N. N. Zaripov kompyuter grafikasi



Download 12,39 Mb.
bet33/76
Sana12.05.2022
Hajmi12,39 Mb.
#602359
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76
Bog'liq
fayl 1728 20210906

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



  1. Tasvirlarga ishlov berishning asosiy bosqichlari.




  1. Tasvirlarni matematik modeli.

3.Tasvirlarga ishlov berish va tahlil etishning umumiy masalalari.





  1. Tasvirlarni diskretlash haqida ayting.




  1. Tasvirlarni kvantlash haqida ayting.



4.3. Tasvir gistogrammasi.

Agar tasvirni tasodifiy jarayon desak, (o`rni ko`rsatilgan) R element Z yorug`lik bilan aniqlanadigan hodisa uchun P1(P,Z) birinchi tartibli ehtimollar taqsimoti zichligini aniqlash zarur. Bu qiymat odatda nuqta koordinatalariga bog`liqsiz aniqlanadi va barcha yorug`liklar uchun hisoblanganda H(Z) gistogramma hosil qiladi.


Gistogrammani oddiygina hisoblash mumkin, ya’ni har bir fij element uchun H(fij) = H (fij)+1 ko`rinishli amal bajarib, tasvirning barcha elementlari ko`rib chiqiladi, so`ngra massivning har bir elementi N ga bo`linib [0,1] oraliqqa keltiriladi. Massiv (J+1) ta elementga ega bo`ladi, bu yerda 1 tasvirning eng katta yorug`lik darajasi. Gistogramma tasvir sifatini oshirish uchun qulay vositalardan biridir. Masalan, chiziqli kvantlangan tasvirlarda odatda (o`rtacha qiymatdan) past qiymatlar ko`proq bo`ladi va oqibatda tasvirdagi ba’zi mayda elementlarni fondan ajratish qiyin bo`ladi. Bunday hollarda gistogramma ko`rinishini o`zgartirish yaxshi samara beradi. Bu jarayonning mohiyati shundan iboratki, har bir nuqta yorug`ligining eski fj =[O, L] qiymati gk =[O, L] qiymatga almashtiriladi, natijada


65
p{fj} ehtimollar taqsimoti p{gk} ehtimollar taqsimotiga o`tadi, boshqacha qilib aytganda:


(4.3.1)
Agar ehtimollar taqsimotini chastotalar taqsimotiga almashtirsak, ushbu:


(4.3.2)
ifodani olamiz. Bu tenglik asosida turli k, j lar uchun tenglamalar tizimi tuzishimiz va bu tizimdan gk lar uchun yechimlar topishimiz mumkin. Odatda, diskret holda, yechim sonli usullar yordamida olinadi va jadval ko`rinishda beriladi. Agar oxirgi ifodaga diskret taqsimotini uzluksiz ko`rinishga almashtirsak, gistogramma o`zgarishining taqribiy shaklini olamiz:


(4.3.3)
Bu yerda Pf (f) va Pg(g)-f va g larning ehtimollik zichligi. Tenglikning o`ng tomonidagi ifoda f o`zgaruvchining ehtimollar taqsimoti funktsiyasi Pf (f) ni beradi. Demak


(4.3.4)

deb yozishimiz mumkin. Xususiy holda, agar hosil qilinadigan ehtimollik zichligi tekis taqsimlangan bo`lishi talab etilsa, ya’ni Pg (g) = 1/(gmax – gmin) gmin ≤ g≤ gmax uni amalga oshiruvchi ifoda g = [gmax -gmin] Pf (f) + gmin. Tekis taqsimlangan gistogramma hosil qilish ekvalizatsiya deyiladi, bu jarayon tasvir sifatini oshirishda chiziqli, umumiy, mahalliy, rekurrent va boshqa ko`rinishlarda keng qo`llaniladi hamda sifat oshirishning boshqa usullari bilan birga, ayniqsa chiziqli usullardan so`ng samarali qo`llaniladi.

Tasvir nuqtalari yorug`ligi taqsimoti gistogrammasini tekislash usulining umumlashmasi darajali almashtirish usuliga olib keladi. Bu usul tasvirdagi eng ko`p uchraydigan yorug`likli sohalarda aniqlikni oshiradi. Uning almashtirish funksiyasi


66
o`zgarish darajasi manba tasvir gistogrammasi qiymatlariga proportsional va funksiya

(4.3.5)
ushbu ko`rinishga ega bo`ladi. bu yerda P1 -i ga teng yorug`lik chastotasi, V(A) – yangi yorug`lik qiymati (eski A qiymatdan hosil bo`lgan), [Amin, Amax]- manba tasvirining aniqlanish sohasi, [Bmin, Bmax] - natija tasvirning aniqlanish sohasi, k-daraja ko`rsatkichidir.


Tajriba shuni ko`rsatadiki bu ifoda:





  1. k>0 da tasvir tiniqligi k ning qiymatiga proportsional oshadi;




  1. k=0 da aniqlanish sohasi chiziqli o`zgaradi;




  1. k=1 da gistogramma tekislash formulasiga ega bo`lamiz;




  1. k<0 gistogramma cho`qqilarini siqish holi ro`y beradi.

Ko`rinib turibdiki, k ning qiymatlarini o`zgartirish yo`li bilan tasvirni tiniqlashtirish mumkin. Bu usul ham boshqalari bilan xususan chiziqli filtrlash usullari bilan


birgalikda ishlatilishi mumkin. Agar tasvir yorug`ligi qiymatlari ehtimollik zichligi ekopotentsial (Pg(g)= exp [- (g-gmin)], g-gmin) bo`lishi talab qilinsa, almashtirish ifodasi ushbu g=gmin-(1/ ) ln [1-Pf (f)] ko`rinishga, giperbolik (Pg(g)=1/g[ln(gmax)-ln(gmin)-Pf(f)]) bo`lishi talab etilsa, almashtirish ifodasi g=gmin[gmax/gminP-f(f)] ko`rinishiga ega bo`ladi va hokazo.[3]


Gistogrammani o`zgartirishning turli masalalarni turli tezlik va aniqlikda yechadigan ko`plab usul va algoritmlar mavjud.



Download 12,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish