.



Ongli o’qish.Ongli o’qish yaxshi o’qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o’qilgan matnning aniq mazmunini, asarning g’oyaviy yo’nalishini, obrazlarini va badiiy vositalarining rolini tushunib o’qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-hodisalarga o’zmunosabatini ifodalay olishdir.Ongli o’qish o’z navbatida, o’quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so’zning leksik ma’nosini,gapda so’zlarning bog’lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog’liq. Hozirda ongli o’qish atamasi adabiyotlarda va maktabtajribasida ikki ma’noda: birinchidan, o’qish jarayonini egallashga nisbatan o’qish texnikasi ma’nosida,ikkinchidan, keng ma’nodagi o’qishga nisbatan o’qish sifatlaridan biri ma’nosida qo’llanadi.

Matnni ongli o’qish uchun o’quvchilar o’qish sifatlaridan to’g’ri, me’yorida o’qishni egallagan bo’lishlari va o’qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O’quvchilar matnni ongli o’qishlari uchun matn mazmuni va badiiy vositalari jihatidan tahlil qilinadi.

Ongli o’qishning muhim sharti asar qurilishi va mazmunini tushunish hisoblanadi.O’qituvchi ongli o’qishni matnni ifodali o’qishga (agar ovoz chiqarib o’qilsa) va asar mazmuni yuzasidan berilgan savollarga javobning to’g’riligiga qarab baholaydi. Ongli o’qish va ifodali o’qish bir-birini taqozo qiladi, ammo bir-biriga aynan o’xshamaydi.

Ifodali o’qish intonastiya – ohang yordamida asarning g’oyasi va jozibasini to’g’ri, aniq, yozuvchi niyatiga mos ravishda ifodalay bilishdir. ”Ifodali o’qish adabiyotni konkret va ko’rgazmali o’qitishning dastlabki va asosiy formasidir”, deb ta’kidlaydi metodist olima M.A.Ribnikova.1 Demak, ”Ifodali o’qishning asarning mazmunini va emostionalligini intonastiya orqali o’quvchilarga ko’rgazmali qilib ko’rsatishdir. Ifodali o’qishning asosiy tamoyili o’qiladigan asar g’oyasi va badiiy qimmatini chuqur tushuntirishdir”2.

Ohang og’zaki nutqning birgalikda harakat qiluvchi elementlari: urg’u, nutq temp iva ritmi, pauza , ovozning past-balandligining yig’indisidir. Bu elementlar bir-biriga ta’sir etadi va hammasi birgalikda asarning mazmunini, g’oyasini, qahramonlarning turli kayfiyatini, ichki kechinmalarini ifodalaydi.

O’quvchilar ifodali nutq asoslarini egallashlari uchun muhim shartlar quyidagilardan iborat:

1.Nutq jarayonidan nafasni to’g’ri olish va to’g’ri taqsimlay bilish.

2. Har bir tovushning to’g’ri artikulyastiyasi va aniq dikstiya(burro gapirish) malakasini egallash.

3. Adabiy talaffuz me’yorlarini egallash.3

Bu shartlar faqat ifodali o’qishgagina emas, balki ifodali nutqqa, ya’ni hikoya qilishga ham taalluqlidir. O’quvchining har qanday og’zaki hikoyasi ifodali bo’lishi zarur.

Ifodali o’qishning asosiy vositalaridan biri ovozdir. Ovoz nafas bilan uzviy bog’lanadi. SHuning uchun o’qituvchi bolalarning ifodali nutqi ustida ishlashni talaffuz qilayotganda o’z nafasini boshqara olish va ovozdan to’g’ri foydalanishga o’rgatishdan boshlaydi. Ovoz kuchi baland-pastlik, uzun-qisqalik, tezlik (temp), yoqimli-yoqimsizlik xususiyatlari bilan xarakterlanadi. O’quvchilar matn mazmuniga qarab, baland yoki past ovozda o’qish(gapirish)ga, nutqda tez, o’rtacha yoki sekin tempni tanlashga, biror tuyg’uni ifodalashga o’rganadilar. Ifodali o’qishga o’rgatishda o’quvchilar pauza va logik urg’u bilan ham tanishtiriladi.

Ifodali o’qishga tayyorlanish shartli ravishda uch bosqichga bo’linadi:

1.Asarning aniq mazmunini tushunish , unda qatnashgan shaxslarning xatti-harakatini tahlil qilish, asarning g’oyasini belgilash,ya’ni asarning g’oyaviy mavzuviy asosini, uning obrazlarini badiiy vositalari bilan yaxlit holda tushunish.

2. Matnning qaerida pauza qilishni, mantiqiy urg’uning o’rnini,o’qish tempini belgilab olish.

3. O’qishni mashq qilish. Avtor fikrini, uning tasvirlangan voqea-hodisalarga va qatnashuvchi shaxslarga munosabatini ovoz bilan bera olish uchun matnni qayta o’qish.

Asarning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn mazmunini tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o’z munosabatini bildirish asosiy vazifa hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun asarni o’qituvchining ifodali o’qishi muhim ahamiyatga ega.




MА`RUZА MАSHG`ULОTLАRINING TА`LIM TЕХNОLОGIYASI

Ifodali o’qish tarixi haqida umumiy ma’lumot mavzusidagi ma`ruza bo’yicha ta`lim berish texnologiyasining modeli



Mashg’ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni: 5075 gacha

Mashg’ulot shakli

Kirish-axborotli ma`ruza

Ma`ruza rejasi

1.Ifodali o’qish san’atining shakllanishida xalq og’zaki ijodining roli.

2. Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari.

3. Ifodali o’qish praktikumi fanining maqsad va vazifasi.

4. Ifodali o’qishning amaliy ahamiyati.



Ushbu mavzuni o’rganishda zarur bo’lgan adabiyotlar ro’yxati

1. I.A.Karimov. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyoti poydevori. –Toshkent: 1997.

2. Kaykovus. Qobusnoma. – Toshkent: O’qituvchi, 1986.

3. N.Mahmudov. O’qituvchi nutqi madaniyati. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti. 2007.

4. S.Inomxo’jayev, A.Zunnunov. Ifodali o’qish asoslari. – Toshkent: O’qituvchi, 1978.


Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi:


Ushbu mavzu orqali talabalarga ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari haqida tushuncha berish. Badiiy asardagi nafosat va go’zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg’ularni shakllantirish.

Ma’ruza mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi:

Mavzuni o’rganish orqali talabalarda ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari haqida muayyan tasavvurlar hosil qilish.

Pedagogik vazifalar:

-o’quv kursining maqsadi va vazifalari, o’tiladigan mavzular bo’yicha tuzilmaviy mantiqiy slaydlar asosida tushuncha berish;

- Ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari bilan talabalarni tanishtirish;

-Ifodali o’qish san’atining taraqqiyotida xalq og’zaki ijodi, “Avesto”, “Qur’on” kabi diniy manbalarning asosiy omil sifatidagi ahamiyatini tushuntirish;

-I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” asarida yuqorida nomlari qayd qilingan allomalarga berilgan baho va e’tiroflar bilan talabalarni tanishtirish


O’quv faoliyati natijalari:

-o’quv kursining maqsadi va vazifalari, o’tiladigan mavzular bo’yicha tuzilmaviy mantiqiy slaydlar asosida tushunchaga ega bo’ladilar;

- Ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari bilan talabalar tanishadilar;

- Ifodali o’qish san’atining taraqqiyotida xalq og’zaki ijodi, “Avesto”, “Qur’on” kabi diniy manbalarning asosiy omil sifatidagi ahamiyatini tushunadilar ;

-I.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida yuqorida nomlari qayd qilingan allomalarga berilgan baho va e’tiroflar bilan tanishadilar.


Ta’lim berish usullari

Ko’rgazmali ma’ruza, suhbat

Ta’lim berish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

Ta’lim berish vositalari

O’quv qo’llanma, kompьyuter, proyektor

Ta’lim berish sharoiti

O’TV ga moslashtirilgan auditoriya

Monitoring va baholash

Оғзаки савол-жавоб, тест

“Bugungi kun she’riyati tamoyillari ma`ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi

Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

Ta`lim beruvchi

Ta`lim oluvchilar

Tayyorgar

lik bosqichi.

1. Ma’ruza bo’yicha o’quv mazmunini tayyorlash.

2.Kirish ma’ruzasi uchun taqdimot slaydlarini tayyorlash.

3.Talabalar o’quv faoliyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

4. O’quv kursini o’rganishda zaruriy bo’lgan adabiyotlar ro’yxatini tayyorlash.








1. Mavzuga kirish

(15 daqiqa)

1.1. Mavzuni aytadi. Uning maqsad-vazifalari, rejasi haqida qisqacha ma’lumot beradi (1-ilova).

1.2. Talabalarni ularning o’quv faoliyatini baholash mezonlari bilan tanishtiradi (2-ilova)

1.3. Talabalar motivatsiyasini kuchaytirish maqsadida ularga savollar beradi. (3-ilova).


Tinglaydilar.

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar.





2-bosqich

Asosiy bosqich

(55 daqiqa)



O’quv faoliyati natijalari:

  • 2.1. Mavzu bo’yicha tayyorlangan slaydlarni namoyish qiladi (4-ilova).

  • 2.2. Har bir slaydni alohida izohlaydi.

  • 2.3.Slaydning zaruriy nuqtalarini talabalarga yozdirib boradi.

  • 2.4. Talabalarni faollashtirish va bilimlarini mustahkamlash maqsadida ularga savollar beradi (5-ilova).

Tinglaydilar, yozadilar.

Talabalar berilgan savollarga javob beradilar.ydilar, yozadilar.



3.

Yakuniy bosqich

(10 daqiqa)

3.1. Talabalarning mavzu bo’yicha yuzaga kelgan savollariga javob beradi.

3.2. Uyga vazifa beradi, darsni yakunlaydi.



Savollar beradilar.

Vazifani yozib oladilar.



1-илова

Mavzu: Ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari

Dars rejasi:

1.Ifodali o’qish san’atining shakllanishida xalq og’zaki ijodining roli.

2. Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari.

3. Ifodali o’qish praktikumi fanining maqsad va vazifasi.

4. Ifodali o’qishning amaliy ahamiyati.

Ma’ruza mashg’ulotining ta’limiy maqsadi: Ushbu mavzu orqali talabalarga ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari haqida tushuncha berish. Badiiy asardagi nafosat va go’zallikni chuqur his qilish va shu orqali axloqiy-estetik tuyg’ularni shakllantirish.

.Ma’ruza mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Adabiy asarning badiiy xususiyatlari, unda ilgari surilgan g’oyalar, muallif dunyoqarashi kabi muhim masalalarni aniqlashda ifodali o’qish alohida ahamiyat kasb etadi. Badiiy adabiyot va ifodali o’qish san’ati chambarchas bog’liq holda insonni axloqiy-estetik jihatdan tarbiyalashda eng ta’sirchan vosita hisoblanadi.

Ma’ruza mashg’ulotining rivojlantiruvchi maqsadi: Mavzuni o’rganish orqali talabalarda ifodali o’qish fanining maqsad va vazifalari haqida muayyan tasavvurlar hosil qilish

O’quv faoliyati natijalari:

1. Talabalar ifodali o’qish san’atining taraqqiyotida xalq og’zaki ijodining rolini tushunadilar.

2. Ifodali nutq san’atini egallashning asosiy vositalari haqida ma’lumot oladilar.

3. Ifodali o’qish praktikumi fanining maqsad va vazifalari haqida tushunchaga ega bo’ladilar.



4. Talabalarning ifodali o’qishning amaliy ahamiyati haqidagi tasavvurlari kengayadi..

2-ilova


Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish