Targ’ibot-tashviqot faoliyati
murakkab va ko`p qirrali ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat
taraqqiyotida muhim o`rin tutadi. Targ`ibot-tashviqot faoliyati har qanday jamiyatning
mafkuraviy quroli sifatida uning hayotida muhim rol o`ynaydi. Targ`ibot – tashviqot faoliyatisiz
har qanday jamiyat, davlat bir kun ham yashay olmaydi. Shunday ekan, ayni paytda “targ`ibot-
tashviqot” tushunchalarini mazmun va mohiyatini to`la anglab olish muhim ahamiyatga ega.
Targ`ibot-tashviqot
bir-biri bilan yaqindan bog`liq bo`lib, muayyan guruxlar manfaatini
ifodalaydi. Targ`ibot tarqatiladigan siyosiy, ilmiy, falsafiy, badiiy va boshqa qarashlar hamda
g`oyalarni ijtimoiy ongda joriy etish, ommaviy faoliyatni faollashtirish maqsadida ularni yoyish,
tarqatishiga aytiladi.
Targ`ibot qilish g`oyalar, qarashlar, nazariyalarni og`zaki, yozma, matbuot, radio, televideniye
yoki boshqa vositalar yordamida yoyish demakdir.
Targ`ibotchilik garchi u ko`pincha ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lsada, lekin baribir u kasbdir.
U har qanday boshqa kasblar singari targibotchi professional mahorat va malakaga ega bo`lishni
taqozo etadi. Har bir kasbda shunday muayyan talablar mavjudki ular targibotchining o`sha
kasbga yaroqliligi yoki yarorsizligini belgilab beradi.
Xo`sh, kishining u yoki bu kasbga yaroqliligi nimalarga bog`liq?
Bu yerda uch guruxga bo`lingan omillarni keltirish mumkin.
Birinchi gurux omillar kishini istak-mayllari bilan bog`liqdir: bunda mazkur kasbning kishiga
yoqishi yoki yoqmasligi hisobga olinadi.
Ikkinchi omil kishining malakasi bilan bog`liqdir.
Uchinchi omil aynan shaxsning idividual hususiyatlariga bog`liq bo`ladi.
Imidj
so`zi ingliz tilidan tarjima qilinganda" tasvir"," aks ettirish" kabi ma`nolarni beradi. Bu
so'zning hammasi imidjni tabiatan ko'ra kengroq, o'z – o'zidan paydo bo'lgan tasvir ekanligini
aniq ko'rsatib beradi. Bu odatda sun'iy ravishda qurilgan va ob'ektni, ya'ni shaxs, tashkilot yoki
mahsulotni to'g'ri idrok etishga qaratilgan omillarning butun tizimi. Imidj lotin tilidan tarjima
qilingan "tashqi ko'rinish"degan ma'noni anglatadi. Imidj bu bizning ko'zimiz anglaydigan
hamma narsani o'z ichiga oladi: kiyim-kechak, soch turmagi, zargarlik buyumlari, hatto
bo'yanish, soqol qo`yishi, yurishi, gapirish ohangi va boshqalar. Atrof-muhitning, insonning
qiyofasi va imidjiga ta`siri: Uy/kvartiraning interyerlari, ofis idorasi, avtomobil. Tabiat, ob-havo.
Rasm imidji. Nutq imidji: jargonlarda so`zlash va boshqalar.Verbal "og'zaki"degan ma'noni
anglatadi. Nutqni og'zaki va yozma ravishda ifodalovchi omil.
Do'stlaringiz bilan baham: |