Namangan davlat universiteti madaniyatshunoslik



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/142
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#783891
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   142
Bog'liq
Мажмуа таргибот 3-курс

 
Nazorat savollari. 
1.
Konsepsiya deganda nimani tushunasiz? 
2.
O‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish Konsepsiyasini qachon qabul qilindi? 
3.
 
Konsepsiyaning mazmun-mohiyati va tarkibiy qismlari xaqida nimalarni bilasiz?
 
Mavzu:
 Madaniyat va san'at muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni 
 tashkil etish. 
Reja: 
1.
Madaniyat va san'at muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish. 
2.
”Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi PQ-4307 qaror mazmun–mohiyati (2019.03.05).
3.
Faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish.
4.
 
“Mahalla-tuman-viloyat-respublika” prinsipi. Jamiyat taraqqiyotining asosi- ma'rifatdir.
 
Tayanch iboralar. 
Madaniyat va san'at muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish.”Ma'naviy-
ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4307 qaror mazmun–mohiyati (2019.03.05). Faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish. 
“Mahalla-tuman-viloyat-respublika” prinsipi. Jamiyat taraqqiyotining asosi- ma'rifatdir.” 
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning 
intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini 
mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan 
barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, jahonda g‘oyaviy-
mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi 
davrda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilish, 
jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlari hamon uchramoqda.
2019 yil 3 may “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 
qabul qilindi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki 
va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy 
immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan 
ko‘maklashish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 
- aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish; 
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy 
islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka 
samarali yetkazish; 
- oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish 
va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish,“mahalla–tuman–viloyat–respublika” 
prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish, bu 
jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish; 


110 
- “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va 
targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va 
innovatsion uslublarini ishlab chiqish; 
- tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga 
hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali 
targ‘ibot ishlarini olib borish; 

aholining 
ijtimoiy-ma’naviy 
hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish,diniy 
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash. 
O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, 
aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini 
mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Chora-tadbirlar dasturiga binoan: 
- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun 
hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan 
targ‘ibot tadbirlari belgilandi.
- chora-tadbirlar dasturi dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy 
jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, 
aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi 
samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga 
to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — korrupsiya, mahalliychilik, loqaydlik va ota-onalarning 
yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizligi kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar, 
- Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish va ularda 
axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar, 
mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar, 
- Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng 
aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro 
mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar; 
- Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida 
amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar belgilandi. 
2021 yil 26 mart kuni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. 
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari 
natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, 
fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh 
g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga 
qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-
ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib 
qolmoqda. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, 
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada 
tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat 
tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy 
sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan. 
Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini 
oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida 
amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni 
muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini 
tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi: 
- ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” 
g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni 
umummilliy harakatga aylantirish; 
- oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash; 


111 
- targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha 
ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini 
mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish; 
- el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga 
bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan 
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
- aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va 
axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish; 
- madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa 
mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarning ustuvorligiga erishish; 
- geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, 
aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy 
kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar 
belgilandi: 
a) davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida: 
mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, 
nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish; 
milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlarning 
mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib borish; 
yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan 
harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z 
mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab 
chiqish; 
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan 
qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha 
davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash; 
b) ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida: 
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari 
hamda usullarini ishlab chiqish; 
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, 
shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va 
baholash; 
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa 
tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, 
aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va 
tavsiyalar ishlab chiqish; 
ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion 
tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish; 
v) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida: 
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy 
ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash; 
sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga 
yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish; 
aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-
ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini 
yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish. 
O‘zbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy 
nazar fuqaro sifatida qonun oldida huquqan teng va birdek masʼuliyatlidirlar. Shuning uchun 
ham mavjud muammolarni bartaraf etishda fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini bilib olishlari 
va ular himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab etishlari uchun ularni huquqiy 


112 
jihatdan tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Bu jarayon fuqarolar 
uchun maʼnaviy kamolot manbai bo‘lishi bilan birga, ularning bu boradagi masʼuliyatini yana-da 
oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham, O‘zbekistonda demokratik 
jamiyat qurish kuchli davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatga o‘tish konsepsiyasi zamirida inson 
erkinliklarini fuqaro, halq manfaatlariga mos holda bosqichma-bosqich yuzaga chiqarish asosiy 
vazifa sifatida belgilangan. Maʼlumki, qonunlarning har bir moddasida insonning muayyan 
yo‘nalishdagi erkinliklari beriladi. Lekin yodda tutmoq kerak-ki, bunday tartib, yo‘l-yo‘riq yoki 
imkoniyat faqat bitta fuqaroning erkinligini yuzaga chiqarish uchungina joriy etilgan emas. Balki 
bu huquqiy meʼyor barcha uchun teng asosga ega. Hamonki shunday ekan, barcha yaʼni butun 
jamiyat aʼzolari ana shu meʼyor asosida o‘z erkinliklarini bir xil darajada amalga oshirishi shart. 
“Fuqarolik pozitsiyasi” deganda nima tushuniladi? Fuqarolik pozitsiyasi - bu shaxsning 
jamiyat hayotidagi ongli ishtiroki, uning atrof-muhitga nisbatan ongli real harakatlari, shaxsiy va 
jamoat manfaatlarining oqilona muvozanati bilan ijtimoiy qadriyatlarni amalga oshirishga 
qaratilgan. 
Faol fuqarolik pozitsiyasining tarkibiy qismlari: ijtimoiy faollik, fuqarolik ong va fuqarolik 
fazilatlari. Fuqarolik pozitsiyamni aniqlash uchun quyidagi komponentlarga murojaat qilish 
maqsadga muvofiq. 
Birinchi komponent ijtimoiy faollikdir. U mehnat va ijtimoiy faoliyatga ongli, ijodiy 
munosabat sifatida belgilanishi mumkin, buning natijasida shaxsning o'zini o'zi anglashi 
ta'minlanadi. O'z-o'zini anglash sinfda, maktabda, tumanda, viloyatda ijtimoiy hayot orqali 
amalga oshiriladi. Bu turli darajadagi va yo'nalishdagi aksiyalar, tanlovlar, tadbirlarda ishtirok 
etishdir. 
Ikkinchi komponent fuqarolik ongidir, u hayotiy pozitsiya, xabardorlik, shaxs tomonidan 
o'zining axloqiy qiyofasi va manfaatlarini baholash, ya'ni o'zini ijtimoiy ahamiyatga ega 
pozitsiya tashuvchisi sifatida yaxlit baholash asosida rivojlanadi. Hozirda ijtimoiy ahamiyatga 
ega pozitsiya maktabda ta'lim olishda namoyon bo'ladi. Maktabda o'qish sizga nafaqat maktab 
o'quv dasturi doirasida bilim olishga imkon beradi. Sizning sevimli mashg'ulotlaringiz doirasini 
aniqlash va ularni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni beradi. 
Uchinchi komponent - fuqarolik fazilatlari. Bu, eng avvalo, Vatanga muhabbat tuyg‘usi, o‘z 
harakati va harakati uchun mas’uliyat hissi, tashabbuskorlik, mustaqillikdir. Ishonch va g‘urur 
bilan biz tashabbuskor, ijodkor, mas’uliyatli, mustaqil insonga aylanamiz. 
Fuqarolik so‘zda emas, aniq amalda bo‘lishi kerak. Inson odamlarga, jamiyatga munosabatini 
ko'rsatish, atrofdagi dunyo bilan o'zaro munosabatda o'zini amaliy amalga oshirish yo'llarini 
topish imkoniyatiga ega bo'ladi. 
Mustaqillik yillarida xalqimizning ma’naviy olamini shakllantirishda, milliy-madaniy 
merosimizni tiklashda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdik. Ma’naviyat-ma’rifat davlat 
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, o‘z 
mustaqil fikriga ega bo‘lgan, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar yutuqlarini puxta egallagan, 
har tomonlama barkamol yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada 
hukumatimiz olib borayotgan yoshlar siyosatida ular faolligini oshirish va dunyoqarashlarini 
yanada yuksaltirish, shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va 
jinoyatchilikning oldini olish maqsadida talay ishlar amalga oshirilmoqda. 
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy 
rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini 
yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini 
ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul 
qilindi. Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari va 
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning 
haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat 
jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘ldi. 


113 
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amaliy ro‘yobga chiqarish doirasida qabul qilingan 
20 dan ortiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 180 dan ortiq farmonlari va 450 
dan ortiq qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli ijro 
etilishini ta’minlash hozirgi bosqichda ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti 
hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro 
etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi 
oldimizga qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti. Xususan, 
birinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat 
hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligining darajasi hududlarda yechimini kutayotgan 
muammolarni hal qilish bo‘yicha uyg‘un faoliyatni ta’minlamaydi. Aksariyat hollarda ularning 
faoliyati bir martalik xususiyatga ega, alohida topshiriqlarni bajarishdan iborat bo‘lib qolgan. 
Buning ustiga, joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilish bo‘yicha lozim darajada 
tashabbus ko‘rsatilmayapti; 
ikkinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining 
hududlarga xizmat safarlarini samarali muvofiqlashtirishning mavjud emasligi amalga 
oshirilayotgan chora-tadbirlarning takrorlanishiga olib kelmoqda, oqibatda, mahalliy davlat 
hokimiyati organlarini asosiy funksional majburiyatlarini bajarishdan chalg‘itmoqda; 
uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini baholash amaliyoti joylarda 
ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy tahlil qilishga asoslanmagan, eng asosiysi, erishilgan 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar aholining hayot sifatiga qay darajada ijobiy ta’sir etayotganligiga qat’iy 
baho berilmayapti. Respublika davlat organlarining hududlardan ajralib qolganligi hududlarning 
o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish darajasi va talab-ehtiyojini inobatga olgan holda, 
asoslantirilgan va har tomonlama puxta o‘ylangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini 
ishlab chiqish imkonini bermayapti
to‘rtinchidan, respublika va mahalliy budjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash, 
investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bajarishning amaldagi mexanizmlari, birinchi 
navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, o‘z vaqtida va mutanosib moliyalashtirishni 
ta’minlamayapti; 
beshinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim dasturlarini amalga 
oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish o‘rniga aksariyat hollarda 
ko‘plab yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda va ularning yakuni bo‘yicha chuqur o‘ylanmagan qarorlar 
qabul qilinmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan, 
aholini arzon uy-joy va ish bilan ta’minlash, sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni 
saqlash, ta’lim va boshqa sohalardagi hayotiy muhim masalalar ko‘tarilgan bir milliondan ortiq 
murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda. 
Mamlakatimizda “Mahalla - tuman (shahar) - viloyat - respublika” tamoyiliga ko‘ra amaliy 
ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng 
quyi bo‘g‘inda – mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish 
yuzasidan aniq choralar ko‘rish, tuman (shahar)ni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga kiritish 
uchun takliflar tayyorlash va kiritish. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 martdagi ««Mahallabay» 
ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 152-sonli Qaroriga binoan quyidagilar «Mahallabay» 
ishlash tizimining asosiy yo‘nalishlari hisoblandi: 
1.
a) mahallalarning «o‘sish nuqtalari» va «drayver» loyihalarni aniqlash yo‘nalishida: 
mahallalardagi xonadonlar, oilalar, aholi soni, yosh va gender tarkibi, band bo‘lganlar va 
ishsizlar soni, ularning mutaxassisliklari va kasb malakasi, mahalla faollari, maktabgacha ta’lim, 
o‘rta va o‘rta maxsus professional muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar, 
o‘quv markazlari, yer maydoni, tomorqa yerlar, bo‘sh bino va inshootlar, infratuzilma ob’ektlari 
(gaz, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tizimlari, yo‘l), tadbirkorlar soni va ularning 


114 
faoliyat turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan mahallaning pasportini ishlab 
chiqish; 
mahallalardagi mavjud imkoniyatlar, xom ashyo resurslari, infratuzilma holati, ishchi 
kuchining ixtisoslashuvi va sifatidan kelib chiqqan holda har bir mahallani rivojlantirish 
yo‘nalishlarini ishlab chiqish; 
mahallalarni rivojlantirish yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ularning ixtisoslashuvini 
aniqlash va «drayver» loyihalar ro‘yxatini shakllantirish; 
mahallalarda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash; 
asbob-uskunalar, mehnat qurollari xarid qilish bo‘yicha ta’minotchi korxonalar ro‘yxatini, 
joylarda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsizlar 
ro‘yxatini tuzish; 
1.
b) aholini tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash yo‘nalishida: 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholiga oilaviy tadbirkorlikni 
rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga 
qo‘yishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish; 
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahalla aholisiga ajratilgan 
kreditlarning natijadorligi monitoringini olib borish; 
tadbirkorlik sub’ektlarining mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash va 
tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish; 
bo‘sh bino va yer uchastkalarini aniqlash, ulardan samarali foydalanish va tadbirkorlik 
sub’ektlariga berish maqsadida auksion savdolariga chiqarish choralarini ko‘rish; 
mahallalardagi band bo‘lmagan aholini kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatishni 
tashkil etish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish; 
band bo‘lmagan aholini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb 
qilish; 
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap g‘oyalarini yanada quvvatlashga 
qaratilgan kreditlar ajratish; 
ustoz-shogird an’anasi asosida band bo‘lmagan aholini ular yashayotgan tuman (shahar) va 
mahallada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar hamda hunarmandlarga biriktirish; 
1.
v) mahalladagi muammolarni hal etish yo‘nalishida: 
«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarning 
muammolarini o‘rganib, ularga aniq yo‘nalishlar (kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan ta’minlash, 
tadbirkorlikka jalb etish, moddiy yordam berish) bo‘yicha manzilli ko‘maklashish; 
aholini kambag‘allikdan chiqarish dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini tashkil etish; 
ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga 
munosib turmush sharoitlari yaratish, moddiy, psixologik, huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 
aniq amaliy choralarni amalga oshirish; 
«Besh muhim tashabbus» doirasida yoshlar va ayollarning bandligini ta’minlash hamda 
bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish choralarini ko‘rish; 
mahallalarda infratuzilma holatini yaxshilash hamda ijtimoiy soha ob’ektlaridan samarali 
foydalanish yuzasidan takliflar tayyorlash; 
mahalla pasportidagi mezonlar asosida «qizil», «sariq» hamda «yashil» hududlarga 
ajratgan holda barcha mahallalarni «yashil» hududga o‘tkazish choralarini ko‘rish. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish